К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARNING RANGLAR BILAN ISHLASH QOBILYATINI SHAKILLANTIRISHNING AHAMIYATI

SCIENCE SHINE · SHAKILLANTIRISHNING AHAMIYATI · Xo‘jaqulov Ro‘zibek Ilhomjon o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

mazkur maqolada o‘quvchilarning ranglar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari, ranglar orqali estetik did, tasavvur va kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni tahlil etiladi. Shuningdek, ranglar bilan ishlashda yosh davriga mos yondashuv, dars jarayonida qo‘llaniladigan samarali metod va texnologiyalar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: ranglar, estetik tarbiya, ijodkorlik, tasviriy san’at, idrok, rang tahlili, metodika. Ranglar tabiatdagi borliqni aks ettirish, tushunish va his qilish vositasi bo‘libgina qolmay, inson tafakkuri, didi va estetik idrokini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ranglar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish ularning badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy fikrlashini faollashtirish hamda atrof-muhitni idrok etish darajasini oshirishda asosiy omillardan biridir. Rang – bu faqatgina ko‘z orqali seziladigan fizik hodisa emas, balki inson psixikasiga kuchli emotsional va estetik ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab psixologik vositadir. Ranglar inson tafakkuri, idroki va emotsional holatini boshqarishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun rang – bu dunyoni anglash, his qilish, tasvirlash va baholash vositasidir. Pedagogik nuqtayi nazardan qaralganda, o‘quvchilarning ranglarni to‘g‘ri farqlay olishi, ularni o‘zaro muvofiqlashtirish va estetik maqsadda qo‘llay olish qobiliyati tasviriy san’at ta’limining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu qobiliyat faqatgina badiiy faoliyat bilan cheklanmay, balki bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga, uning go‘zallikni anglash, estetik qadriyatlarni idrok etish va ularni ongli tarzda ifoda etish salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ranglar bolaning emotsional holati, hissiy idroki, eslab qolish qobiliyati, diqqatni jamlash va ijodiy tafakkurini shakllantirish jarayonlarida muhim omil hisoblanadi. Masalan, quyuq va tiniq ranglar diqqatni jalb qiladi, iliq ranglar esa emotsional iliqlik va ochiqlik hissini uyg‘otadi. Shu boisdan, tasviriy san’at darslarida ranglar bilan ishlash jarayonini o‘quvchining 108 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 yosh xususiyatlariga mos holda tashkil etish, ular orqali shaxsiy rivojlanishni rag‘batlantirish zarur. Shuningdek, bolalarning rangli kompozitsiyalar yaratish orqali o‘z ichki holatini ifoda eta olishi, vizual ifoda vositalaridan ongli foydalanishi ularning muloqot va o‘zini anglash salohiyatini rivojlantiradi. Bu esa ranglarni faqat san’at vositasi sifatida emas, balki shaxsiy rivojlanishning kuchli pedagogik instrumenti sifatida qarash zarurligini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning badiiy-estetik idroki, emotsional sezuvchanligi va ijodiy tafakkurini shakllantirishda eng muhim davrlardan biridir. Ayniqsa, bu davrda ranglar bilan ishlash jarayoni o‘quvchilar uchun nafaqat tasviriy faoliyat sifatida, balki o‘z fikrini obrazlar orqali ifodalash, ichki kechinmalarini rangli shakllarda aks ettirish, dunyoqarashini boyitishning tabiiy shakli sifatida xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ranglar orqali o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifodalay oladi. Ular uchun tasviriy san’at mashg‘ulotlari faqat texnik malakalarni emas, balki psixologik holat, shaxsiy qiziqish va estetik sezgi kabi nozik ichki jihatlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois bu bosqichda ranglar bilan ishlashga bo‘lgan yondashuv bolalarning emotsional ehtiyojlari, psixofiziologik rivojlanish darajasi va individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda qurilishi zarur. Ta’lim jarayonining ilk bosqichlarida o‘quvchilarga ranglar haqidagi umumiy bilimlar beriladi: asosiy (qizil, ko‘k, sariq), hosilaviy va neytral ranglarni farqlash, ularning ifodaviy xususiyatlari va bir-biriga nisbatan ta’siri tushuntiriladi. Ranglarning iliq va sovuq oralig‘idagi farqlarni anglash, ularni turli kompozitsiyalarda ongli ravishda qo‘llash ko‘nikmalari orqali bolalar real hayotdagi holatlarni estetik obrazlar vositasida tasvirlashni o‘rganadilar. Bu jarayonda bolalarning tasavvur doirasi, obrazli fikrlash qobiliyati, individual estetik yondashuvi bosqichma-bosqich kengayadi. Ayniqsa, ranglar bilan mustaqil ishlash, ularni moslashtirish, kompozitsiyaviy uyg‘unlikni topish orqali bolalarda badiiy idrok, tanqidiy mulohaza yuritish va didni shakllantirish singari muhim kompetensiyalar rivojlanadi. Ranglar bilan ishlash orqali erkin ijod qilish imkoniyati berilgan bolalarda nafaqat tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqish ortadi, balki ular o‘z fikrini erkin ifodalash, hissiy vaziyatlarga munosabat bildirish, badiiy obrazlar yaratish ko‘nikmalarini ham egallaydilar. Bu esa ularning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ranglar bolaning atrof-muhitni qanday qabul qilishi va tasvirlashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular yordamida bola tash

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada o‘quvchilarning ranglar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari, ranglar orqali estetik did, tasavvur va kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada o‘quvchilarning ranglar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari, ranglar orqali estetik did, tasavvur va kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, rang tahlili, ranglar, metodika., tasviriy san’at, estetik tarbiya, idrok
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники