Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUV LUG‘ATLARI VA ULARNING ONA TILI TA’LIMIDAGI AHAMIYATI
Karimova Feruza Mo‘minovna · Yo‘ldosheva Marjona · LANGUAGE EDUCATION
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article discusses educational dictionaries and their importance in native language education. Keywords: educational dictionaries, lexicography, linguistic methodology, paradigm, linguistic basis. Hozirgi kunda o‘zbek tilining o‘quv lug‘atlari ona tili ta’limida muhim ahamiyat kasb etmoqda, ularni tuzish esa leksikografiyaning alohida tarmog‘iga aylanmoqda. Buning sababi shuki, lug‘at til va olamning dunyoqarash bilan bog‘liq manzarasi haqidagi bilimlarni umumlashtirish va qayd qilishning eng qulay shakli bo‘libgina qolmay ta’lim berishning eng muhim vositasi hamdir. Modomiki o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi ekan, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish muhim masala hisoblanadi. Lug‘at imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini oshirishning muhim manbayi, o‘quvchining asosiy maslahatchisidir. O‘quv lug‘ati nima? O‘quv lug‘atchiligining umumiy (akademik) lug‘atchilikdan farqi nimada? O‘quv lug‘atchiligi akademik lug‘atchilikka nisbatan kichik shakllar va ko‘proq ta’limiy yo‘naltirilganlikka ega bo‘lgan lug‘atchilik sifatida ta’riflanadi. O‘quv lug‘atlari o‘qish-o‘qitish maqsadi bilan tuziladi, talabalar yoki maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallanadi. Bunday lug‘atlar tanlangan leksik materialning hajmi, tanlash yo‘li, muayyan o‘quv das-turini nazarda tutishi, o‘quvchi kitobxonlarning bilim darajasini hisobga olishi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq ba’zan “o‘quv lug‘atchiligi” tushunchasining hajmi kengaytiriladi: unga faqat maxsus o‘quv lug‘atlari (kichik hajmdagi) emas, darsliklardagi yordamchi lug‘atchalar, shuningdek leksik minimumlar, ya’ni muayyan bosqichda o‘rgatish tavsiya etiladigan so‘zlar ro‘yxati, hatto o‘zlashtirish qiyin so‘zlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan lug‘at ko‘rinishidagi o‘quv qo‘llanmalari ham kiritiladi. Shunday qilib o‘quv lug‘ati termini ikki ma’noda ishlatiladi: 1) ta’lim berishga mo‘ljallangan har qanday turdagi lug‘at ma’nosida; 2) har bir so‘zga o‘quvchiga tushunarli izoh, grammatik tavsif, asosiy paradigmatik va sintagmatik aloqalari berilgan leksika bo‘yicha har qanday qo‘llanma. Shundan kelib chiqib o‘quv leksikografiyasiga “leksikani ta’limiy maqsadlarda nazariy va amaliy jihatdan tavsiflaydigan alohida lingvometodik soha” (V. V. Morkovkin) deb ta’rif berish mumkin. 949 May, 2025-Yil Bu ta’rif o‘quv leksikografiyasining eng muhim jihatlariga e’tibor qaratishga imkon beradi: o‘quv lug‘ati oddiy lug‘atdan nimasi bilan farq qiladi, bunday lug‘at uchun so‘zlarni qay tarzda tanlash kerak, so‘zni izohlashning qaysi usullari o‘quv lug‘atining vazifalarga ko‘proq javob beradi va h. k. Yuqoridagi ta’rif o‘quv lug‘atlarini shunchaki umumiy leksikografiya tarkibiga kiritibgina qolmay, balki uning chegaraviy xususiyatini, ya’ni u ikki fan: an`anaviy leksikografiya va til o‘qitish metodikasi tutashgan joyda tug‘ilganini ham aks ettiradi. Shunday qilib o‘quv lug‘atlari bir qator o‘ziga xos belgilarga ega: 1) metodik yo‘naltirilganligi va qat`iy ravishda ta’limining muayyan bosqichiga mo‘ljal- langanligi; 2) til materialini o‘quv-metodik maqsadga muvofiqlik mezoniga javob berishi lozim bo‘lgan tarzda o‘ziga xos tanlab olish; 3) nutqiy amalning barcha tsiklini qamrab olishi, nutqiy faoliyatning barcha turini o‘rgatish. Binobarin o‘quv lug‘atlarini tuzish “katta” lug‘atlarni mexanik tarzda qisqartirishdan iborat emas, u aytib o‘tilgan barcha leksikografik tushunchalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Yuqorida aytilganidek didaktik (ta’limiy) element har qanday lug‘atga, ayniqsa me’yoriy lug‘atga xos, biroq maxsus o‘quv lug‘atlarida u juda kuchayadi, chunki unda ko‘rsatma berish, qat`iy belgilash jihati ma’lumot berish jihatidan ustunlik qiladi. O‘quv lug‘atining barcha turida lug‘atning pedagogik nutqiga, ya’ni didaktik yo‘naltirilgan leksikografik nutqqa katta e’tibor beriladi. Bunday lug‘atning tili o‘qituvchining pedagogik nutqi yoki darslikning didaktik tili bilan bir xil tabiatga ega bo‘ladi. Har bir o‘quv lug‘atining asosiy muammolaridan biri so‘zlikni shakllantirishdir. Bunday lug‘at o‘zbek tilining ko‘p qo‘llanadigan va muhim leksikasini aks ettirishi kerak: unga tilning leksik yadrosini tashkil qiluvchi so‘zlar bilan birga turli nutq vaziyatini qamrab oladigan, turli mavzuda va har qanday holatda muloqot qilish uchun etarli bo‘lgan so‘zlar, zarur leksik minimum ham kiradi. O‘quv lug‘atining o‘ziga xosligi leksik birliklarni izohlashda ham namoyon bo‘ladi. U sodda, tushunarli, qisqa va aniq bo‘lishi kerak. So‘z ma’nosini o‘quv maqsadida izohlashning bir necha juda samarali usuli mavjud: umumiy tushunchani xususiy, soddaroq tushuncha orqali izohlash ( hasharot ‒ ari, chumoli, qo‘ng‘iz), mazmunan yaqin tushunchalarni o‘ziga xos farqli belgisi orqali chegaralash (qalin ko‘ndalang ‒ o‘lchami katta, yo‘g‘on ‒ ko‘ndalang kesimi katta), ma’noni surat, chizma yordamida izohlash, so‘zlar birikuvchanligi orqali izohlash (yashirin izohlash) va h. k. O‘quv lug‘ati
Доказательный фрагмент
«This article discusses educational dictionaries and their importance in native language education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses educational dictionaries and their importance in native language education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- educational dictionaries, lexicography, linguistic methodology, paradigm, leksikografiya, o‘quv lug‘atlari, lingvometodik, lingvistik asos., paradigma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026