Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATN STRUKTURASIDA MATN SARLAVHASI VA EPIGRAFNING O‘RNI
Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna · Xo‘jamurodova Iroda Anvar qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti professori)
Современная наука и исследования · 2 · 59-64 · 2025
Аннотация
Any literary text consists of a set of signs and their interrelationships. Because the main signs identified during the text analysis are close and similar to each other, they are connected to each other like a chain and serve to reveal the main idea at the center of the literary text. This article studies the system of signs and their relationships in the title and epigraph of Abdulla Qahhor's story "Patient". Аннотация. Любой литературный текст состоит из набора символов и их взаимосвязей. Поскольку основные признаки, выявленные в ходе анализа текста, близки и схожи между собой, они связаны между собой в цепочку и служат для раскрытия главной идеи, находящейся в центре художественного текста. В статье изучается система знаков и их соотношение в названии и эпиграфе рассказа Абдуллы Каххора «Больной». Ma'lumki, badiiy matn muvaqqat hodisa bo‘lmay, u abadiyatga taalluqlidir. Insoniyat ma’naviy-estetik taraqqiyotidagi har bir bosqichda muayyan bir matn tarkibidagi ilgari nazarga tushmagan belgilar kashf etilishi bilan bir qatorda ularning talqinlari ham o‘zgarib boradi. Badiiy matn strukturasida har bir belgining o‘z o‘rni va vazifasi bor. Bular orasida birlamchi ahamiyatga ega belgilar ham mavjudki, semiotika bo‘yicha ish olib borayotgan har bir tadqiqotchi ularga asosiy e’tiborni qaratishi lozim bo‘ladi Biz o‘z qarashlarimizni dalillab borish uchun Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasiga murojaat qilmoqdamiz: 1)matn sarlavhasi. Bu haqda Rolan Bart shunday yozgan edi: “Har qanday sarlavha bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’noni ifodalaydi; ulardan eng kamida ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: 1) sarlavhadagi tekshirilayotgan matnning aniq mazmuni bilan bog‘langan ifoda; 2) sarlavhaning ostida muayyan adabiy “mahsulot” mavjudligiga ishora. Boshqacha aytganda, sarlavha hamisha ikki xil - enonsiativ va deyktik vazifani bajaradi.1 Ushbu fikrning haqqoniyligini aniqlash uchun hikoya sarlavhasiga nazar solamiz: “Bemor”. Lug‘aviy nuqtai nazardan qaraganimizda, u hikoya syujetida ishtirok etayotgan personajning xasta ekanligini ko‘rsatmoqda. Chindan ham matnni o‘qib chiqqanimizda, Sotiboldi degan faqir bir odamning xotini kasal bo‘lgani ayonlashadi. Bu sarlavhaning kommunikativ (denotativ) ma’nosidir. Biroq sarlavha murakkab va ko‘p qatlamli jarayon hisoblangan badiiy matn qurilmasida faqat xabar berish bilangina kifoyalanib qolmaydi. U o‘z tabiati va imkoniyatiga ko‘ra konnotativ mazmun va mohiyat kasb etish xususiyatiga ega. Matn mutolaasi 1 Ролан Барт. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова.— М.: Прогресс, 1989. – С. 430. * энонсиатив – бадиий нутқ жараёнига ишора қилувчи; дейктик – сўзловчи шахсга қандайдир муносабатда бўлган шахс ва нарсаларни таққослаш йўли билан ажратиб кўрсатувчи (диссертант изоҳи). 942 May, 2025-Yil va uning nafaqat struktur-semiotik tadqiqi faqat ayolning o‘zigina kasal emasligini ko‘rsatadi. O‘z hududidagi aholining salomatligini saqlashni xayoliga keltirmagan hukumat chor mustamlakachilik ma’muriyati), shuningdek, adolatsizlik, huquqsizlik va tengsizlikka ko‘nikkan jamiyatning ham ko‘chma-ramziy ifodada bemor, bemor bo‘lganda ham halokatga mahkum ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, sarlavha enonsiativ jihatdan ayolning bemorligi bilan bir qatorda adolatsizlikka asoslangan davlat tuzumi va inert (turg‘un) jamiyatning xastalanganiga ishora qilyapti. Bunday ishoraning haqqoniyligi badiiy matnni mutolaa etish davomida ma’lum bo‘ladi. Deyktik nuqtai nazardan esa so‘zlovchi shaxs (roviy)ning chor mustamlakachilik tuzumiga nisbatan inkor etuvchi munosabatini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Rolan Bart to‘g‘ri ko‘rsatganidek, sarlavha hamisha narrativ (qiziqtiruvchi) xususiyatga ega bo‘lib, adabiy “mahsulot” sifatida yaratilgan matnni reklama qilish, ya’ni unga nisbatan kitobxonlarning rag‘bat va maylini yuzaga keltirish vazifasini ham bajarmoqda. 2)epigraf. Nafaqat badiiy matn sarlavhasi, shu bilan birga, uning epigrafi ham yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajaradi – u sarlavhada ifodalangan narrativlikni yanada kuchaytiradi, shuningdek, adabiyot ixlosmandlarini taqdim etilayotgan matn mohiyatidan bir qadar ogoh etish ishiga ko‘maklashadi. “Bemor” hikoyasi epigrafini yuqorida ko‘rsatilgan fikr jihatidan ko‘rib chiqaylik: “Osmon yiroq, yer qattiq”. Denotativ jihatdan bu maqol oddiy bir haqiqatni, ya’ni osmonning yiroqligi, yerning esa qattiqligini ifodalamoqda. Agar shunday qarashga asoslanadigan bo‘lsak, uning matn syujeti, undagi personajlar hayoti, taqdiriga aloqasi yo‘qligi ayon bo‘ladi. Shunday ekan, biz sarlavhadagi bemor lug‘aviy birligi qanday ramziy-ko‘chma vazifani bajargan bo‘lsa, epigrafning ham shunday yumushni ado etganligiga ishonch hosil qilamiz. Epigraf tarzida tanlab olingan maqolda ikkita bildiruvchi mavjud bo‘lib, ular birlashgan holda bitta konseptni yuzaga keltirishga xizmat qilgan: Osmon yiroq Yer qattiq Hikoya qahramonining ilojsizligi, mavjud davlat tizimining xalq hoyotiga loqaydligi Shu tarzda hikoya larlavhasi v
Доказательный фрагмент
«Any literary text consists of a set of signs and their interrelationships.»
Образец извлечения
Демо-превьюAny literary text consists of a set of signs and their interrelationships. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intensional., mazmun, struktura, leksiya, epigraf, konsept, enonsiativ, shakl, deyktik, sarlavha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026