К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZATOM AGENTLIGINING YADRO XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI VA ROLI

NEW RENAISSANCE · O‘RNI VA ROLI · Erkinov Bobojon Baxtiyor o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda “O‘zatom” agentligining yadro xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy vakolatlari, sohadagi faoliyati va xalqaro me’yorlarga mos ishlash tajribasi yoritiladi. Agentlikning davlat boshqaruvidagi o‘rni milliy qonunchilik asosida ilmiy yondashuvda tahlil etilgan. Kalit so’zlar: O‘zatom, yadro xavfsizligi, yadro huquqi, davlat vakolatlari, tartibga solish mexanizmi, xalqaro hamkorlik, texnik reglament, yadro infratuzilmasi, xavfsizlik standartlari, huquqiy asoslar. Kirish. “O‘zatom” agentligi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi) 2018-yil 19-iyuldagi UP-5484-sonli Prezident Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.1 U atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategiyasini amalga oshirish uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Konstitutsiyasi, tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga, jumladan Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga bo‘ysunadi. “O‘zatom” agentligi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, uning vakolat doirasidagi qabul qilingan qarorlari barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralari, boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi. “O‘zatom” agentligining yadro xavfsizligidagi nazorat vazifalari qatoriga reaktorlar va boshqa yadroviy texnologiyalar obyektlarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash, radioaktiv chiqindilar va yadro materiallarini saqlashni boshqarish hamda yadroviy avariyalar va radiatsiya hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kiradi.2Agentlik zamonaviy yadro inshootlarini loyiha bosqichida litsenziyalash va foydalanish jarayonida texnik nazoratni amalga oshiradi. Asosiy vazifalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: • Atom va tadqiqot reaktorlarining, radiatsiya manbalarining xavfsiz ishlashini nazorat qilish va ularning texnik holatini baholash; • Atom energetika obyektlari va radioaktiv materiallarga nisbatan me’yoriy- huquqiy talablar va Xalqaro Atom Energiya Agentligi (XAEA) tavsiyalariga muvofiq sertifikatlash tizimini rivojlantirish; • Yadroviy va radiatsiya xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha favqulotda vaziyatlarga tayyorgarlik rejalari va oldini olish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqish. Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar va xavfsizlik talablariga rioya qilinishini tekshirish choralari milliy qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, “O‘zatom” agentligi qabul qilgan qarorlar barcha 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2018). Atom energetikasini rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida (PF-5484-son, 19-iyul). https://lex.uz/uz/docs/3807330 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2018). Atom energetikasini rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida (PF-5484-son, 19-iyul). https://lex.uz/uz/docs/3807330 914 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 tegishli boshqaruv organlari va subyektlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lib, bu o‘z navbatida yadro energetikasi sohasida bir xilligini ta’minlaydi. “O‘zatom” agentligi o‘z vazifalarini xalqaro texnik va xavfsizlik standartlariga mos holda bajaradi. Agentlik XAEA hamda Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati kabi xalqaro tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik qiladi. 3 Bu hamkorlik doirasida xodimlar malakasini oshirish, xavfsizlik auditlari va missiyalarini o‘tkazish, milliy normativlarni XAEA tavsiyalariga muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar amalga oshiriladi. Xalqaro atom energiyasi agentligining xavfsizlik normalariga rioya etilishi O‘zbekiston hukumati uchun majburiy bo‘lib, Agentlik ushbu xalqaro konvensiya va standartlarni bajarilishiga doimiy nazorat o‘rnatadi. Masalan, O‘zbekiston “Atom xavfsizligi to‘g‘risida”gi konvensiya va radioaktiv chiqindilar bo‘yicha umumiy konvensiyalar kabi xalqaro bitimlarga a’zo bo‘lib, ulardagi majburiyatlari Agentlik faoliyatida inobatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasida yadro energetikasi sohasini tartibga soluvchi asosiy hujjatlardan biri 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonundir. 4 Ushbu Qonun yadro energetikasi sohasidagi munosabatlarni belgilaydi va xavfsizlik talablarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yuqorida keltirib o’tilgan 2018-yilgi Prezident farmonlari (masalan, PF-5594-son Farmon) va Vazirlar Mahkamasi qarorlari Agentlik faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. Vazirlar Mahkamasining 653-son qaroriga ilova qilingan “O‘zatom” agentligining Nizomi esa uning tashkiliy-huquqiy maqomi, funksiyalari, vazifalari va huquqlarini batafsil belgilaydi. 5 Bularning barchasi O‘zatomning yadro xavfsizligi bo‘yicha tartibga solish va nazorat funksiyalarini qonuniy asosda bajarishiga kafolat yaratadi. “O‘zatom” agentligining faoliyati bevosita davla

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda “O‘zatom” agentligining yadro xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy vakolatlari, sohadagi faoliyati va xalqaro me’yorlarga mos ishlash tajribasi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda “O‘zatom” agentligining yadro xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy vakolatlari, sohadagi faoliyati va xalqaro me’yorlarga mos ishlash tajribasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
texnik reglament, yadro huquqi, xalqaro hamkorlik, yadro infratuzilmasi, xavfsizlik standartlari, yadro xavfsizligi, davlat vakolatlari, huquqiy asoslar., tartibga solish mexanizmi, O‘zatom
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники