К содержанию
РецензированоUZ2025

GERONTOPSIXOLOGIYA

NEW RENAISSANCE · O’tkirov Sherbek Kamol o’g’li · Qahhorov Elchinbek Shuhrat oʻgʻli · Keywords: Presbyonia (SHahrisabz Davlat Pedagogika Instituti)

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Gerontopsixologiya – keksalik davridagi psixologik jarayonlar va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda qarilik yoshidagi insonlarning emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi, motivatsiyasi, kognitiv faoliyati va shaxsiy rivojlanish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qarilik davrida yuzaga keladigan psixologik muammolar, stress va depressiya holatlari, ularni yengib o‘tish strategiyalari ham yoritilgan. Ishning asosiy maqsadi – keksa yoshdagi insonlarning psixologik salomatligini ta’minlash, ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-psixologik yondashuvlarni asoslab berishdan iborat. Mazkur mavzu zamonaviy psixologik yondashuvlar va gerontologik tadqiqotlar asosida tahlil etilgan bo‘lib, gerontopsixologiyaning amaliy ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: Prisbioniya, gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik, dioptriya. Annotation. Gerontopsychology is analyzed as a science that studies psychological processes and their characteristics in old age. The study examined the emotional state, social adaptation, motivation, cognitive activity and personal development processes of people in old age. It also covers psychological problems, stress and depression that arise in old age, and strategies for overcoming them. The main goal of the work is to substantiate scientific and psychological approaches aimed at ensuring the psychological health of older people and improving their quality of life. This topic is analyzed on the basis of modern psychological approaches and gerontological research, and the practical significance of gerontopsychology is highlighted. Keywords: Presbyonia, Gerontology, Involution, Geriatrics, Gerohygiene, Heterochrony. Kirish: Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S.Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron (“Katta Katon yoki keksayish haqida” asarida), I.I.Mechnikov (“Optimizm etyudlari” kitobida), 0‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va mulohazalami bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846-1924) “Keksayish” monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga molik qator g‘oyalami ilgari surgan. 0‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi. Yigirmanchi asming 30 - yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy - biologik tadqiqotlarning ko‘payishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bo'lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo‘yicha ingliz iilida maxsus jumallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlaming aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aqlzakovatiga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qiiingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ontogenez psixologiyasi sohasiga 897 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi. Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud: Gerontologiya - 234 grekcha so‘z bo‘lib - keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bolib, o'sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena - keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlaming turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo‘lishidir. Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlami kiritadi. D.Bromley insonni qarish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) “ishdan, xizmatdan uzoqlashish” (iste’fo) - 66-70 yosh: 2) keksalik (70 va undan katta yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) - maksimum 110 yosh. Shu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni. Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davriardagilardan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilami shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo iste’foga chiqqan,

Доказательный фрагмент

«Gerontopsixologiya – keksalik davridagi psixologik jarayonlar va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Gerontopsixologiya – keksalik davridagi psixologik jarayonlar va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Presbyonia, Gerontology, Involution, Geriatrics, Gerohygiene, geriatriya, gerontologiya, involyusiya, geteroxronlik, dioptriya., gerogigiena, Prisbioniya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники