Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
Адаптация методов обучения ветеринарии к преподаванию специализированных предметов
VETERINARIYA FANLARINI O‘QITISHDA O‘QITISH METODLARINI · MUTAXASSISLIK FANLARIDAN DARS O‘TISHGA MOSLASHTIRISH · Narziyeva N.N.
in Library · 480 · 151-154 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada veterinariya sohasida veterinariya fanlarini o‘qitishda o‘qitish metodlarini mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishga moslashtirishda interfaol usullarni qoʻllash amaliyoti, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda interfaol usullarning oʻrni, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” dars mashgʻulotlarini oʻtkazishda bir necha usullardan unumli foydalanishning mazmun-mohiyati, “Hamkorlikda o‘qitish”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Munozara” kabi metodlarning qoʻllash amaliyoti, o‘qitish metodlarining umumiy tavsifi va uning didaktik imkoniyatlari atroflicha yoritilgan. Kalit soʻzlar (Keywords): mutaxassis, o‘qitish metodlari, mutaxassislik fanlari, interfaol usullar, taʼlim sifati, ichki yuqumsiz kasalliklar, hamkorlikda o‘qitish, kichik guruhlarda ishlash, munozarani qoʻllash amaliyoti, didaktik imkoniyatlar. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF- 5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da oliy taʼlim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korruptsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik taʼlim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilganmutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yichaaniq vazifalar belgilab berilgan. Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi oliy taʼlim XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 3 IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB SAMARQAND – 2024 MUAMMOLARI bilan qamrov darajasini oshirish, xalqarostandartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qarorqabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarininamoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarurshart-sharoit yaratish belgilangan. Materiallar va usullar. Turli tuman omillarning dars o‘tish metodini tanlashdagi o‘rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o‘rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan dars o‘tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo‘lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o‘rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi. Motivatsiya – bu biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga o‘rganishga ham ana shu tuyg‘u undaydi. O‘qituvchi dars o‘tish metodini tanlar ekan, albatta, o‘quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga e’tibor berish kerak. Talabalarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin turnir, musobaqa shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. O‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o‘rganib, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchining talabalar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta’kidlagan edi. O‘zaro hamkorlikning muhim omili va talabalarning o‘zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o‘qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o‘quv faoliyati o‘qituvchi va talaba munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish ob’ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi. XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 4 IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNING DOLZARB SAMARQAND – 2024 MUAMMOLARI Talabalarning faolligi asta-sekin o‘sib borib, butunlay ularning o‘zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi munosbatda esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo‘ladi. Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir: 1. faoliyatga kirish; 2. mustaqil harakatlar o‘qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradilar; 3. o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va unga talabani jalb etadi; 4. taqlid harakatlari o‘qituvchidan ibrat olgan talaba ana shu namuna asosida harakat qiladi); 5. madad harakatlari o‘qituvchi talabaga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi); 6. o‘zini-o‘zi boshqarish harakatlari o‘qituvchi umumiy maqsadni ko‘rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 7. o‘zini -o‘zi ko‘rsatuvchi harakatlar; 8. o‘zini-o‘zi uyushtiruvchi harakatlar. Interaktivlik – o‘qituvchi va talabaning o‘zaro ta’siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o‘tish jarayonida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada veterinariya sohasida veterinariya fanlarini o‘qitishda o‘qitish metodlarini mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishga moslashtirishda interfaol usullarni qoʻllash amaliyoti, taʼlim sifati va samaradorligi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada veterinariya sohasida veterinariya fanlarini o‘qitishda o‘qitish metodlarini mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishga moslashtirishda interfaol usullarni qoʻllash amaliyoti, taʼlim sifati va samaradorligi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mutaxassislik fanlari, specialist, taʼlim sifati, специализированные дисциплины, specialized disciplines, interactive methods, hamkorlikda o‘qitish, интерактивные методы, practice of using discussion, ichki yuqumsiz kasalliklar, didactic opportunities., teaching methods, работа в малых группах, методы обучения, o‘qitish metodlari, внутренние неинфекционные заболевания, didaktik imkoniyatlar., mutaxassis, quality of education, working in small groups, специалист, практика использования дискуссии, internal non-communicable diseases, interfaol usullar, качество образования, дидактические возможности., collaborative learning, совместное обучение, kichik guruhlarda ishlash, munozarani qoʻllash amaliyoti
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026