К содержанию
РецензированоEN2026

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA TAVSIFLANGAN LAMIACEAE LINDL. OILASINING DORIVOR TURLARI

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

The article presents information about medicinal species of the Lamiaceae family described in the works of Abu Rayhan Beruni. In the works of Beruni, the names of the studied species are given in different languages, a brief description of these species, their medicinal properties and use in medicine. Keywords: Lamiaceae, medicinal plant, medicinal raw material, medicine. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy o’z davridagi barcha ilmlarni mukammal egallagan qomusiy olimdir. U o‘zining bizga qoldirgan noyob asarlari bilan ming yil o’tsa ham jahon ilm ahliga benazir hissasini qo’shib kelmoqda. Beruniyning oxirgi asarlaridan biri “Tibbiyotda farmokognoziya kitobi” ning asl qo‘lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topilgan va hozirda Bursa shahridagi kutubxonada saqlanadi. Bu kitob “Kitab as-saydana fit-tibb” nomi bilan mashhur farmokognozik asar bo’lib, asarda Beruniy Markaziy Osiyoda o‘sadigan ko‘pgina dorivor o‘simliklar tavsifini bergan. Jumladan, asarda tavsiflangan 1116 tur 7 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dorivorlardan 750 turi o‘simliklardir, qolgan 101 turi hayvonlar, 255 turi minerallar hisoblanadi [1]. Shuningdek, Beruniy asarda o‘simliklar, hayvonlar va minerallardan olinadigan dorivor mahsulotlar haqida ma’lumot beriish bilan birga, ularning arabcha, forscha, tojikcha va boshqa tillardagi nomlarini keltiradi. Bu esa o’sha davrning dorishunoslik atamashunosligi uchun qimmatbaho manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur asarda Lamiaceae Lindl. (yalpizdoshlar) oilasi vakillarining ham dorivor vositalari to‘g‘risida bayon qilingan [1]. Lamiaceae oilasi yer yuzasida keng tarqalgan botanik oilalardan bo‘lib, 245 ga yaqin turkum va 8000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Tabiiy sharoitda barcha mintaqalarda uchraydigan oila vakillari hayotiy shakli bo‘yicha o‘t, butacha va buta o‘simliklar hisoblanadi [2, 3]. Shundan O‘zbekiston florasida 40 turkum va 206 turi uchraydi [4]. Tabiatda Lamiaceae Lindl. oilasi vakillari tarkibida efir moyi to‘plashi bilan ahamiyatli bo‘lib, xom ashyosidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi. Shu jumladan, tabobatda ham oila vakillarining ko‘pchiligidan qimmatbaho dorivor o‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi [2]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Abu Rayhon Beruniy asarlarida tavsiflagan Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumot berishni maqsad qildik. Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida tavsiflagan o‘simliklardan Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar Mentha piperita, Mentha arvensis, Melissa officinalis, Salvia officinalis, Salvia aethiopis, Ziziphora pedicellata, Hyssopus officinalis kabi turlarni tashkil etishi aniqlandi (jadval). Jadval O‘simliklarning nomlanishi Ilmiy nomi O‘zbekcha nomi Mahalliy nomi 1 Mentha piperita Yalpiz Na’no, Pudana Mentha arvensis 2 Melissa officinalis Limono‘t Bodranjbuya, Kadvan, Turunjan 3 Salvia officinalis Marmarak (mavrak) Marmarak, Isubis, Salvia aethiopis Shyoki, Tashnak 8 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 4 Ziziphora pedicellata Kiyiko‘t Mushktaromashi, Pudinal jabaliy 5 Hyssopus officinalis Dorivor ko‘ko‘t Zufo, Ko‘ko‘t Quyida bu o‘simliklarning dorivor maxsulotlari va ularning farmakologik xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz. Mentha piperita, Mentha arvensis – bo‘yi 40-80 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Dorivor mahsuloti bargi va gulli novdachalari. Yalpiz ovqat hazm qilishni yaxshilash, hiqichoqda, ichak og‘riqlarini davolashda qo‘llagan, qo‘tir va qichima hamda sariq kasalida qaynatmasida cho‘milishni tavsiya etiladi. Zamonaviy tabobatda me’da-ichak, jigar, o‘t haydovchi, nafas yo‘llari, teri va stomatologiya kasalliklarida davolovchi, mikroblarga qarshi antiseptik ta’sir ko‘rsatuvchi sifatida qo‘llaniladi. Melissa officinalis – bo‘yi 80-120 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ishlatiladigan qismi bargi va gulli novdachalari. O‘simlikdan yurakni mustahkamlovchi, ovqat hazmini yaxshilovchi va hiqichoqda yordam beruvchi vosita sifatida foydalanilgan. Zamonaviy tabobatda yurak-qon tomir, asab va stomatologiya kasalliklarida, badanga toshma toshganda foydalanish tavsiya etiladi. Salvia officinalis, Salvia aethiopis – ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 20-50 sm ga yetadi. Ishlatiladigan qismi bargi va gulli novdachalari. Tomoq, ko‘krak, yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, me’da kasalliklari va ich ketishga qarshi ishlatiladigan yig‘ma-choylar tarkibiga kiritiladi. Tibbiyotda dizenfiksiyalovchi, patogen mikroorganizmlarni o‘ldiruvchi, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Ziziphora pedicellata – bo‘yi 20-40 sm ga yetadigan yarimbutacha. Ishlatiladigan qismi yer ustki o‘t qismi. Tish og‘rig‘i, tizza og‘rig‘i, me’da va jigar kasalliklarida davolovchi hamda gijja tushiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. Zamonaviy tabobatda qaynatmasi yurak ishini yaxshilashda, qon bosimin

Доказательный фрагмент

«The article presents information about medicinal species of the Lamiaceae family described in the works of Abu Rayhan Beruni.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents information about medicinal species of the Lamiaceae family described in the works of Abu Rayhan Beruni. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lamiaceae, medicinal plant, medicinal raw material, medicine
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники