Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
LEKSIKOLOGIYA TIL FANINING BIR TARMOGʻI SIFATIDA: ASOSIY TUSHUNCHALAR VA VAZIFALAR
TUSHUNCHALAR VA VAZIFALAR · Bo'tayeva Bahoroy Ilhomovna
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Mazkur matnda leksika va leksikologiya tushunchalari,ularning o‘rganish sohalari, asosiy bo‘limlari va vazifalari haqida ma’lumot beriladi.Shuningdek, leksikologiyaning boshqa tilshunoslik fanlari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Leksika, leksikologiya, onomasiologiya, onomastika, etimologiya, leksema. Leksikologiya — bu tilshunoslikning so‘z boyligi (leksikasi)ni o‘rganuvchi bo‘limidir. U tilning so‘zlarini, ularning ma'nolarini, kelib chiqishini, shakllanishini va ishlatilishini o‘rganadi. Leksika.Leksika termini grekcha lexikos (“so‘zga oid”) leksemasi hosilasidir. Leksika deganda,tilning barcha so‘zlari, lug‘at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika termini tilning alohida so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish leksikasi kabi), bir ijodkor tomonidan qo‘llangan barcha so'zlarga nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog'ay Murod leksikasi) yoki biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo'llanilishi mumkin. Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari o'rganish manbayi hisobalanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. Oʻzida eskirish va yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan yangi maxsus so‘zlar - termin va tenninologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiboriisi shundaki, umumiste’mol so‘zlarnmg ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim terminlar o'z ifodalanmishinirig kundalik turmushda qo‘llanish darajasiga bogʻliq ravishda umumiste’mol xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji ham tilning o‘rta saviyali sohiblarida til terminologik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. ~ 446 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Leksikologiya – tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. Leksikologiyaning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiyada soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soʻz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. Leksikologiya lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi. Onomasiologiya leksikoiogiyaning lug‘aviy birliklarning nomlash va tushuncha anglatish tamoyillari hamda qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo'limi. Onomastika tilshunoslikning tildagi har qanday (barcha tipdagi) atoqli otlarni tadqiq qiluvchi sohasi. Demak, onomasiologiya va onomastika boʻlimlarini farqlash lozim. Onomasiologiyada narsa-buyumlar va hodisalarga nom berish jarayoni, onomastikada esa narsa-hodisalarning maxsus nomlanishini atoqli otlar o'rganiladi. Leksikografiya lug'at va uning turlarini, lug'at tuzishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini o'rganuvchi bo'lim. Etimologiya (yun. etimologia etitnon haqiqat, so'zning haqiqiy m a’nosi 1 logos tushuncha, ta'lim so'z va morfemalarning kelib chiqishi va tarixini o'rganuvchi soha. O‘zbek tilshunosligida etimologiya sohasi rivojida Sh. Rahmatullayevning xizmatlari katta bir necha jildlik etimologik lug'atlar yaratdi Tilning hozirgi holati va tarixiy bosib o ‘tgan yo'li jihatidan leksikologiya tarixiy va zamonaviy leksikologiya deb ataluvchi alohida sohalarga ham bo'linadi. Tilning lug'at boyligi tasnifiy va qiyosiy talqin etilishi mumkin. Ayrim olingan tilmng lug'at boyligini har tomnlarini o‘rganuvchi soha tasnifiy leksikologiya ikki yoki undan ortiq tillarning lug‘at boyligini qivosiy tekshiradigan soha qivosiy leksikologiya deb ataladi. Tilning lug`aviy(leksik) birligi leksemadir. Leksema so`zining grammatik ma`no bildiruvchi qo`shimchalarsiz qismi;tilning lug`at tarkibiga xos birlik Leksikologiyaning dolzarb vazifalaridan biri — tilning leksik tarkibini tizimli o‘rganish, ya’ni mavjud so‘zlar orasidagi semantik, stilistik va strukturaviy munosabatlarni aniqlashdan iborat. Har bir so‘zning ma’no jihatidan tahlili, ul
Доказательный фрагмент
«Mazkur matnda leksika va leksikologiya tushunchalari,ularning o‘rganish sohalari, asosiy bo‘limlari va vazifalari haqida ma’lumot beriladi.Shuningdek, leksikologiyaning boshqa tilshunoslik fanlari bilan bog‘liqligi yo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur matnda leksika va leksikologiya tushunchalari,ularning o‘rganish sohalari, asosiy bo‘limlari va vazifalari haqida ma’lumot beriladi.Shuningdek, leksikologiyaning boshqa tilshunoslik fanlari bilan bog‘liqligi yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Leksika, onomastika, leksikologiya, onomasiologiya, leksema., etimologiya
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024