Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
TARJIMASHUNOSLIK SOHALARIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR, YECHIMLAR: SINXRON VA KETMA-KET TARJIMA
Zoirova Azizabonu Anvar qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Maqolada tarjimashunoslik sohasida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularga oid yechimlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, sinxron va ketma-ket tarjima usullarining o‘ziga xos qiyinchiliklari ko‘rib chiqiladi. Sinxron tarjimada tarjimonning tilni tezda va aniq yetkazish qobiliyati talab etiladi, bu esa fikrni ifodalashda vaqt cheklovlari va stress omillari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Ketma-ket tarjimada esa, avvalgi nutqni to‘liq eslab qolish va keyingi tarjimaga tayyor bo‘lish zarurati bor. Ushbu maqolada, muammolarning yechimi sifatida tarjimonga oid yangi texnologiyalar, tayyorlov kurslari, psixologik yondashuvlar va metodologik yondashuvlar haqida fikrlar keltiriladi. Shuningdek, tarjimonlarning mahoratini oshirish va tarmoqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy yechimlar taqdim etiladi. Sinxron va ketma-ket tarjima usullarining farqlari, qo‘llanilishi va har bir usulga xos talablar tahlil qilinadi. Sinxron tarjima real vaqt rejimida amalga oshirilishi kerak bo‘lib, odatda xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va jahon miqiyosidagi tadbirlarda ishlatiladi. Ketma-ket tarjima esa nutqni bo‘lib-bo‘lib tarjima qilishni nazarda tutadi va ko‘proq kichik guruhlar yoki biznes uchrashuvlarida qo‘llaniladi. Ushbu maqola, har ikki usulning afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganib, tarjima jarayonlaridagi o‘ziga xoslikni taqdim etadi Kalit so‘zlar: Tarjimashunoslik, sinxron tarjima, ketma-ket tarjima, muammo, yechimlar, texnologiya. Tarjima — bu tillararo muloqotning qismidir. Ikki yoki undan ortiq madaniyat va tilni birlashtiradi. Tarjimashunoslik sohalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri sinxron va ketma-ket tarjimadir. Har ikki turdagi tarjima o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega bo‘lib, tarjimonlar ularga qarshi kurashishda ko‘p tajriba va malakaga ega bo‘lishlari zarur. Sinxron tarjima og‘zaki tarjimaning eng qiyin hamda muhim turlaridan biri hisoblanib, unda tarjimon ketma-ket tarjimadan farqli o‘laroq asliyat tilidagi notiq nutqini bir vaqtning o‘zida tarjima tiliga tarjima qila borishi tushuniladi [1]. Sinxron tarzda tarjimani olib boruvchilar sinxron tarjimon yoki sinxronist deb nomlanadi. Odatda, sinxron tarjima amaliyoti maxsus uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Ba’zida individual tinglovchilar uchun pichirlash texnikasi qo‘llaniladi. Sinxron tarjima imkoniyati zamonavviy tillarda taxminan 50% ni tashkil qiladi. Unda ~ 409 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman so‘zlar hech qanday yangi ma’lumot bo‘lmagan so‘zlar ulushiga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga ma’lumotning bir qismi tinglovchilar tomonidan to‘la to‘kis qabul qilinmaydi [2]. Tarjimashunoslik sohasida tarjima turlari va uslublari doimiy rivojlanib boradi. Sinxron va ketma-ket tarjima, bu ikki turdagi tarjima uslubi bo‘lib, yuqori malakali tarjimonlardan alohida e’tibor va mahorat ko‘nikmasini talab etadi. Sinxron tarjima- nutqni bir vaqtning o‘zida tinglab tarjima qilishni anglatadi, bu esa tarjimondan tezkor fikrlash va yuqori konsentratsiyani talab etadi. Ketma-ket tarjima esa nutqni qism-qism qilib tarjima qilishni nazarda tutadi, bu esa yodlash va nutqni to‘g‘ri aks ettirishni taqozo etadi. Har ikkala uslub ham o‘ziga xos muammolarni yuzaga keltiradi va ularning samarali amalga oshirilishi uchun tarjimonlar doimiy ravishda o‘z bilim va mahoratlarini amalga oshirib borishlari lozim. Yurtimizda tarjimaning asosan yozma turi taraqqiy etgan va bunga turli tarixiy davrlardan tortib oxirgi yuz yilikdan yozma tarjimaning ajoyib namunalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin keyingi 30 yillikni olsak, endilikda e’tibor og‘zaki tarjima, shu jumladan, sinxron tarjimaga ko‘proq qaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, hozirgi davrda istalgan tildan, shu jumladan, o‘zbek tilidan boshqa tilga, boshqa tildan o‘zbek tiliga tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini shakllantirish dolzarblashib ulgurdi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi bilan bog‘liq barchas qonun va dasturlarida zamon talablariga muvofiq bo‘lgan barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar va asoslar belgilab qo‘yilgan [3]. Tarjima turlarining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘p manbalarda sinxron tarjima Nyunberg tarjima sud jarayonida, ya’ni XX asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan degan ma’lumot beriladi. Ko‘pchilik G‘arb tarjimonlari va tilshunoslari sinxron tarjima paydo bo‘lishini Nyunberg sudiga borib taqaladi deydi, aksariyat rus manbalarida esa undan deyarli 20 yil oldin paydo bo‘lgani ta’kidlanadi. Kril Flerov shunday deydi: “Sinxron tarjima Nyunberg sudiga qadar ham ishlatilgan, shumchaki bu davrga tegishli ba’zi ma’lumotlar bir-birini zid qiladi, ba’zilari esa to‘liq emas. Sinxron tarjimaning “rasmiy” tug‘ilishi esa, Nyunberg sudiga borib taqaladi” [4]. Ketma-ket tarjima kelib chiqishini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning tarixda ilk foydalanilgan o‘rni sifatida Parij tinchlik konfrensiyasida, 1919-yilda Birinchi Jahon urushidan so‘ng qo‘llanilgan. Sinxron tarjima — bu
Доказательный фрагмент
«Maqolada tarjimashunoslik sohasida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularga oid yechimlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tarjimashunoslik sohasida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularga oid yechimlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muammo, yechimlar, ketma-ket tarjima, texnologiya., Tarjimashunoslik, sinxron tarjima
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021