Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
OʻZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR VA ARXAIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
SEMANTIK TAHLILI · Zaynabiddinova Anisa Zaynullayevna
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tiliga yangi kirib kelgan so‘zlar (neologizm) va eski ishlatilishdan chiqib ketgan so‘zlar (arxaizm) leksik semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nima sababdan neologizmlarning so‘zlarning tilimizga kirib kelishi va eski so‘zlarning omma tomonidan foydalanilmasligi bayon etiladi. Til leksik birliklarining boyishi, neologizmlarning turlari va neologizmlarning o‘zlashma so‘zlardan farqi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek arxaizmlarning turlari va bunday so‘zlarning tarixiy so‘zlardan farqi batafsil bayon etiladi. Arxaiklashish hodisasini affiksal morfemalarda (gramatik birliklarda) ko‘rib chiqamiz. Kalit so‘zlar: neologizm, o‘zlashma so‘z, affiksatsiya, kompozitsiya, arxaizm, istorizm, semema,leksema. Hozirgi kunda hech qaysi sohani rivojlanmayapti doimo turg‘un holatda turibdi deya olmaymiz. Ilm fan, texonologiya, madaniyat yoki jamiyatning rivojlanishidan tilshunoslik (lingvistika) ham chetda qolmaydi. Odamlarning bilim darajasi oshgan sari yangi tushunchalar, va ixtirolar o‘ylab topa boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida tilga yangi termin va so‘zlarning kirib kelishi ma’lum eskirgan va iste’moldan chiqqan so‘zlarning odamlar nutqidan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek globallashuv jarayoni natijasida tilimizga chet tillaridan yangi so‘zlar kirib kelishini kuzatishimiz mumkin. Neologizmlar – (yun. neos – yangi, logos – so‘z) tilda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar bo‘lib, hali jamiyat a’zolarining ko‘p qismiga tushunarsiz tuyuladigan so‘zlar hisoblanadi. Bu so‘zlar ma’lum guruhgagina tushunarli bo‘ladi. R. Majidova, I. Yo‘ldoshev, O‘. Sharipov o‘zlarining “Tilshunoslik nazariyasi asoslari” darsligida quyidagicha ta’rif beradi: “Neologizm – yangi narsa, yangi tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan, hali odatdagi lug‘aviy birlikka aylanib ketmagan so‘z yoki iboralardir.” O‘zi til lug‘ati ikki xil manba orqali boyiydi. 1. Ichki resurslar- o‘z ichki imkoniyatidan foydalangan holda ya’ni ma’lum bir mavjud so‘zga qo‘shimcha qo‘shish, affiksatsiya usuli orqali yangi so‘z hosil qilish. Shuningdek ma’lum bir mavjud so‘zga boshqa so‘zni qo‘shish, kompozitsiya usuli orqali yangi so‘z yasash mumkin. ~ 405 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2. Tashqi resurslar - boshqa tillardan so'zlar olish orqali boyish. Neologizm bilan o‘zlashma so‘zlar farqiga bora olish lozim. O‘zlashgan so‘zlar (o‘zlashma so‘zlar) – boshqa xalqlar tillaridan bizni tillimizga kirib kelgan so‘zlar bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zbek tili ichki grammmatik strukturasiga, imlosiga va talaffuziga moslashtirilgan so‘zlardir. Vaqt o‘tishi bilan bunday so‘zlar jamiyat tomonidan shu darajada me’yorlashtiriladiki xattoki tilshunoslar farqlay olmasliklari mumkun. O‘zbek tiliga asosan tojik tili (hududiy jihatdan yaqin joylashganligi sababli), arab tili (7 asrda Arab Istilosi) va rus (SSSR davri) tillaridan ko‘proq so‘z o‘zlashtirilgan. Tojik tilidan; xafta kunlari - dushanba, seshanba, chorshanba, bahor, dasht, shogird, arab tilidan; talaba, vatan, kitob, rus tilidan; spravka, sudya, advokat va boshqalar misol bo‘la oladi. O‘zlashma so‘zlarning neologizmlardan asosiy farqi bu so‘zlar ommaga tanish bo‘lib qolgan va osonlikcha tushuniladigan bo‘lganligidir. Neologizmlar leksik va semantik turlarga bo‘linadi. Tilda mavjud so‘zlardan va morfemalardan foydalanib yangi so‘z yasash leksik neologizm deb ataladi. Grafik dizayner birikmasini tahlil qilsak ot + ot strukturasi kelib chiqadi. Grafik – tasviriy shakl yoki chizmalar, dizayner – chizmalar va maketlar orqali narsalarni tayorlaydigan mutaxasis degan ma’noni anglatsa, birgalikda grafik dizayner ya’ni logotiplar, afishalar, veb-saytlar, reklama materiallari va dizayn ishlari bilan shug‘ullanadigan zamonaviy kasb mutaxasisi deyiladi. Bu so‘z ingliz tilidan (graphic designer so‘zidan) o‘zlashtirligan. Ilgari mavjud so‘z va iboralarning yangi ma’no kasb etishi semantik neologizm deyiladi. Sahifa deganda oddiy kitob varaqlari tushunilardi, biroq hozirda Internetdagi web sahifalar nazarda tutiladi. Bundan tashqari tarmoq so‘zi – shaxobcha, bo‘linma degan ma’noni anglatadi, hozirda yoshlar nutqida ijtimoiy tarmoq so‘zini ko‘p eshitamiz. Lug‘atdagi hamma so‘zlarni ham bir me’yorda ishlatolmaymiz. Ma’lum so‘zlar jamiyat og‘zaki nutqida ko‘p ishlatiladi, ba’zilari yozma nutqda ko‘p ishlatiladi. Shu sababli ko‘plab bir necha asr oldin ota-bobolarimiz ishlatgan so‘zlar hozirda eskirib ishlatilishdan chiqib ketgan. Arxaizm – eskirib iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar hisoblanadi. So‘zlar ifodalaydigan narsalarning hayotda yo‘qolib ketishi yoki ularning o‘rniga yangi sinonim variantdagi leksemalarning paydo bo‘lishi natijasida ma’lum so‘zlar ijtimoiy qatlam nutqidan chiqib ketadi. Masalan: duqoq, lang(cho‘loq), karvon va boshqa shu turdagi so‘zlar. Arxaizmlar leksemaning o‘zi yoki uning nomemasi o‘zgarishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1. Arxaizm–leksema – hozirgi kunda foydalaniladigan tushunchaning boshqa sinonim leksemaga o‘zgarishi. Mi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tiliga yangi kirib kelgan so‘zlar (neologizm) va eski ishlatilishdan chiqib ketgan so‘zlar (arxaizm) leksik semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tiliga yangi kirib kelgan so‘zlar (neologizm) va eski ishlatilishdan chiqib ketgan so‘zlar (arxaizm) leksik semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neologizm, o‘zlashma so‘z, semema, arxaizm, istorizm, kompozitsiya, affiksatsiya, leksema.
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025