К содержанию
РецензированоUZ2026

XORIJIY TILLARNI O`RGANISHDA CHOG`ISHTIRISH METODINING AHAMIYATI

Yunusova Marjona · ASOSIY QISM

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Bizga ma’lumki, har bir mavzuni yaxshiroq tushunish uchun, avvalo, atama va terminlarnig izohini ifodalash, tavsiflash lozim. Metod termini yunonchada:,,metodos’’- bilish yoki tadqiqot yo`li, nazariyasi,ta’limot (voqealikni amaliy va nazariy egallash), o`zlashtirish, o`rganish, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Hozirgi kunda xorijiy tillarni o`rganishga bo`lgan talabning yuqoriligi bois, til o`rganish jarayonida zamonaviy lingvodidaktikalarni ishlatish samarali yo`l deb hisoblanilmoqda. Bularning ichida chog`ishtirish metodining ahamiyati sezilarli darajada chunki bir til oilasi yoki bir til oilasiga mansub bo`lmagan tillarni chog`ishtirib o`rganish ikkinchi bir tilni o`rganishga katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Nafaqat, bir til,balki, ikki va undan ortiq tillarni o`rganishda ham chog`ishtirish metodi eng ustuvor yo`nalish deb belgilangan. Kalit so`zlar: termin, atama, lingvodidaktika, chog‘ishtirish metodi, til oilalari, antik davr, kontrastiv metod, metakognitiv, kategoriya, artikl, predlog. ASOSIY QISM Chog`ishtirish metodi-filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asos bo`lgan metod bo`lib, asosan farqlarni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun tilshunoslikda boshqacha nom bilan,,kontrastiv metod’’ deb atalgan. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilgan bo`lmasa-da, antic davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni tadqiq qilishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan,,Muhokamat-ul lug`atayn,, asari chog`ishtirish metodining yorqin namunasidir. Navoiy o`zbek tilidagi ayrim tushunchalarni anglatuvchi yuzta fe’lni o`zi yaxshi bilgan fors tili bilan birga muqoyasa qiladi va uning mazmunini she’riy misollarda sharhlaydi. Turkiy tildagi ushbu yuzta fe’lning forsiydagi muqobillarining anglashdagi mohiyati cheklanganligini ko`rsatib beradi. Navoiy bu haqda,,Muhokamat ul-lug`atayn’’ da shunday yozadi:,,Bu yuz lafzdirki, g`arib maqosid adosida ta’yin qilibdurlarki, takallum chog`ida kishi anga muhtoj bo`lur.Ko`pi andoqdurki, also aning mazmunin tafhim qimoq bo`lmas va ba’ziniki, anglatsa bo`lg`ay, har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib qilmag`uncha bo`lmas, ul dag`i arabiy alfoz madadi bila va turk alfozida bu nav’ lafz ko`p topilur. Masalan, bu mazkur bo`lg`on yuz lafzdin bir nechaga mashg`ullik qilib sobit qilali, to xasm muqobalada ilzom bo`lsunki, o`zgalarni munga qiyos qilsun’’. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari I.A.Boduen de Kurtune tomonidan XIX asrda kashf ~ 399 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman etilgan. Ye.D.Polivanov, L.V.Sherba kabi olimlar bu boradagi ishlarini davom ettirishgan. Chog`ishtirish metodi orqali o`rganuvchilar o`z ona tillari bilan chet tilidagi grammatik, fonetik va leksik farqlarni anglab, qanday xatolarni ko`proq qilishlarini oldindan bilishlari mumkin. Bu interferensiy xatolarining oldini olishga xizmat qiladi. Chog`ishtirish orqali har ikkala tilning grammatik kategoriyalari (fe’l zamonlari, artikllar, predloglar va h.k.) ancha tushunarli bo`ladi. Ayniqsa ingliz, rus, fransuz kabi chet tillarini o`rganishda bu metod mantiqiy bog`lanishlarni ko`rsatib berish uchun foydalidir. Taqqoslash orqali o`quvchi o`z-o`zini kuzatishga va mustaqil tahlil qilishga o`rganadi. Bu esa metakognitiv ko`nikmalarni rivojlantiradi, ya’ni o`z o`rganish jarayonini anglash va nazorat qilishga yordam beradi. Ko`p tilli o`quvchilarda (masalan, o`zbek-rus-ingliz tillarini biladiganlar) uchta tilni bir-biri bilan taqqoslash orqali har bir tilning o`ziga xos jihatlarini chuqurroq o`rganish mumkin. Bu tilni faqat yodlab emas, anglab o`rganishga olib keladi.Chog`ishtirish metodi ayniqsa interferensiyani bartaraf etishda, grammatik tushunchalarni osonlashtirishda va metakognitiv ko`nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, bu yondashuv nafaqat til o`rganishda, balki tarjimonlik, tilshunoslik va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarida ham amaliy ahamiyat kasb etadi.Amaliy sohalarda chog`ishtirish metodini ishlata olish,uni o`z o`rnida qo`llash chet tillarini tez o`rganishga imkon beradi. XULOSA Shunday qilib, til o`rganish metodikalarida chog`ishtirish metodini zamonaviy didaktik vositalar bilan uyg`unlashtirib qo`llash, til o`rganish metodik arsenalini boyitadi va o`quvchilarning chet tillarini yanada samarali va chuqur o`zlashtirishiga xizmat qiladi. Chog`ishtirish metodi ayniqsa interferensiyani bartaraf etishda, grammatik tushunchalarni osonlashtirishda va metakognitiv ko`nikmalarni shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. Bundan tashqari, bu yondashuv nafaqat til o`rganishda, balki tarjimonlik, tilshunoslik va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarida ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, chog`ishtirish metodi guruhda jamoaviy fikrlashni rivojlantiradi, a'zolarni o`z fikrlarini ochiq va erkin ifodalashga undaydi. Bu jarayon innovatsion yondoshuvlarni va yangi perspektivalarni ishlab chiqishda juda foydalidir. Foydalanilgan

Доказательный фрагмент

«Bizga ma’lumki, har bir mavzuni yaxshiroq tushunish uchun, avvalo, atama va terminlarnig izohini ifodalash, tavsiflash lozim.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bizga ma’lumki, har bir mavzuni yaxshiroq tushunish uchun, avvalo, atama va terminlarnig izohini ifodalash, tavsiflash lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chog‘ishtirish metodi, atama, til oilalari, predlog., artikl, metakognitiv, kategoriya, kontrastiv metod, termin, lingvodidaktika, antik davr
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники