К содержанию
РецензированоUZ2026

TIL, MADANIYAT, SHAXSIYAT: O‘ZARO TA’SIR JIHATLARI

Yavkachova Mexribonu Utkir qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada til, madaniyat va shaxsiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilamiz. Til inson tafakkuri va shaxsiyati shakllanishida qanday rol o‘ynashi, madaniyat orqali uning mazmuni qanday boyib borishi, shuningdek, madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati yoritilgan. Maqola tilshunoslik, madaniyatshunoslik va psixologiya fanlari kesishmasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslangan. Kalit so‘zlar: til, madaniyat, shaxsiyat, identitet, madaniyatlararo muloqot, tafakkur, psixologik omillar Til, madaniyat, shaxsiyat: o‘zaro ta’sir jihatlari Til bu nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkurining, madaniyati va shaxsiyatining ajralmas bir qismidir. Har bir tilda o‘sha xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari, axloqiy mezonlari o‘z ifodasini topadi. Tilni o‘rganish orqali inson boshqa madaniyatlarni anglaydi va bu orqali o‘z tafakkurini boyitadi. Masalan, A.V. Kravchenko “Vvedenie v kognitivnuyu lingvistiku” asarida tilni ong va tafakkur bilan bevosita bog‘laydi. Uning fikricha, til tafakkurni shakllantiruvchi asosiy kognitiv vositadir. Til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritishda E. Sapir va B.L. Whorfning lingvistik relativizm nazariyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular til inson tafakkurini belgilashini ta’kidlaganlar. Ya’ni, har bir tilda mavjud bo‘lgan tushunchalar to‘plami odamlarning dunyoni qabul qilish tarziga ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiyat esa til orqali o‘z ifodasini topadi. Til o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni, madaniyatlararo kompetensiyani, o‘z shaxsiy identitetini anglashni shakllantiradi. Psixolog A. Leontyevning ta’kidlashicha, til – bu psixikaning tashqi shaklidir, u orqali ichki holatlarimiz tashqi muhitda namoyon bo‘ladi. Bugungi global dunyoda til o‘rganish jarayonida madaniyatlararo muloqotning roli ortib bormoqda. Internet resurslari, onlayn platformalar, xalqaro almashinuv dasturlari orqali insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘lib, til orqali yangi madaniy ko‘nikmalarni egallaydilar. Bu jarayonlar til, madaniyat va shaxsiyatning o‘zaro ta’sirini yanada chuqurlashtiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri shaxsiyat shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir insonning til orqali shakllangan dunyoqarashi uning shaxsiy o‘zligining asosiy belgisidir. Tilni o‘rganish bu ~ 395 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman madaniyatni anglash, o‘z shaxsini kashf etish va global dunyoda muvaffaqiyatli muloqot qurish vositasidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kravchenko, A.V. (2004). Vvedenie v kognitivnuyu lingvistiku. Moskva: Gnozis. – 184 b. (53-bet). 2. Sapir, E. (1929). The Status of Linguistics as a Science. Language, 5(4), 207– 214. 3. Leontyev, A.N. (1977). Faoliyat, ong va shaxs. Moskva: Politizdat. – 304 b. (112-bet). 4. https://www.linguisticsociety.org/resource/language-and-thought (Lingvistik jamiyatining rasmiy sayti, til va tafakkur munosabati haqida). 5. https://www.britannica.com/topic/Sapir-Whorf-hypothesis (Sapir–Whorf gipotezasi tafsilotlari, Britannica ensiklopediyasi). ~ 396 ~

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada til, madaniyat va shaxsiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada til, madaniyat va shaxsiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, psixologik omillar, til, identitet, madaniyat, shaxsiyat, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3