К содержанию
РецензированоUZ2026

QADIMGI TILSHUNOSLIK AN’ANALARI: QADIMGI RIM VA XITOY TAJRIBASINING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI

TAJRIBASINING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI · Shahnoza Xolbutayeva

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tilshunoslik fanining shakllanishi va dastlabki rivojlanish bosqichlari tarixiy-nazariy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Asosiy e’tibor Qadimgi Rim va Qadimgi Xitoy tilshunoslik an’analariga qaratilib, ushbu sivilizatsiyalarning til haqidagi qarashlari, metodologiyasi hamda ilmiy yondashuvlari tahlil etiladi. Maqolada ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar chog‘ishtirma tahlil asosida yoritilib, ularning lingvistik merosi umumiy tilshunoslik fanining yuksak taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani tahlil qilinadi. Qadimiy davr tilshunosligini o‘rganish orqali zamonaviy lingvistik nazariyalar ildizlariga nazar tashlanadi hamda bu merosning ilmiy ahamiyati qayta ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar : Qadimgi tilshunoslik, Qadimgi Rim, Qadimgi Xitoy, tilshunoslik tarixi, lingvistik meros, chog‘ishtirma tahlil, til nazariyalari, tilshunoslik metodologiyasi, tarixiy-nazariy yondashuv. Kirish: Ushbu maqolada biz qadimgi Xitoy va Rim imperiyalaridagi tilshunoslikning ahamiyatini tahlil qilamiz. Tadqiqot jarayonida tilshunoslikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar va umumiy tilshunoslik xususiyatlari har bir davlat va xalqning urf-odatlari hamda madaniy merosidan kelib chiqib, tizimli ravishda o‘rganiladi. Nega biz uchun bu kabi bilimlar zarur? Bunday tahlil biz uchun tilshunoslik tarixining boy merosi va uning kelib chiqish manbalarini chuqurroq anglash, shuningdek, mavjud ilmiy bilimlarni yanada boyitish va rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi Rimda tilshunoslik faniga qo‘shilgan hissa nisbatan kamroq bo‘lgan. Rim grammatikasi asosan yunon grammatikasining ta’sirida shakllanib, uning bir yo‘nalishi sifatida rivojlangan. Jumladan, Iskandariya maktabida ishlab chiqilgan yunon tiliga oid grammatik tamoyillar keyinchalik rimliklar tomonidan lotin tiliga moslashtirilgan. Vaqt o‘tishi bilan yunon tilidagi ko‘plab lingvistik atamalar asta- sekinlik bilan lotin terminologiyasi bilan almashtirila boshladi. Qadimgi Xitoyda asosan yozma manbalar anchagina keng ko‘lamni egallagan. Bugungi kungacha saqlanib qolgan Xitoy yozuving eng qadimiy yozma yodgorliklari XIII-XI asrlarga borib taqalmoqda. Qadimgi Xitoyda ‘fol’ ochish amaliyotlarida ishlatilgan hayvon ~ 391 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman suyaklari, toshbaqa qalqonlari va shu kabi boshqa materiallar, o‘z navbatida, Xitoy tilshunosligining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, katta o‘rin tutadi. Qadimgi Rim tilshunosligiga katta hissa qo‘shgan mashhur shaxslar sifatida, Eliya Donat (bizning eramizgacha IV asrning o‘rtalari), Yuliy Sezar (eramizdan avvalgi 100-44), Mark Terensiy(eramizdan ilgari 116-27), Verriy Flak (bizning eramizning boshlari) va boshqa ko‘plab olimlar va mutafakkirlarni keltirish mumkin. Eliya Donat (bizning eramizgacha IV asrlar o‘rtalarida) yashagan va uning” Grammatika san’ati” nomli kitobida grammatikaning ko‘plab qirralarini tahlil qilib bergan. Yuliy Sezer (eramizdan avvalgi 100-44) yashagan va u Rimning davlat arbobi, lashkarboshisi hisoblangan, bundan tashqari, grammatikaga oid asari juda ham mashur hisoblanadi asar nomi esa “Analogiya haqida” deb nomlangan. Mark Terensiya (eramizdan avvalgi 166-27) yashab o‘tgan, uning eng katta va mashhur kitobi “Lotin tili haqida”asari bo‘lib, u 25ta kitobdan tuzilgan bo‘lgan. Verry Flak eramizning boshlarida tavallud topib yashagan olim hisoblanadi, u leksikalogiya sohasida juda ham katta burilish yaratgan desak adashmagan bo‘lamiz, u tajribalar va fikrlarni aralashmasidan katta hajmdagi “ Fe’lning ma’nosi” asarini yozdi. Qadimgi Xitoy tilshunosligiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar sifatida, Xan imperiyasi davrida (miloddan avvalgi 206 - milodiy 220-yillar) tilning leksikologiya, leksikografiya, ieroglifika, fonetika, grammatika va dialektologiya kabi turli sohalariga alohida e’tibor qaratganlar. Bu davrning eng mashhur tilshunosi bo‘lgan Syu Shen, o‘zining "Elementlar va murakkab belgilar haqida" nomli asarida yozuv nazariyasining asoslarini yaratgan. Ushbu asar Xitoy tilshunosligida juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning ta’siri bugungi kungacha davom etmoqda. Ota-bola Nyan-Sun (1744-1832) va Van In – Chji (1766-1834)ni keltirish mumkin. Ushbu olimlarni Xitoy grammatikachiligining asoschilari deb atash mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular mustaqil so‘zlarni ot, sifat va fe’l so‘z turkumlariga ajrata olishgan. Yangi tilshunoslikning yirik vakili, tadqiqotchi Chan Bin Lin (1869-1936), Xitoy tilining meyoriy va tarixiy fonetikasi, shuningdek, dialektologiya masalalarini chuqur o‘rgangan. Shuning bilan birga, u fonetik yozuv tizimi loyihasini ham ishlab chiqqan. Rim tadqiqotchilari esa, yunon tilshunoslaridan namunalar olgan holda tilni yaratgan bo‘lishsalarda o‘zgarishlar ham qo‘shishgan, masalan, Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo‘lmagan ablativ(ajratis h) kelishigini kiritdi va kelishiklar soni olti donani tashkil qildi. Bundan tashqari Rim tilshunoslari grammatik terminlarni

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tilshunoslik fanining shakllanishi va dastlabki rivojlanish bosqichlari tarixiy-nazariy nuqtai nazardan o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tilshunoslik fanining shakllanishi va dastlabki rivojlanish bosqichlari tarixiy-nazariy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til nazariyalari, tarixiy-nazariy yondashuv., tilshunoslik tarixi, Qadimgi Xitoy, lingvistik meros, chog‘ishtirma tahlil, Qadimgi tilshunoslik, Qadimgi Rim, tilshunoslik metodologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники