К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI SINONIMLARNING BIR SO‘ZLI EKVIVALENTLAR ORQALI IFODALANISH XUSUSIYATLARI

Xayrullayeva Xonzodabegim Ahmad qizi · Ilmiy rahbar: O.K. Xakimbayeva

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi sinonimlarning bir so‘zli (monoleksik) ekvivalentlar orqali ifodalanish xususiyatlari lingvistik yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda sinonimlarning tasnifi, shakllanishi, tarjimadagi muammolar hamda stilistik farqlari muayyan misollar va ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Bu holat leksikologiya, stilistika va tarjimashunoslik uchun alohida dolzarb mavzudir. Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, ingliz tili, sinonim, bir so‘zli ekvivalent, leksikologiya, tarjima, stilistika, semantika, lingvistik tahlil, sinonimiya. Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug‘aviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan esa ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi birinchi soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi, hamda, xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan ~ 389 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgi-xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va hokazo. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘zbek va ingliz tillari har xil til oilalariga mansub bo‘lsa-da, ularning leksik tizimida sinonimlarning tutgan o‘rni muhimdir. Sinonimlar – bu ma’no jihatidan bir- biriga yaqin yoki bir xil bo‘lgan, lekin shaklan turlicha bo‘lgan so‘zlardir (Xudoyqulova, 2006: 117). Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida sinonimlarning bir so‘zli ifodalanish holatlari tahlil qilinadi. O‘zbek tilida sinonimlar uslubiy, semantik va kontekstualmezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Masalan: xafa – ranjigan, baxtli – xursand. Ingliz tilida esa sinonimlar absolute, near vastylistic turlarga bo‘linadi: buy – purchase (near), job –occupation (stylistic). O‘zbek tilida sinonimlar affiksatsiya yo‘li bilan yoki ildizlar farqi bilan hosil bo‘ladi: quvonmoq – xursand bo‘lmoq, g‘azablanmoq – achchig‘i chiqmoq (Yusupov, 2001: 163). Ingliz tilida esa germanik va lotincha ildizli sinonimlar keng tarqalgan: begin – commence, help – assist (Jackson & Amvela, 2000:99). Bir tildagi sinonimlarni boshqa tilga bir so‘z bilan to‘g‘ri tarjimaqilish har doim ham oson emas. Masalan, job va occupation ingliz tilida yaqin ma’noli bo‘lsa-da, ikkalasini ham “ish” deb tarjima qilish uslubiy tafovutni yo‘qotadi (Newmark, 1988: 114). Tarjimon sinonimlarning konnotativ va uslubiy xususiyatlariga e’tibor berishi zarur (Komissarov, 1990: 151). Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz tillarida sinonimlarning bir so‘zli ekvivalentlar orqali ifodalanishi murakkab leksik hodisadir. Bu holat leksikologik va stilistik tahlilni talab qiladi. Sinonimlarning to‘g‘ri tanlanishi, ayniqsa tarjima va ilmiy yozuvlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Xudoyqulova D. (2006). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan. 117-bet. 2. Yusupov Sh. (2001). O‘zbek tilining leksikologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi. 163-bet. 3. Cruse D. A. (1986). Lexical Semantics. Cambridge University Press. p. 88. 4. Jackson H., Amvela E.Z. (2000). Words, Meaning and Vocabulary. Continuum. p. 99. 5. Newmark P. (1988). A Textbook of Translation. Prentice Hall. p. 114. 6. Komissarov V.N. (1990). Teoriya perevoda. Moskva: Visshaya Shkola. s. 151. ~ 390 ~

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi sinonimlarning bir so‘zli (monoleksik) ekvivalentlar orqali ifodalanish xususiyatlari lingvistik yondashuv asosida o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi sinonimlarning bir so‘zli (monoleksik) ekvivalentlar orqali ifodalanish xususiyatlari lingvistik yondashuv asosida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stilistika, bir so‘zli ekvivalent, lingvistik tahlil, O‘zbek tili, semantika, sinonimiya., leksikologiya, sinonim, tarjima, ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники