American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
INGLIZ VA FRANSUZ TILLARIDA OT SO‘Z TURKUMINING IFODALANISHI
Xakimbayeva Aziza Qalandarovna · Ilmiy rahbar: Xakimbayeva Ozoda Kalandarovna
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va fransuz tillarida ot so‘z turkumining morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda otlarning roli, ularning jins, son, artikl, egalik shakllari va gapdagi sintaktik funksiyalari keng miqyosda o‘rganiladi. Taqqosiy tahlil orqali ikki til o‘rtasidagi grammatik o‘xshashlik va tafovutlar ochib beriladi. Kalit so‘zlar: ot, jins, son, artikl, egalik, sintaksis, ingliz tili, fransuz tili, taqqosloviy tilshunoslik. Har qanday tabiiy tilning asosiy birliklaridan biri bu — otlardir. Ular mavjudot, narsa, tushuncha, hodisa yoki holat nomini bildiradi. Ingliz tili (german tillari oilasi vakili) va fransuz tili (roman tillari oilasi vakili) — o‘zining rivojlangan grammatik tuzilishi bilan ajralib turuvchi tillardir. Ularning tarixiy rivoji, fonetik va morfologik tizimi farqli bo‘lsa-da, zamonaviy grammatika va sintaksisda o‘xshashliklar ham kuzatiladi. Ushbu maqolada aynan ot so‘z turkumi ikki til misolida taqqoslanadi. Otlarning morfologik xususiyatlari: Jins kategoriyasi. Ingliz tili: Morfologik jins kategoriyasi mavjud emas. Semantik jins (biologik jins) asosida he, she, it kabi olmoshlar orqali aniqlik kiritiladi. Masalan, man (he), woman (she), table (it). Fransuz tili: Har bir ot grammatik jinsga ega: masculin (erkak) yoki féminin (ayol). Masalan, le livre (kitob, erkak jins), la table (stol, ayol jins). Bu jins artikl, sifat, olmosh va fe’l moslashuviga ta’sir qiladi. Son kategoriyasi Ingliz tili: Ko‘plik odatda –s yoki –es qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: book – books, class – classes. Fransuz tili: Ko‘plik ham –s bilan hosil qilinadi, biroq talaffuzda ko‘rinmasligi mumkin: livre – livres. Ba’zi hollarda noturg‘un o‘zgarishlar ham mavjud: cheval – chevaux (ot – otlar). Otlarning artikllar bilan qo‘llanilishi. Ingliz tilida artikllar: Aniq artikl: the — ma’lum yoki ilgari tilga olingan otga nisbatan ishlatiladi. Noaniq artikl: a/an — noma’lum, birinchi marta tilga olinayotgan otlarga nisbatan. Misollar: I saw a cat. The cat was black. ~ 377 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Fransuz tilida artikllar. Har bir artikl jins va son bilan bog‘liq: Aniq artikllar: le (m.sg), la (f.sg), les (ko‘plik). Noaniq artikllar: un (m), une (f), des (ko‘plik). Misollar: J’ai vu un chat. Le chat était noir. Otlarning egalik shakllari. Ingliz tili: Egalik “ ’s” yoki egalik olmoshlari orqali bildiriladi. Masalan: John’s book, his car, their house. Fransuz tili: Egalik olmoshlari otning jins va soniga moslashadi: Masalan: mon livre (mening kitobim), ma voiture (mening mashinam), mes amis (mening do‘stlarim). Otlarning gapdagi sintaktik funksiyalari: Ega (subject): Ingliz: The teacher explains the lesson. Fransuz: Le professeur explique la leçon. To‘ldiruvchi (object): Ingliz: She reads a book. Fransuz: Elle lit un livre. Qiyoslovchi (complement): Ingliz: He is a student. Fransuz: Il est étudiant. Frazeologik va leksik birliklarda otlarning roli: Ingliz tilida: Break the ice – muhitni yumshatmoq, A piece of cake – juda oson. Fransuz tilida: Donner sa langue au chat – taslim bo‘lmoq, Avoir le cafard – kayfiyatsiz bo‘lmoq Bu birikmalar otlarning metaforik rolini ko‘rsatadi va har ikki til leksikasida muhim o‘rin tutadi. Ingliz va fransuz tillarida ot so‘z turkumining grammatik va sintaktik jihatdan o‘xshashliklari ko‘p bo‘lsa-da, morfologik struktura, jins tizimi, artikllarning ishlatilishi va egalik ifodalanishida sezilarli tafovutlar mavjud. Fransuz tilida jins va artikl moslashuvi aniq ko‘zga tashlanadi, ingliz tilida esa bu elementlar nisbatan sodda shaklda ifodalanadi. Bu farqlar til o‘rganish jarayonida e’tiborga olish zarur bo‘lgan asosiy jihatlardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Swan, M. (2005). Practical English Usage. Oxford University Press. 2. Price, G. (2003). A Comprehensive French Grammar. Blackwell Publishing. 3. R. Murphy. Tashkent: Art Flex. Publishing House,2020. 4. Batchelor, R. E., & Chebli-Saadi, M. (2011). A Reference Grammar of French. 5. A.E. Mamatov, M.M. Mirxoliqov, A.S. Asqarov. Fransuz tilining amaliy grammatiicasi. -Т.: Fan va texnologiya, 2015, 192 bet. ~ 378 ~
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va fransuz tillarida ot so‘z turkumining morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va fransuz tillarida ot so‘z turkumining morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sintaksis, artikl, taqqosloviy tilshunoslik., egalik, son, jins, ot, fransuz tili, ingliz tili
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021