К содержанию
РецензированоRU2026

YENGIL ATLETIKACHILAR MASHG’ULOTINING TUZILISHI VA REJALASHTIRISH ASOSLARI

YENGIL ATLETIKACHILAR MASHG’ULOTINING · Abdullayeva O’g’iloy Xayitboyevna

Для учителей · 2026

Аннотация

В трех статьях даны сведения о структуре и контроле тренировочного процесса легкоатлетов, а также подчеркивается возможность исключения самих нагрузок в тренировочных занятиях с учетом уровня подготовки спортсменов. Ключевые слова: Легкая атлетика, упражнение, тренировка, нагрузка, тренировочный период, курс подготовки, вид спорта, цикл, тактика, методика тренировки, скорость, физические качества, объем. Trenirovka mashg’ulotining shakllari va tuzilishi. Hamma yengil atletikachilar uchun trenirovka jarayonining asosiy tashkiliy shakli guruh bo’lib yoki individual ikki soat yoki undan ko’proq davom etadigan trenirovka mashg’uloti o’tkazishdir. Mashg’ulot jarayonida asosan to’lqinsimon yuklamalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda sportchi kuchining to’g’ri taqsimlanishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga sportchilar organizmiga beriladigan yuklamalar hajmi normada saqlanishiga yordam beradi. Mashg’ulotning maqsadi va mazmuniga, mashg’ulot davriga va asosan yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga qarab mashg’ulotning tuzilishi asosiy uch qismdan tashkil topgan bo’lib razminka, asosiy, yakuniy qismga bo’linadi. Razminka sportchi organizmini bo’ladigan trenirovka ishiga tayyorlaydi. U kuch kelishi asta sekin oshib boradigan qilib maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidan iborat agarda razminka uchun mashqlar to’g’ri tanlansa, uning foydasi kam bo’libgina emas, balki salbiy bo’lishi ham mumkin. Asta-sekin razminka qilishni qisqa vaqtli kuchli ish bilan almashtirib bo’lmaydi, chunki bunda sportchi tez charchab qoladi, organizmning funksional imkoniyatlari to’la ochilishiga imkon qolmaydi. Razminkaning qancha davom etishi ko’p jihatdan sportchining tayyorlik darajasiga, ayniqsa uning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir. Odatda stayerlar razminka uchun sprintlarga nisbatan 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 45 Ustozlar uchun pedagoglar.org ko’proq vaqt sarflaydi. Bundan tashqari razminka vaqti havo haroratiga ham bog’liq bo’ladi ya’ni havo harorati issiq bo’lganda razminka vaqti qisqaradi aksincha havo harorati sovuq bo’lganda razminka vaqti uzoqroq davom etadi. Chunki organizmdagi mushaklarning qisqarib bo’shashishi havo haroratiga bog’liq holda kechadi. Yengil atletikachilarda razminkaning jadalligi va hajmi ham bir xil emas. U masterlarda, ayniqsa stayerlarda yuqori , yangi boshlayotganlarda esa ozroq bo’ladi. Razminkaning yaxshi bo’lishi va shu munosabat bilan qon aylanishi, modda almashinishi va boshqa jarayonlarning kuchayishi uchun vaqt asta-sekinlik kerak bo’ladi. Davomli qizdiruvchi yugurish ko’pincha keyingi mashqlarni bajarish vaqtida ko’proq talab qo’yiladigan muskullarning guruhiga ish qobiliyatini oshirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin. Masalan, uloqtiruvchi yugurish vositasida tana va qo’l muskullarini yetarli darajada qizdira olmaydi. Shuning uchun ko’pgina yengil atletikachilar yugurishdan keyin yetarli qizmagan muskullar guruhi uchun maxsus tanlangan mashqlarni bajaradilar. Razminkaning ikkinchi qismida yengil atletikachi mashg’ulot asosiy qismidagi birinchi trenirovka mashqini bajarishga tayyorlabgina qolmasdan, balki o’zining yengil atletik ixtisosiga xos mashqlarni bajarishga moyillik hosil qilishi ham kerak. Yengil atletikachining bunday moyillik hosil qilishi fizilogik nuqtai nazardan, avvalo markaziy nerv sistemasining ishga kirishishidir. Bunda bajarilishi kerak bo’lgan harakat strukturasi bilan harakatlantiruvchi apparat orqali o’sha harakatni amalga oshiradigan markaziy nerv sistemasi faoliyati o’rtasida optimal munosabat hosil qilinadi. Bu faqat nerv boshqarish nuqtai nazaridangina sozlash emas. Markaziy nerv sistemasining tonusi ortishi ta’sirida hamma organ va sistemalarning o’sha harakat spetsifikasiga aloqador ish qobiliyati ortadi. Masalan, yuguruvchilar va tez yuguruvchilarda kislorod iste’mol qilish darajasi oshadi, modda almashish jarayoni kuchayadi, harakat reaksiyasining yashirin davri kamayadi, organizm startdanoq belgilangan sur’atda ish boshlay oladi. Yengil atletikachining texnikasi qanchalik murakkab bo’lsa, u bo’lajak ishga shuncha yaxshi tayyorlanishi va razminkaning ikkinchi qismiga ko’proq mashqni kiritish kerak. Masalan, uloqtiruvchilar va g’ov osharlar oldin bir qator texnika elementlarini va maxsus mashqlarni takrorlaydilar, undan keyin kuchlanish asta-sekin orta boradigan sinov urinishlar qilib ko’radilar. Yengil atletikachining mahorati qanchalik yuqori bo’lsa, uning razminkasi shunchalik puxta bo’lishi kerak. Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qismning asosiy vazifasi shug’ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy va maxsus tayyorgarlik darajasini oshirishdan, ularga sport texnikasi va taktikasini o’rgatishdan, irodaviy fazilatlarni tarbiyalashdan, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, bo’g’imlardagi harakatchanlikni va chaqqonlikni rivojlantirishdan iboratdir. Asosiy qism mazmuni shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga, ularning yoshiga va jinsiga, mashg’ulot davriga, yengil atletika ixtisosligiga va boshqa sabablarg

Доказательный фрагмент

«В трех статьях даны сведения о структуре и контроле тренировочного процесса легкоатлетов, а также подчеркивается возможность исключения самих нагрузок в тренировочных занятиях с учетом уровня подготовки спортсменов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В трех статьях даны сведения о структуре и контроле тренировочного процесса легкоатлетов, а также подчеркивается возможность исключения самих нагрузок в тренировочных занятиях с учетом уровня подготовки спортсменов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Легкая атлетика, упражнение, тренировка, нагрузка, sikl, hajm., tezkorlik, rejalashtirish, mashg’ulot, texnika, trenirovka, yuklama, mashg’ulot davri, Kalit so’zlar: Yengil atletika, sport, jismoniy sifatlar, tayyorgarlik darajasi, taktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники