Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BALOG‘AT ILMI BORASIDA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Abdullayev Olimjon · Muhammad Abdulmuttalib · Solih Fazl.
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqola balog‘at ilmi borasida olib borilga hozirgi kundagi tadqiqotlar va ularni qadimgi zamonda yozilgan balog‘at borasidagi asarlardan farqlari bayon qilinib, orasidagi farqlar tahlil qilinib, hozirgi kunda bu ilmni boshqa soxalarda qanday qo‘llanilishi ham yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: yangilik, yangilanish, balog‘at, yangi balog‘at, tuzilmachilik, uslubshunoslik, Muhammad Abdulmuttalib, Solih Fazl. Balog‘at nazariyasi bir necha asrlar davomida shakllangan bo‘lib, unga oid tadqiqotlar turli davrlardagi mualliflar qalamida hali-hanuz o‘z hayotiyligini saqlab qolgan. Har qanday zamonaviy yoki postmodernistik tadqiqotchi – arab yoki g‘arb bo‘lishidan qat’i nazar – qadimgi arab va g‘arb olimlarining balog‘at borasidagi merosiga qaytib, ularni ijobiy baholab, ishonch bilan tasdiqlaydi. Bu tadqiqotchilar matnlarni so‘zma-so‘z, g‘oyama-g‘oya qayta ko‘rib chiqib, ularning tubidan fikriy qadriyatlarni yuzaga chiqarishga harakat qiladilar. Bu yerda gap mutlaqo yangilik yaratishda emas, balki taqdim va yondashuvdagi yangicha uslubda. Faqat atamalar zamonaviy tilga moslashtirilib, tasavvurlar o‘zgartirilmoqda. Ammo balog‘at nazariyasining tubdan inkor etilishi ro‘y bermagan – har bir tadqiqotchi va maktab, o‘zining tahlil va sharhlarida o‘tmish bilan aloqani saqlab qolgan. Qadimgi arab balog‘ati – bu fikriy xomashyo, yangilanishlar esa shu asosda yuzaga kelgan. Bu yerda “yangi” va “yangilanish” tushunchalari orasidagi farq muhim: birinchisi – mutlaqo boshqacha yondashuv, ikkinchisi esa – taqqoslash va muqoyasa asosidagi yondashuvdir. Biz buni Muhammad Abdulmuttalib va Solih Fazl singari tanqidchilar asarlarida kuzatamiz. Arab tilshunosligining qadimgi namoyondasi sifatida qadimgi arab tilshunoslik maktabi, bugungi zamonaviy tilshunoslik va adabiy tanqid nazariyalariga asos bo‘lgan dastlabki ilmiy harakatlar qatorida e’tirof etiladi. Bu borada arab tilshunosligining ilg‘or namunalari va tanqidiy yondashuvlari, zamonaviy va postmodern qarashlar asosida qayta o‘rganilgan. Jumladan, Muhammad Abd al-Mutallib va Solih Fazl kabi zamonaviy olimlarning qadimgi merosni himoya qilishi va uni yangilash yo‘lidagi sa’y-harakatlari ularning barcha asarlari, maqolalari va ma’ruzalari orqali namoyon bo‘ladi. Shu bois, ushbu tadqiqotda quyidagi uchta asarga e’tibor qaratildi: Muhammad Abd al-Mutallibning “Al-Balag‘a va al-Uslubiyya” (Badiiy bayon va uslubshunoslik), Solih Fazlning “Balag‘at al-xiṭab va Ilm al-Uslub” (Nutq balog‘ati va uslub ilmi) hamda “‘Ilm al-Uslub: Mabadiʼuhu va Ijroʼatuhu” (Uslub ilmi: asoslari va amaliyotlari). Tadqiqot quyidagi ikkita asosiy savol doirasida olib borildi: 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 48 Ustozlar uchun pedagoglar.org Birinchi yo‘nalish savollari: “Yangilanish” (tajdīd) deganda nima tushuniladi? Yangilanishning qadimgi meros bilan qanday aloqasi bor? U bu merosga qanday qo‘shimcha qiymat qo‘shadi? Yangi (jadid) bilan yangilanish (tajdid) o‘rtasidagi farq nimada? Ikkinchi yo‘nalish savollari: Ma’lumki, Jurjoniy tomonidan ilgari surilgan “nazm nazariyasi” qadimgi arab balog‘atining eng muhim mavzularidan biri bo‘lib, zamonaviy strukturalistik uyg‘onishning asosi bo‘lgan. Bu nazariya har bir yangilanish tarafdorining e’tibor markazida turadi. Savol shundan iboratki, Muhammad Abd al-Mutallib va Solih Fazl o‘z yangilovchi tadqiqotlarida faqat Jurjoniy matnlari bilan cheklanib qolganmi yoki ular unga yaqin bo‘lgan boshqa balog‘iy matnlar bilan ham ishlaganmi? Muhammad Abd al-Mutallibning balog‘iy yangilanishga qo‘shgan hissasi: Arab strukturalist tanqidchisi Muhammad Abd al-Mutallib arab tilshunosligi va balog‘atining qadimiy darslarini qayta tahlil qilish orqali bu sohani zamonaviy uslubshunoslik tadqiqotlari bilan bog‘lashga urindi. U arab tilshunosligining qadimiy merosini — undagi matnlar va nazariyalarni — qayta tiriltirib, ularni hozirgi zamon adabiy tanqidiy va tahliliy mezonlarga mos holda tahlil etdi. Bu bilan u arab olimlarining jiddiyligi va ustuvorligini tan olib, balog‘iy merosni zamonaviy strukturalizm asoslariga bog‘lashga intildi. Bu yo‘nalishda u quyidagi olimlar va ularning asarlarini asos qilib oldi: Zamaxshariy, Ibn Qutayba, Ibn al-Asir, Abu Sulaymon Hamd ibn Muhammad al-Xottobiy (uning Ma‘alim al-Sunan, G‘arib al-Hadis, al-‘Uzla va Bayan I‘joz al-Qur’on asarlari), Tayyib al-Baqillaniy (I‘joz al-Qur’on), Faxruddin al-Roziy (Nihoyat al-Ijoz fī Diroyat al-I‘joz), as-Sakkokiy (Miftoḥ al-Ulum). Muhammad Abd al-Mutallib bu mutafakkirlarning matnlarini shunchaki qayta keltirish va sharhlash bilangina cheklanmadi. U, o‘z tadqiqotining muqaddimasidayoq ta’kidlaganidek, qadimiy balog‘atni hozirgi zamon uslubshunoslik izlanishlari bilan bog‘lash maqsadida ularni chuqur tahlil qildi. Uning fikricha, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar deyarli o‘z yakuniga yetgan, shuning uchun yangi yondashuvlar orqali qadimiy balog‘atni zamonaviy ifoda uslublari bilan bog‘lash lozim. U buni “balog‘at — agar bu atama to‘g‘ri bo‘lsa — uslub asoslariga aylana oladi” degan qarash bilan asoslaydi. Birinchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola balog‘at ilmi borasida olib borilga hozirgi kundagi tadqiqotlar va ularni qadimgi zamonda yozilgan balog‘at borasidagi asarlardan farqlari bayon qilinib, orasidagi farqlar tahlil qilinib, hozirgi kunda bu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola balog‘at ilmi borasida olib borilga hozirgi kundagi tadqiqotlar va ularni qadimgi zamonda yozilgan balog‘at borasidagi asarlardan farqlari bayon qilinib, orasidagi farqlar tahlil qilinib, hozirgi kunda bu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Solih Fazl., Muhammad Abdulmuttalib, yangi balog‘at, Kalit so‘zlar: yangilik, uslubshunoslik, yangilanish, balog‘at, tuzilmachilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024