Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LIRIKADA AYRILIQ MAVZUI VA UNING ATRIBUTLARI (TAQDIR, O‘LIM, BEVAFO YOR, UMID, RUHIY CHINIQISH…)
Nаbiyevа Nodirа Sаidovnа
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Zebo Mirzoning xiyonat va vafosizlik mavzusidagi tanlab olingan ayrim she’rlarining badiiyati tahlil va talqin qilingan. Shuningdek, Zebo Mirzo she’rlarida musavvirona ruh bor, dard bor, olov bor. Bu so‘zlarni ushlab ko‘rasiz, haroratini his qilasiz, ranglaridan hayratlanasiz. Va ko‘nglingizga kirib borayotgan Tirik So‘zning tovushlarini eshitasiz. Shoira lirikasi intim-lirika qonuniyatlariga to‘la javob bera oladi. Intim-lirika qalbning qalbga, shaxsning shaxsga dil rozini, arzu holini ifodalovchi janr ekanligi bilan ajralib turadi. Kalit so‘zlar: xiyonat, vafosizlik, ayriliq, yolg‘izlik, azob, ishq, qabr, dard, ko‘chim va b. Yer yuzida qancha odam bo‘lsa, shuncha taqdirlar ham bor. Kimnidir baxtidan o‘lim ayiradi, kimnidir xiyonat, vafosizlik, kimnidir tushunmovchliklar va hokazo. Sabablar bisyor topiladi. Iste’dodli shoira Zebo Mirzo she’rlarida ayriliqning mungli nolalari silqib turadi. Uning she’rlarida chinakam insoniy dard, dil og‘riqlari bor. Uning she’rlarida rad etilga muhabbat alamini sezasiz. Olovli ishq va umidsizlik. Lirik qahramon yorini behad sevadi, unga ko‘ngil beradi, uning ishqi bilan yonib kul bo‘layozadi. Ishqning yoqasida qo‘llarim qoldi, Oyning tushlarida gullarim qoldi. Bag‘ringda quvg‘indi tunlarim qoldi, Sen sevmading, Nega sevmading?1 Haqiqiy yolg‘izlik odamlar orasida turib yolg‘iz qolishdir, aslida. Haqiqiy ayriliq ko‘ngillarning ayro tushganligidir. Agar Nodirabegim, Zulfiyalar o‘lim tufayli sevgan kishilaridan ayrilgan bo‘lsalar, Zebo Mirzo taqdiri boshqacha kechdi. U javobsiz sevgi, xiyonat tufayli ayriliqni kuyladi. Zebo Mirzoning “Tun malikasi”, “Baxtsiz qizning ertagi”, “Men sizni sevmagayman”, “Bugun…”, “Muhabbat – qabrtosh”, “Umrimni o‘tkinchi saboga berdim”, “Muhabbat”, “Visol”, “Bag‘ring 1 https://tgstat.com/uz/channel/@Zebo_Mirzo https://scientific-jl.com/wsrj 7 1 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal menga ochilgan qabr” kabi she’rlari bir-birini to‘ldirib keluvchi o‘ziga xos uyg‘unlik, fazilatlarga ega bo‘lgan mushohadalardir. Isming –yuragimga urilgan xanjar, Sug‘urib olsalar o‘laman. Men seni shu qadar muhabbat Va azob bilan sevaman! Ishq-muhabbat hammaga ham nasib qilavermaydi. U inoyat qilinadi. Ishq Ollohning insonga bergan inoyati. Shoira sevgan kishisining nomini “yuragiga urilgan xanjar”ga bejiz o‘xshatmagan. Xanjarning vazifasi nimtalash, burdalash, bo‘laklarga bo‘lish. Demak, sevgan kishisining ismiyoq shoiraning yuragini nimtalaydi, ammo u ana shu azobni o‘ziga loyiq ko‘rib, “jimgina” sevadi. Sevaman… O‘limni sevganday Har lahza ruhimni pichoqlab. Men mangu yashayman, go‘rda ham Dilimda ismingni quchoqlab!2 Inson har lahzada o‘limni bo‘yniga olib yashashi kerak. Umr, shoir aytganiday, nishonga borib tekkan o‘q. (A.Oripov) Lirik qahramon aytmoqchiki, hatto o‘lganda ham ismingni dilimda saqlayman, ya’ni ikki dunyoda ham faqat va faqat unigina sevadi, uning xayoli, ishqi bilan nafas oladi. Shu bois u mangu yashaydi, zero, oshiqlarga o‘lim yo‘q, demoqchi. Shoira she’rlarida fojiaviy lavhalar tasviri kishi qalbini junbushga keltiradi. Muhabbat –qabrtosh, Eng qadimiy tosh… Qabrtosh qabrlar ustiga qo‘yiladigan yodgorlik hisoblanadi. Ammo shoiraning muhabbatni qabrtosh deya ta’riflashi bejiz emas. Lirik qahramon nazdida, yorining qabriga qo‘yadigan yodgorligi ham aynan muhabbatning o‘zidir, boshqa narsa emas. Bordi-yu o‘zi qabrda yotgan bo‘lsa ham, muhabbatdan qabrtosh qo‘yilishini istaydi. Muhabbatga tashnalik insonning qonida borligi, uning dunyo qadar qadimiy va bebaho tuyg‘u ekanligini uqamiz misralardan. Uning she’rlarida bevafolik, xiyonat, qolaversa, singan ko‘ngil iztiroblari, ranj- alamlari aks etadi. Shoiraning “Bilaman” deb nomlangan she’rida o‘zini kamtarlik bilan pastga urishlik, sevgan kishisini ustun qo‘yishlik kabi holatlar aks etgan. Shunday bo‘lsa ham, u fidoyilik ko‘rsatib sevishdan to‘xtamaydi. Chunki uning sevgisi haqiqiy, hech qanday manfaatsiz, beg‘araz sevgi. Bilaman: men uning tengi emasdim, 2 https://tgstat.com/uz/channel/@Zebo_Mirzo https://scientific-jl.com/wsrj 7 2 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal Lekin sevdim tengsiz muhabbat bilan. Hijron tunlarida bor edi qasdim, Men uni o‘qidim yoniq dard bilan. Lirik qahramon sevgilisiga o‘zini nomunosibligini oshkora tan oladi, ammo ko‘ngilga buyruq berib bo‘lmaydi. Ishq uni egasidan so‘rab ko‘ngliga kirmaydi. U ato qilinadi. Ishq bu bir ilohiy ne’mat, tuyg‘u. Ammo shunday buyuk ishqning sohibasi baxtli emas. Nega? Qachonki, ishq ikki tomonlama bo‘lsagina, insonlar baxtli bo‘ladilar. Lirik qahramonning taassuf qilishicha, u “Bir xazon bargchalik sevilganmas”, shuning uchun “jimgina” yonib, “jimgina” kuyadi. Lekin uni xudo haqqi sevganligini tan oladi. Sevgisi rad etilgan inson uchun bu tan olish mardlikdir. Zebo Mirzo she’riyati o‘zining intim tuyg‘ularining ochiqligi, ustuvorligi, ehtiroslarning kuchliligi bilan boshqa shoiralardan keskin farq qiladi. Ko‘zingizni qadaysiz ko‘kka! Boshingizdan aylanadi Kun. Kunlarimni berib yo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Zebo Mirzoning xiyonat va vafosizlik mavzusidagi tanlab olingan ayrim she’rlarining badiiyati tahlil va talqin qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Zebo Mirzoning xiyonat va vafosizlik mavzusidagi tanlab olingan ayrim she’rlarining badiiyati tahlil va talqin qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dard, ayriliq, azob, qabr, yolg‘izlik, Kalit so‘zlar: xiyonat, vafosizlik, ko‘chim va b., ishq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024