Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB TILIDA MAQOLLARNING SHARHI
Roziqova Sayyora Habibullayevna · Shaniyeva Jasmina Musurmon qizi · Boymirzayev Muhammad Mustafaqul o‘g‘li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maqollar arab tilidan tarjima qilinib, leksik tahlil qilindi .Maqollarning izohi keltirilgan. Kalit soʻzlar: Maqollar,leksik tahlil,izoh,tarjima. Annotation: In this article, proverbs are translated from Arabic and lexically analyzed. An explanation of the proverbs is provided. Keywords: Proverbs, lexical analysis, explanation, translation. Hozirgi o‘zbek tilining lug’at tarkibi bu tilning uzoq yillar mobaynida butun taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Shu sababli undagi mavjud so‘zlarning paydo bo‘lish, davri va kelib chiqish manbai (asosi) ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug’at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo‘ladi. Har bir til, asosan o‘z lug’at boyligi va grammatik qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha shakllanib, o‘sib, takomillashib boradi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham, lug’at tarkibiga ham, shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada, aslida bir tilga xos bo‘lgan fonetik, leksik va boshqa bir qator elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib, unga o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir qilish boshqa qatlamlardan ko‘ra, ayniqsa, tilning leksik qatlamida kuchliroq bo‘ladi va aniqroq namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqi ham, shu qatorda, o‘z rivojlanish tarixining turli davrlarida va bosqichlarida boshqa ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro turli iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqada bo‘lgan, hamda bu xalqlarning tili, shubhasiz, o‘zbek tiliga ham ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Xususan, boshqa tillar leksikasidan o‘zbek tili leksikasiga juda ko‘plab so‘zlar o‘zlashganligini shu ta’sir orqali izohlashimiz mumkin. Natijada o‘zbek tili lug’at tarkibida shu tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan bir qatorda yana o‘zlashgan leksik qatlam ham yuzaga kelgan. O‘zbek tilining lug’at boyligi so‘zlar va iboralardan iborat. Uning bu boyligi hamma uchun umumiy bo‘lib, hamma tomonidan birday qo‘llanilishi mumkin. Bu boylik https://scientific-jl.com/wsrj 7 8 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal tilning tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida, tilning tarixiy taraqqiyoti hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari davrida o‘zlashtirgan leksik birliklari hisobiga ham amalga oshgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tili lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam : o‘z va o‘zlashgan qatlam borligi ma’lum bo‘ladi. O‘z qatlam deganda azaldan aslan faqatgina shu tilniki bo‘lgan leksemalar va shular asosidagi yasalishlar, shuningdek, o‘z affiks bilan boshqa til leksemalaridan yasalishlar tushuniladi. O‘z qatlamga oid so‘zlarning tilda mavjudligi juda qadimga borib taqaladi. U Oltoy oilasidagi tilda so‘zlashuvchi xalqlar ham ajralib ketishga ulgurmay, tillari hali yagona bo‘lgan davrda yuzaga kelishni boshlagan. Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqol – sifatli fikr ifodasi boʻlib, X.R.P. Diksonning fikriga koʻra “arablar maqollarni keltirganlarida, tarixni gapirib berayotganlardek huzurlanadilar”. Adabiyotshunoslar maqollarni masal, matal, mitala, misl, hikma, nodira, qavl, vaʼz kabi bir qator terminlar bilan ataydilar va maqollarni:1)islomgacha va islomning ilk davridagi qadimiy maqollar, 2) aralash yoki yangi va 3) zamonaviy maqollar guruhiga ajratadilar. Arab maqollari boshqa xalqning hikmatlarini ham qamrab olganliklari bois, qiyosiy oʻrganish ob’ekti boʻlishlari mumkin. Arab maqollarini tadqiq etish VIII asrdan boshlangan. Arab adibi Ubayd Jurjumiy(VIII asr) Sahar ibn Dabiy, fors adibi Abu Fadl Maydoniy kabi bir qator olimlar kabi Mahmud Zamaxshariy ham “al- Mustaqso min amsali–arab” nomli kitobini tuzgan. Quyida arablarga oid maqollarnin bir qanchasini keltirib, ularni izohlab o‘tamiz. قيضلا تقو قيدصلا- Muhtoj do'st, albatta, do'stdir. ‘‘Muhtoj do'st, albatta, do'stdir’’ degan maqol do'stlikning chinakam mohiyatini anglatadi. Haqiqiy do'st faqat yengil kunda emas, balki qiyin vaziyatlarda ham yonimizda bo‘ladi. Muhtoj bo‘lgan paytda yordamga shoshilgan inson do'stlikka sodiq ekanini isbotlaydi. لصب مويو لسع موي -Bir kun asal, bir kun piyoz. "Bir kun asal, bir kun piyoz" maqoli hayotning turfa ko‘rinishlarini tasvirlaydi. Hayotda har doim shirinlik va zavq bo‘lmaydi, gohida achchiq va qiyinchilik ham uchraydi. O‘zbek tilida ham bu maqolning variant mavud. ‘‘ Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi esa qorong‘i ’’ ushbu maqollarda hayotning har doim ham bir xil bo‘lmasligi, baland - pastiklardan iboratligi anglashiladi. ةولح هترمثو رم ربصلا- Sabr achchiq, meva
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maqollar arab tilidan tarjima qilinib, leksik tahlil qilindi .Maqollarning izohi keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maqollar arab tilidan tarjima qilinib, leksik tahlil qilindi .Maqollarning izohi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Proverbs, lexical analysis, explanation, translation, izoh, leksik tahlil, Kalit soʻzlar: Maqollar, tarjima.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014