К содержанию
РецензированоUZ1980

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING AQLIY RIVOJLANISH DARAJASINI ANIQLASH VA UNI RIVOJLANTIRISH

Raximova Aziza Karimovna

Педагоги · 1980

Аннотация

Zamonaviy ta'lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishiga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi (7-10 yosh) o‘quvchilarning aqliy rivojlanish jarayoni ularning kelgusidagi ta’limdagi yutuqlari va ijtimoiy moslashuvi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, maqolada bu davrdagi o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash, o‘z vaqtida baholash va rivojlantirish ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlari haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: kichik maktab yoshi, aqliy rivojlanish, bilish jarayonlari, intelekt, sensomotor, operatsiyalar, test, o’yinlar, kuzatuv, suhbat Asosiy qism 1. Aqliy rivojlanish tushunchasi Aqliy rivojlanish – bu bolaning bilish jarayonlari, ya'ni sezgi,idrok, tafakkur, xotira, diqqat, nutq va xayol kabi psixik funksiyalarining sifat jihatdan o‘sib borishi hisoblanadi. Piaje va boshqa psixologlarning fikriga ko‘ra, bolalar tafakkuri bosqichma-bosqich rivojlanadi va har bir bosqichda o‘ziga xos tafakkur shakllari namoyon bo‘ladi. Jan Piaje ( 1896–1980) — shveytsariyalik psixolog, biolog va falsafa doktori, bolalar aqliy rivojlanish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U ilk bor bolalarning tafakkuri kattalarnikidan sifat jihatdan farq qilishini ilmiy asosda isbotlagan. Piajening intellektual rivojlanish bosqichlari Piaje inson tafakkurining rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratgan. Kichik maktab yoshi bu bosqichlar ichida “aniq operatsiyalar bosqichi” (7–11 yosh) ga to‘g‘ri keladi:  Sensomotor bosqich (0–2 yosh)  Preoperatsional bosqich (2–7 yosh)  Aniq operatsiyalar bosqichi (7–11 yosh)  Formal (abstrakt) operatsiyalar bosqichi (11 yoshdan yuqori) 2. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy xususiyatlari Bu yoshdagi bolalarda quyidagi aqliy o‘zgarishlar kuzatiladi: Analitik tafakkur shakllanishi: Bolalar sabab-oqibat aloqalarini tushunishni boshlaydi.Xotiraning ixtiyoriyligi ortadi: Maqsadli yodlashga intilish kuchayadi. https://scientific-jl.com/ped 4 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Diqqatning barqarorlashuvi: Biror mashg‘ulotga uzoqroq muddat e’tibor berish qobiliyati rivojlanadi.Nutq orqali tafakkur: Til yordamida fikr yuritish rivojlanadi. Aniq operatsiyalar bosqichi (7–11 yosh) xususiyatlari:Bu bosqich aynan kichik maktab yoshi davriga to‘g‘ri keladi. Piajega ko‘ra, bu davrda bolalarning tafakkuri quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: Reversivlik (teskarilik) tushunchasi shakllanadi.Bola bir amalni fikran orqaga qaytara oladi. Masalan, agar suv A idishdan B idishga quvildi va shakli o‘zgardi, bola suv miqdori o‘zgarmaganini tushunadi. Konservatsiya tushunchasi rivojlanadi.Bola uzunroq lekin torroq idishdagi suyuqlikni avvalgidek deb biladi – bu moddiy konservatsiyani tushunish hisoblanadi (massa, hajm, sonning o‘zgarmasligi). Sinflashtirish va tartiblash.Bola buyumlarni guruhlarga ajrata oladi, ularni muayyan tartibda joylashtira oladi (masalan, uzunlik, og‘irlik bo‘yicha). Mantiqiy fikrlashning boshlanishi.Garchi hali abstrakt fikrlash kuchli bo‘lmasa- da, bola ko‘proq haqiqatga yaqin misollar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganadi. Egotsentrizmning kamayishi.Bola o‘z nuqtayi nazaridan tashqari, boshqalarning qarashlarini ham hisobga olishni boshlaydi. 3. Aqliy rivojlanish darajasini aniqlash usullari O‘quvchilarning aqliy rivojlanishini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:  Psixologik testlar (masalan, Raven matritsasi, Bin-Bujur testi);  Didaktik o‘yinlar va topshiriqlar;  Pedagogik kuzatuv – o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligi, mustaqil fikrlashi;  Savol-javob va suhbat – o‘quvchilarning fikrni mantiqiy ifodalash qobiliyatini aniqlash. 4. Aqliy rivojlanishni rivojlantirish yo‘llari Muammoli vaziyatlar yaratish: Bolani mustaqil fikrlashga undovchi savollar beriladi. Didaktik o‘yinlardan foydalaniladi: Mantiqiy o‘yinlar, jumboqlar, pazllar. Ijodiy topshiriqlar beriladi: Hikoya tuzish, tasviriy san’at bilan shug‘ullanish. Axborot texnologiyalaridan foydalaniladi: Interaktiv dasturlar, onlayn o‘yinlar. Shuningdek, oiladagi muhit, ota-onaning mehribonligi va bolaga e’tibori ham aqliy rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Piaje tadqiqotlarining amaliy ahamiyati J. Piajening tadqiqotlari asosida o‘qituvchilar va psixologlar bolalarning aqliy rivojlanishini quyidagicha tashkil etishlari mumkin: O‘rgatishda bosqichma-bosqichlikni ta’minlash: Har bir bolaning o‘ziga xos rivojlanish bosqichi borligini e’tiborga olinadi. https://scientific-jl.com/ped 5 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Ko‘rgazmali vositalardan foydalanish: Piajega ko‘ra, bolalar aniq tasvirlangan, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan obyektlar bilan osonroq ishlaydi. Muammoli topshiriqlar va tajribalar: Bola mustaqil izlanishda bo‘lishi lozim. Piaje “bilim – bu kashfiyot” deb aytgan. Qiyoslash va tahlil qilishga yo‘naltirish: Moddalar soni, hajmi, vazni, shaklini qiyoslab o‘rganish orqali bola tafakkurini mustahk

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy ta'lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishiga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy ta'lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishiga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
operatsiyalar, test, o’yinlar, bilish jarayonlari, sensomotor, suhbat, intelekt, aqliy rivojlanish, kuzatuv, Kalit so‘zlar: kichik maktab yoshi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники