К содержанию
РецензированоUZ2026

INKLYUZIV TA'LIM: MUOMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Olloberdiyeva Shodiyona Baxrom qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

This article discusses the content of inclusive education, its importance in society, as well as the existing problems in the implementation of inclusive education in the Republic of Uzbekistan and ways to solve them. The prospects for inclusive education are analyzed based on international experience. The article justifies the need to create equal opportunities for all children in the education system. Keywords: inclusive education, special needs, equality, pedagogical approach, education system. Kirish: Zamonaviy demokratik jamiyatda har bir insonning taʼlim olish huquqi ustuvor qadriyat hisoblanadi. Bugungi kunda taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri — har bir bolaga, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy farqlaridan qatʼi nazar, sifatli va teng imkoniyatli taʼlim olish imkonini yaratishdir. Shu nuqtayi nazardan, inklyuziv taʼlim konsepsiyasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Inklyuziv taʼlim — bu barcha bolalarning umumiy taʼlim muhitida birgalikda o‘qib, rivojlanishiga sharoit yaratadigan pedagogik yondashuv bo‘lib, u ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham so‘nggi yillarda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish borasida muhim huquqiy va amaliy qadamlar qo‘ymoqda. Biroq, https://scientific-jl.com/ped 1 1 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 tizimni to‘liq joriy etish yo‘lida qator muammolar saqlanib qolmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv taʼlimning mazmun-mohiyati, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Inklyuziv taʼlim nafaqat maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun, balki har qanday farqli o‘quvchilar uchun yagona muhitda taʼlim olish imkonini yaratadi. Bunday taʼlim modeli ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi, diskriminatsiyani kamaytiradi hamda har bir bolaning ijtimoiy-huquqiy tengligini taʼminlaydi.Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv yondashuv asosida tashkil etilgan taʼlim muassasalari o‘quvchilarda bag‘rikenglik, hamkorlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni shakllantiradi. O‘zbekistonda hambu yo‘nalishda huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, uni amaliyotda to‘liq joriy etish uchun hali ko‘p ishlar amalga oshirilishi lozim. Inklyuziv taʼlim — bu barcha bolalarni, ularning jismoniy yoki aqliy holatidan, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, umumiy taʼlim tizimiga qo‘shishni nazarda tutuvchi yondashuvdir. Bu yondashuvning markazida har bir bola uchun sharoit yaratish, ularni taʼlim jarayoniga to‘laqonli jalb etish turadi. Inklyuzivlik bu faqatgina nogironligi bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq emas, balki har qanday farqlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda inklyuziv taʼlimning rivojlanish holati So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv taʼlimga oid bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan:2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”sini ratifikatsiya qildi; 2020-yilda yangi tahrirdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda inklyuziv taʼlim alohida yo‘nalish sifatida belgilandi; 2021-yildan boshlab ayrim umumtaʼlim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilmoqda. Bu islohotlar inklyuzivlikni huquqiy asosda mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shunga qaramay, amaliyotda turli to‘siqlar mavjud. Inklyuziv taʼlimda uchrayotgan muammolar Kadrlar muammosi: Inklyuziv taʼlimni samarali amalga oshirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan pedagog kadrlar yetarli emas. Ko‘pchilik o‘qituvchilar imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashga tayyor emas. Infratuzilma mos emas: Aksariyat taʼlim muassasalarida panduslar, liftlar, moslashtirilgan hojatxonalar, eshitish va ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalar uchun kerakli texnik vositalar mavjud emas. Ota-onalar va jamiyatning tayyor emasligi: Jamiyatda inklyuzivlik haqida yetarli tushuncha mavjud emas. Ayrim hollarda ota-onalar o‘z farzandlarini nogironligi bo‘lgan bolalar bilan birga o‘qitilishiga qarshilik ko‘rsatmoqda. Metodik taʼminot: Inklyuziv sinflarda foydalanish mumkin bo‘lgan metodik qo‘llanmalar, darsliklar va didaktik materiallar yetarli emas. O‘zbekiston sharoitida jahon tajribalardan kelib chiqib, quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: https://scientific-jl.com/ped 1 2 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Pedagoglarni inklyuziv taʼlim bo‘yicha muntazam o‘qitish va malakasini oshirish; Taʼlim muassasalarini texnik jihatdan moslashtirish, Inklyuzivlik bo‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish va tushunchalarni shakllantirish; Maxsus o‘quv rejalari va metodik materiallar ishlab chiqish. Xulosa: Inklyuziv taʼlim — bu har bir bolaning taʼlim olish huquqini taʼminlovchi adolatli tizimdir. Bunday yondashuv jamiyatda mehr, bag‘rikenglik va tenglik muhitini shakllantiradi. O‘zbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish yo‘lida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifal

Доказательный фрагмент

«This article discusses the content of inclusive education, its importance in society, as well as the existing problems in the implementation of inclusive education in the Republic of Uzbekistan and ways to solve them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the content of inclusive education, its importance in society, as well as the existing problems in the implementation of inclusive education in the Republic of Uzbekistan and ways to solve them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, special needs, equality, pedagogical approach, tenglik, Kalit so‘zlar: inklyuziv taʼlim, taʼlim tizimi., pedagogik yondashuv, maxsus ehtiyoj
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники