Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIZNES ASOSLARI FANINI O’QITISH VA O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR · Imomova Go’zal Qo’chqorovna
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Biznes asoslari fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, mas’uliyat hissi, darslarga yangiliklar kiritishi hamda darslarning qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlash haqida. Kalit so‘zlar: innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, ixtisoslashuv, axborot- kommunikatsiya, telekommunikatsiya. Yangi davr bugungi o‘qituvchilar zimmasiga yangi vazifalarni va bir qancha mas’uliyatlarni yuklamoqda. Zamonaviy texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan Biznes asoslari fanini o‘qitish an’anasi ham sezilarli darajada o‘zgardi. Hozirgi kunda iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda, bo‘lajak mutaxassislarga biznes asoslarini chuqur o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xususan, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish zaruriyati Prezidentimizning ko‘plab nutqlarida va qarorlarida o‘z aksini topgan. Bu esa Biznes asoslari fanini o‘qituvchilaridan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg‘or o‘qitish uslublarini joriy etishni, yosh avlodni biznes yuritish ko‘nikmalarini puxta egallashga tayyorlashni talab etadi. Zamonaviy ta’lim standartlarida, jumladan, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish alohida qayd etilgan. Misol uchun, hukumatimiz qarorlari bilan tasdiqlangan ta’lim tizimini rivojlantirish dasturlarida “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bolalar va yoshlarning qiziqishlari hamda intilishlarini inobatga olgan holda: televideniye, shu jumladan, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o‘smirlarga biznes asoslari, tadbirkorlik va iqtisodiy savodxonlikni o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va efirga uzatishni; turli korxona va tashkilotlarning faoliyati, dunyo iqtisodiyoti va texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, chet el badiiy va multiplikatsion filmlarini o‘zbek tilida subtitrlar bilan muntazam namoyish etishni; “ZiyoNet” tarmog‘i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilish resurslaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishni, uning resurs markazini https://scientific-jl.com/ped 1 8 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 multimedia resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun ilovalar bilan boyitishni, shuningdek, biznes va iqtisodiyotga oid o‘quv va badiiy adabiyotlarni, ixtisoslashtirilgan rasmli gazetalar va jurnallarni nashr etishni, ular uchun maxsus bo‘limlar va ilovalar tashkil etishni” [1, 2b] ta’minlash belgilangan. Shu bois, barcha Biznes asoslari fani o‘qituvchilari o‘z darslarini yanada jozibali qilish uchun texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini his etmoqdalar. Bugungi kunda O‘zbekistonda biznes savodxonligini oshirishning ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. Bir qator biznes sohasi mutaxassislari biznes asoslarini o‘rgatishning yangi usullari va yo‘llarini joriy etmoqdalar. Bu, albatta, iqtisodiy ta’lim samaradorligini yanada oshiradi. Ta’limda texnologiyadan foydalanish bir qancha noyob afzalliklarni beradi. Qolaversa, bu o‘qitish tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va o‘z navbatida, o‘quvchiga zamon bilan hamnafas bo‘lishga va olg‘a intilishga yordam beradi. Texnologiya an’anaviy o‘qitish usullarini asta-sekin almashtirmoqda. Bugungi kunda televizorda muntazam ravishda biznes asoslarini o‘qitishga yordam beradigan ko‘plab yangi dasturlar va ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida texnologiyadan foydalanishning yangi zamonaviy innovatsion usullari joriy etilgan. Masalan, multimedia asosida biznes asoslarini o‘rganayotgan talabalar qiziqarli materiallar orqali ham ko‘rib, ham eshitib o‘rganish orqali to‘rt ko‘nikmani (tinglash, gapirish, o‘qish, yozish) rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, talabalar jonli harakatlarni kuzatib, ba’zi atamalarning ma’nosini taxmin qilishlari va ularni tushunishga harakat qilishlari mumkin. Tabiiyki, har qanday Biznes asoslari darslarida kompyuter, proyektor, elektron doska, maxsus dasturlar kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada rivojlantiradi, yosh avlodning biznes ko‘nikmalarini tezroq o‘rganishiga imkon beradi. Biznes asoslari darslarida ayrim o‘qituvchilarning texnologiyalardan foydalana olmasligi va ularni samarali tatbiq eta olmasligi talabalarning zerikishiga olib keladi. Aynan shu sababdan, o‘quvchining ishtiyoqini saqlab qolish uchun, darslarda texnologiya va hech bo‘lmaganda kompyuterdan foydalanish o‘quvchining qiziqishini yanada oshirishni ta’minlaydi. Darhaqiqat, o‘quvchining yoshi, qiziqishlari, qobiliyatlari va tushunish darajasiga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Biznes asoslari fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, mas’uliyat hissi, darslarga yangiliklar kiritishi hamda darslarning qiz…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Biznes asoslari fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, mas’uliyat hissi, darslarga yangiliklar kiritishi hamda darslarning qiz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot-kommunikatsiya, Kalit so‘zlar: innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, ixtisoslashuv, telekommunikatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026