К содержанию
РецензированоUZ2025

O’RTA OSIYO UMURTQALI HAYVONLARI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI

MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI · Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi · Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

This article briefly presents the diversity, ecological adaptations, and conservation measures of Central Asian vertebrates. Keywords: Central Asia, vertebrates, natural, reserve, reserve, unique, conservation. O’rta Osiyo hayvonlarga boyligi va hayvonlarning har xilligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Bu birinchidan, o’lka hududi tabiiy sharoitining turli- tumanligi—qumli, taqirli tekisliklardan hamda adir va tog’ landshaftlaridan tashkil topgan. Ikkichidan , unda turli o’simlik qoplami qalin bo’lishi o’txo’r va yirtqich hayvonlarning geografik tarqalishiga sabab bo’lgan, o’lka tabiiy sharoitidagi tafovutlar ayniqsa, uning tekislik qismi bilan tog’li qismida yaqqol namoyon bo’ladi. Tekislik qismida cho’llarga va chalacho’llarga xos hayvonlar uchraydi. O‘lka faunasining turli-tumanligi uzoq geologik taraqqiyot tarixi davrida tarkib topganligi va boshqa hududlarning hayvonlari bilan aloqada bo‘lganligiga www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 142 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi bog‘liq. Shu sababli bu yerda endemik dayvonlar bilan birga O‘rta Osiyo, Hind- Himolay, Yevropa-Sibir, Old Osiyo, hattoki Afrika kabi hududlarga xos bo‘lgan turlari ham uchraydi. Tekislik zonasida ko‘proq Afrika va Old Osiyoga xos hayvonlar turlari yashasa, aksincha, tog‘larida Hind-Himolay, O‘rta Osiyo, Yevropa, Sibirga mansub bo‘lgan hayvon turlari ko‘proq uchraydi. Cho‘l echkemari, bo’z echkemar, charxilon, chiyabo’ri, barhan mushugi, jayron, karakal — Afrika va Old Osiyodan o‘tgan; sirtlon, chiyabo’ri, plastinkasimon dumli kalamush, ko‘zo‘ynakli ilon — Hindistondan o‘tgan; katta qum sichqoni, kichik qushoyoq, qumgir yumronqoziq, oq qumsichqon, antilopa, qo’ng’ir ayiq, sayg‘oq, kichik tulki, karsak — Yevropa-Sibir zonasidan; jayron, qora ilvirs, tog‘ takasi, arxar, qizil bori — Markaziy Osiyodan kirib kelgan. Shular bilan bir qatorda, o‘lka hududida paydo bo‘lgan va boshqa joylarda deyarli uchramaydigan Orol shipi va katta kurakburun baliqlari, Turkiston agamasi, Turkiston gekkoni, qum bo‘g‘ma iloni, xo’jasavdogar, Bobrinskiy qo’shoyog‘i, ingichka barmoqli yumronqoziq, ko‘k sug‘ur, Tyanshan o‘rmon sichqoni, qizil pishqicha, Oloy kaltakesagi kabi endemik hayvonlar ham bor. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning borgan sari jiddiylashuvi, ba’zi joylarda hattoki tang vaziyat mavjudligi tufayli atrof-muhit katta miqyosda shikastlanmoqda. Bu borada tabiatning eng nozik komponentlari — o‘simlik va hayvonot olami zarar ko‘rmoqda. O’rta Osiyo hayvonlarini muhofaza qilib, noyob turlarini ko‘paytirishda qo’riqxona, buyurtmaxona , milliy bog’ va ,,Qizil kitob’’ni ahamiyati katta. Milliy bog‘da — aholining dam olishi uchun tabiiy komplekslarni saqlash va yaxshilashga katta ahamiyat beriladi. Ularda ko‘p sonli sayyohlar, sportchilar, dam oluvchilar uchun barcha qulayliklar bunyod etiladi. Lekin tabiiy boyliklar — hayvonot olami va o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish alohida ta’kidlanadi. Buyurtmaxona--hududlarda tabiat komplekslarining ayrim komponentlari vaqtincha yoki muntazam ravishda qo‘riqlanadi. Bunda ko‘proq o‘simlik, geologik, zoologik, landshaft turida buyurtmalar tashkil qilinadi. Zoologik buyurtmaxonalar — kamyob, qirilib borayotgan yoki alohida www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 143 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi qiymatga ega bo‘lgan hayvonlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar, hayvonlarning migratsiya yo‘llari yoki mavsumiy to‘planadigan joylarida tashkil etiladi. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda jami bo‘lib 30 dan ziyod qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2,3 million gektarni yoki mamlakat hududining atigi 1 foizini tashkil etadi. Ulka hududida bir qancha qo’riqxona va buyurtmaxonalar mavjud. Ularning eng muhimlari — Tortay botig‘idagi Naurzum (qushlar ekologiyasini o‘rganadi), Qozog‘iston past tog‘laridagi Kurgalji (suvda yashovchi qushlar ekologiyasini o‘rganadi), Orol dengizidagi Borsa-kelmas (sayg’oq, qulun, jayron, kum yumronqoziq muhofaza qiladi), Ustyurt platosidagi Qoplonqir (Ustyurt qo’yini, qora kulunni, gepard – qoplonni muhofaza qiladi), Turkmanistondagi Badxiz (qulunni muhofaza qiladi), O‘zbekistonidagi Qizilqum (Buxoro yoki xongul bug‘usini, jayron, to’qay mushugini muhofaza qiladi), Zarafshon (tustovuqkni muhofaza qiladi), Surxondaryo (ilvirs, qoplon, qizil sug’ur, shoxdor echkini muhofaza qiladi), Hisor (oq tirnokli ayiq, qoplon, qizil sug‘urni muhofaza qiladi), Nurota (burgut, kaklik, alkar, suvsarni muhofaza qiladi), Notkol (ko’k sug‘ur, ayiq, ularni muhofaza qiladi), Zomin (qo’ng’ir ayiq, tog’ takasi, suvsarni muhofaza qiladi), Tojikistondagi Pakhlavon to’qay – Tigrovaya balka (Buxoro bug’usi, jayron, qirgovulni muhofaza qiladi), Qirg‘izistondagi Issiqkul (g’oz, o’rdak, maral, qirg’ovulni muhofaza qiladi), Qozog‘istondagi Olmaoti (tog’ takasi, tog’ qo’yi, maral, qor koplonini muhofaza qiladi), Oqsuv- Jabalg’a (tog’ takasi va qo’yi, qor qoploni, jayra, ular, kaklikni muhofaza qiladi). Hozirda qo’riqxonalarda o’sha hudud landshafti, shu jumladan h

Доказательный фрагмент

«This article briefly presents the diversity, ecological adaptations, and conservation measures of Central Asian vertebrates.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article briefly presents the diversity, ecological adaptations, and conservation measures of Central Asian vertebrates. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Central Asia, vertebrates, natural, reserve, reserve, unique, tabiiy, buyurtmaxona, umurtqali hayvonlar, noyob, qo’riqxona, O’rta Osiyo, muhofaza qilish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники