Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON KAPITALIGA INVESTITSIYALARNING MAZMUNI VA AHAMIYATI
Abduhalimov Shohjaxon Usmonali o’g’li · Xalilov Abdulloh Zokirjon o’g’li · Ilmiy rahbar: G’oziyev Murodjon Shokirjonovich · Fakulteti Moliya kafedrasi
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda inson kapitaliga investitsiyalar jalb etishning mazmuni va ahamiyati hamda xususiyatlari mavjud ilmiy nazariyalarni tadqiq etish asosida o’rganilgan. Inson kapitaliga investitsiyalarni rivojlantirishning mavjud muammolari va asosiy yo’nalishlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: inson kapitali, taʼlim tizimi, sog’liqni saqlash, inson kapitaliga investitsiyalar, taʼlim sifati, inson salohiyati. Inson kapitali tushunchasi XIX asrdan boshlab o’rganila boshlandi va ushbi yo’nalish iqstisodiyot fanining istiqsbolli jabhalaridan biriga aylandi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, u avvalo, iqtisodiyot taʼlimi va mehnatning asosiy yutug’iga aylandi. Iqtisodiy adabiyotlarda inson kapitali tushunchasining keng va tor maʼnolardagi talqinini uchratish mumkin. Jumladan, tor maʼnoda «Inson kapitali, shubhasiz, zamonaviy iqtisodiy o’sishning muhim omili va ijtimoiy - iqtisodiy siyosatning ustuvor yo’nalishi sifatida namoyon bo’ladi» [1]. Keng maʼnoda esa inson kapitali investitsiya qilish, ishchi kuchini tashkil etib, ishlab chiqarishga tayyorlash, sog’lig’ini saqlash, migratsiya hamda narxlar va daromadlarga oid www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 23 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi maʼlumotlar qidirishga bo’lgan harajatlar ko’rinishida shakllanadi. «Iqtisodiy entsiklopediya» («Ekonomicheskaya entsiklopediya»)da inson kapitaliga «mablag’ ajratishning alohida turi, insonning qayta ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar yig’indisi, sifatni oshirish va ishchi kuchi xizmatlarini yaxshilash», deb taʼrif beriladi, umumiy maʼlumot va maxsus xarakterdagi bilimlar, ko’nikmalar va to’plangan tajriba inson kapitali obyektining tarkibiy qismi hisoblanadi [2]. Inson kapitalini yanada tuliq taʼriflash uchun funksional yondashuv talab etiladi. Funksional aniqlashning negizi nafaqat ichki tuzilish ko’rinishlarini taʼriflaydi, balki funksional belgilanishi va pirovard maqsadli foydalanishni tavsiflaydi. Shuning uchun ham inson kapitali inson ega bo’lgan bilim, ko’nikma va qobiliyatlarning shunchaki yig’indisi emas. Chunki birinchidan, bu to’plangan bilim, malaka va qobiliyat zahirasi hisoblanadi. Ikkinchi navbatda, bu shunday zahiraki, u yoki boshqa bir muhitda inson tomonidan ijtimoiy qayta ishlashga sarflanadi va mehnat unumdorligi hamda ishlab chiqarishning o’sishiga imkon beradi. Uchinchidan, to’plangan bilim, ko’nikma va qobiliyat zahirasining maqsadga muvofiq ishlatilishi faoliyatning yuqori unumdorligida ishchi ish haqi (daromadi) ning o’sishiga olib keladi. To’rtinchidan esa daromadning oshishi insonni rag’batlantiradi va qiziqtiradi hamda yangi bilim va ko’nikmalar zahirasini to’plab, kelajakda unumli qo’llashga sabab bo’ladi. Inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligini oshirish uchun qo’llanilgan ixtiyoriy chora, yo’l va qarorlar yig’indisidir. Umumiy mezonlarni hisobga olganda, inson kapitaliga investitsiyalar, deganda quyidagi xarajatlar majmui nazarda tutiladi: sog’likni saqlash, umumiy va o’rta maxsus taʼlim, ish qiqirish bilan bog’lik xarajatlar, ishlab chiqarishga professional tayyorgarlik, migratsiya, bolalarning dunyoga kelishi va tarbiyasi, narxlar va daromadlarga oid iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan maʼlumotlar qidirish. www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 24 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Iqtisodchi olimlar inson kapitaliga investitsiyalarning uch turini ajratib ko’rsatadilar: - taʼlimga xarajatlar. U umumiy va o’rta maxsus, rasmiy va norasmiy taʼlim hamda ish joylariga ko’ra tayyorgarlikni o’z ichiga oladi; - sog’liqni saqlashga xarajatlar. U kasallik profilaktikasi, tibbiy xizmat ko’rsatish, parhez ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi, yashash sharoitini yaxshilash kabilarni o’z ichiga oladi; - harakatchanlik xarajatlari, nisbatan past unumdor joylardan ishchilarning ko’chishi bilan bog’liq xarajatlardir. Shu bilan birga, inson kapitaliga investitsiyalar moddiy va nomoddiy turlarga ham bo’lib o’rganiladi. Moddiy turga insonning jismoniy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlar (bolaning tug’ilishi va tarbiyasi uchun chiqimlar) kiradi. Nomoddiy xarajatlarga umumiy taʼlim va maxsus tayyorgarlik xarajatlari, sog’liqni saqlash va ishchi kuchini taqsimlash uchun sarflangan xarajatlarning maʼlum qismi kiradi. Sog’liqni saqlash va taʼlimga mablag’ ajratish inson kapitaliga investitsiyalarning muhim turi hisoblanadi. Umumiy va o’rta maxsus taʼlim sifatini yaxshilaydi, insonning bilimlari zahirasini va darajasini oshiradi, shu bilan birga inson kapitalining hajmi va sifatini oshiradi. Maʼlumki, XXI asr intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan asr hisoblanmoqda. Darhaqiqat, taraqqiyot yo’lidan izchil rivojlanishda hal qiluvchi muhim mezon - bu zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mutaxassislar hisoblanadi. O’zbekistonda aholi intellektual salohiyatining milliy iqtisodiyot doirasidagi ahamiyati xususida quyidagilarni taʼkidlash mumkin: - taʼlim tizimi uy xo’jaligiga taʼsir etib, undag
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda inson kapitaliga investitsiyalar jalb etishning mazmuni va ahamiyati hamda xususiyatlari mavjud ilmiy nazariyalarni tadqiq etish asosida o’rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda inson kapitaliga investitsiyalar jalb etishning mazmuni va ahamiyati hamda xususiyatlari mavjud ilmiy nazariyalarni tadqiq etish asosida o’rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inson kapitali, taʼlim sifati, taʼlim tizimi, inson kapitaliga investitsiyalar, inson salohiyati., sog’liqni saqlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025