К содержанию
РецензированоUZ2025

OʼSIMLIKLARNING VEGETATIV KOʻPAYISH USULLARI

Ergasheva Maftuna Shavkatbek qizi

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Vegetative propagation is the process of plant reproduction using vegetative organs (roots, stems, leaves, and cells) without the use of seeds. This method can be carried out naturally and artificially, and is important in agriculture, horticulture, and breeding. Vegetative propagation methods of plants are of great biological and agricultural importance. Propagation by seeds sometimes takes a long time, so vegetative propagation is considered important for maintaining high yields and quality. Ключевые слова:вегетативное размножение, побеги, клубеньки, сельское хозяйство, стебель, корень, садоводство Keywords:vegetative propagation, shoots, nodules, agriculture, stem, root, horticulture Vegetativ ko’payishning umumiy tasnifi. Vegetativ koʻpayish - vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo boʻlishi; koʻp hujayralilar uchun xos. Vegetativ koʻpayishda ham bir hujayralilarning jinsiy koʻpayishi singari klonlar — genetik jihatdan bir xiddagi individlar guruhi vujudga keladi. Oʻsimliklarda V. k.tallom ixtisoslashmagan qismining ajralishi (koʻpchilik www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 55 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi suv oʻtlari va yuksak zamburugʻlar) yoki tallomdan ixtisoslashgan qismlar ajralishi (harasimon suv oʻtlarida tuganaklar, sfatsellyariya suv oʻtida bachki kurtaklar, lishayniklarda sorediyalar va izidiyalar, zamburugʻlarda sporalar) orqali koʻpayishdir. Yuksak oʻsimliklarda V. k. regeneratsiya qobiliyatidan, moxsimonlarda esa ona organizmning bir necha boʻlakka boʻlinishidan iborat. Plaunlar, ochiq urugʻli yoki gulli oʻsimliklarda V. k. yer ustki oʻrmalovchi yoki yotib oʻsuvchi poya qismining bir boʻlagi hisobiga amalga oshadi. Ixtisoslashgan V. k. rivojlanayottan yosh organizmlar va ularning boshlangʻichi (tushib ketadigan kurtaklar, barg yoki ildizdagi qoʻshimcha kurtaklar), novdadan hosil boʻladigan ixtisoslashgan qismlar (tuganak, piyozboshi, bachki ildizlar) orqali sodir boʻladi. V. k. har yili yoki ikki yilda bir marta, koʻp yillik oʻsimliklarda esa bir necha yilda bir marta roʻy beradi. V. k. vegetativ organ hujayralarining koʻpayib ketishi va paydo boʻladigan yangi individlarning yangi maydonni egallashidan iborat. V. k. xiliga qarab hosil boʻladigan har xil tipdagi klonlardan oʻsimliklar seleksiyasida foydalaniladi. Tabiiy vegetativ ko‘payish o‘simliklarning urug‘ hosil qilmasdan, o‘zining vegetativ organlari yordamida ko‘payish jarayonidir. Bu jarayon o‘simliklarda regeneratsiya va yangi organlar hosil qilish xususiyatiga asoslangan bo‘lib, ko‘p yillik o‘simliklarda keng tarqalgan. Bunday ko‘payish usuli o‘simliklarning tez tarqalishiga va muhitga moslashishiga yordam beradi. Sun’iy vegetativ ko‘payish inson tomonidan maxsus usullar yordamida amalga oshiriladigan jarayondir. Bu usul o‘simliklarning tez va sifatli ko‘payishini ta’minlash, genetik xususiyatlarini saqlash hamda hosildor navlarni ko‘paytirish maqsadida qo‘llaniladi. Asosan qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va seleksiya sohalarida keng qo‘llanib, noyob va qimmatbaho navlarni ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Ko‘pgina o‘simliklar poya yoki ildiz so‘qmoqlari orqali oson ko‘payadi. Masalan, uzum, anjir va olma kabi daraxtlar poya so‘qmoqlari orqali ko‘paytiriladi. Ayrim o‘simliklar esa ildiz bo‘laklari yordamida yangi o‘simlik hosil qiladi. Bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladigan usullardan biri payvandlash bo‘lib, bunda bir o‘simlikning kurtak yoki novdasi boshqa o‘simlik ildiziga joylashtiriladi. www.tadqiqotlar.uz 20-to’plam 1-son Iyun 2025 56 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Bu usul ko‘pincha mevali daraxtlar, jumladan, olma, nok va gilosni ko‘paytirishda ishlatiladi.Gullarning ayrim turlari barg orqali ham ko‘paytirilishi mumkin. Masalan, begoniyaning barg qirqimlari nam muhitda ildiz chiqarib, yangi o‘simlik hosil qiladi. Zamonaviy biotexnologiyada esa mikroklonal ko‘paytirish usuli keng qo‘llanilib, bu usulda maxsus sharoitda o‘simlik hujayralaridan yangi individlar yetishtiriladi.Sun’iy vegetativ ko‘payishning asosiy afzalliklari tezkorligi va genetik jihatdan aniq natija berishidadir. Bu usullar orqali sifatli va hosildor navlarni ko‘paytirish, o‘simlik kasalliklariga chidamli turlarni yaratish hamda noyob o‘simliklarni saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun ham sun’iy vegetativ ko‘paytirish seleksiya va qishloq xo‘jaligida juda muhim ahamiyatga ega.Vegetativ ko‘payish qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning bir qancha afzalliklari mavjud. Eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, bu usul yordamida ona o‘simlikning eng yaxshi xususiyatlari saqlanib qoladi. Ya’ni, vegetativ yo‘l bilan ko‘paygan yangi o‘simlik ona o‘simlik bilan bir xil bo‘ladi, bu esa sifat va hosildorlikni kafolatlaydi. Bu usul urug‘ bilan ko‘payishdan ko‘ra tezroq natija beradi. Masalan, urug‘dan ekilgan mevali daraxtlar hosil berishi uchun bir necha yil kerak bo‘lsa, payvandlangan yoki qalamcha bilan ekilgan daraxtlar ancha tez hosilga kiradi. Shuningdek,

Доказательный фрагмент

«Vegetative propagation is the process of plant reproduction using vegetative organs (roots, stems, leaves, and cells) without the use of seeds.»

Образец извлечения

Демо-превью

Vegetative propagation is the process of plant reproduction using vegetative organs (roots, stems, leaves, and cells) without the use of seeds. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vegetative propagation, shoots, nodules, agriculture, stem, root, садоводство, вегетативное размножение, стебель, сельское хозяйство, побеги, корень, клубеньки
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники