Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY ZIDDIYATLARDA IJTIMOIY TARMOQNING TA’SIRI VA YONDASHUVLAR TAHLILI
VA YONDASHUVLAR TAHLILI · Tavakkaljonova Ruqiya Ayyub qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda oilaviy ziddiyatlarning shakllanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ularga turlicha yondashuvlar tahlil qilinadi. Internet va ijtimoiy media platformalari orqali axborot almashinuvining kuchayishi, insonlar o‘rtasidagi muloqot va ishonch munosabatlariga qanday ta’sir qilayotgani o‘rganiladi. Ayniqsa, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi aloqa, shuningdek, oilaviy qadriyatlar va shaxsiy hayot daxlsizligiga ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy ta’siri misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Maqolada shuningdek, muammoni yumshatish bo‘yicha psixologik, ijtimoiy va axborot madaniyati asosidagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoq, oilaviy ziddiyat, muloqot, ishonch, psixologik yondashuv, axborot madaniyati, ijtimoiy ta’sir, zamonaviy oila. Annotation: This article examines the role of social networks in the emergence of family conflicts in modern society and analyzes various approaches to the issue. It explores how the intensification of information exchange through the internet and social media platforms affects communication and trust between individuals. Particular attention is given to relationships between spouses, parents and children, as well as the positive and negative impacts of social networks on family values and the privacy of personal life. The article also analyzes psychological, social, and information culture-based approaches to mitigating this problem. Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 114 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Key words: Social networks, family conflicts, communication, trust, psychological approach, information culture, social influence, modern family. Аннoтация: В данной статье рассматривается роль социальных сетей в формировании семейных конфликтов в современном обществе и анализируются различные подходы к данной проблеме. Изучается, как усиление информационного обмена через интернет и социальные медиа-платформы влияет на коммуникацию и доверительные отношения между людьми. Особое внимание уделяется взаимоотношениям между супругами, родителями и детьми, а также влиянию социальных сетей — как положительному, так и отрицательному — на семейные ценности и неприкосновенность личной жизни. Также в статье анализируются психологические, социальные и культурно-информационные подходы к смягчению данной проблемы. Ключевые слова: Социальные сети, семейные конфликты, коммуникация, доверие, психологический подход, информационная культура, социальное влияние, современная семья. Kirish. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi, xususan, internet va ijtimoiy tarmoqlarning kundalik hayotimizga chuqur kirib kelishi insonlararo munosabatlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalarining ushbu rivoji, bir tomondan, insonlar orasidagi muloqotni osonlashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli salbiy oqibatlarga, xususan, oilaviy munosabatlarda ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri yoki ortiqcha foydalanish, shaxsiy hayotning ommaga oshkor etilishi, begona shaxslar bilan haddan ziyod aloqa o‘rnatilishi, oilaviy ishonch va sadoqat kabi qadriyatlarning zaiflashishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda Facebook, Instagram, Telegram, TikTok, X (sobiq Twitter) kabi ijtimoiy platformalar orqali odamlar o‘z fikrlarini, hayot tarzini, hissiyotlarini erkin ifoda etadilar. Ammo bu erkinlik ba’zan oilaviy chegaralarning buzilishiga, shaxsiy hayot daxlsizligining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, er-xotin o‘rtasidagi ishonch, tushunish va mehr kabi hissiy jihatlar, ijtimoiy tarmoqlarda Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 115 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boshqa insonlar bilan virtual aloqalar fonida sinovga olinadi. Shuningdek, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi muloqotga ijtimoiy tarmoqlar bevosita ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘zaro tushunishini susaytiradi yoki muammolarni chuqurlashtiradi. Mazkur mavzuni o‘rganish bugungi kunda nihoyatda dolzarb bo‘lib, nafaqat oilaviy psixologiya va sotsiologiya, balki axborot madaniyati, ommaviy kommunikatsiya, hatto yuridik jihatdan ham tahlil etilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarning oilaviy hayotga ta’sirini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarga to‘g‘ri yondashuvlarni aniqlash, va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish bugungi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim vazifalardan biridir. Asosiy qism. So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizda tutgan o‘rni sezilarli darajada ortdi. Ular nafaqat axborot olish vositasi, balki muloqot qilish, shaxsiy fikr bildirish, do‘stlar va tanishlar bilan aloqa o‘rnatish imkonini beradigan platformalarga aylangan. Biroq bu qulayliklar ba’zi hollarda oilaviy ziddiyatlarning asosiy sabablaridan biriga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardan haddan ortiq foydalanish, oila a’zolari orasidagi bevosita muloqotning kamayishiga olib keladi. Er-xotin yoki ota-onalar va farzandlar birga yashagan holda, bir-biri bilan yuzma-yuz muloqot o‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda oilaviy ziddiyatlarning shakllanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ularga turlicha yondashuvlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy jamiyatda oilaviy ziddiyatlarning shakllanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ularga turlicha yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Social networks, family conflicts, communication, trust, ishonch, zamonaviy oila., muloqot, axborot madaniyati, ijtimoiy ta’sir, : Ijtimoiy tarmoq, oilaviy ziddiyat, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025