Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARJIMADA MILLIY MINTALITETGA XOS AN’ANALARINING IFODA ETILISHIDA TARJIMONNING MAHORATI (IBROHIM G’OFUROV TARJIMALARI MISOLIDA)
G’OFUROV TARJIMALARI MISOLIDA) · Arabova Gulsanam Saburovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article is an analytical analysis of the issue of national mentality in the translation of the famous literary critic and translator Ibrahim Gafurov, which has a national coloristic approach in the translation work. It studies how the translator harmonized the national spirit, folk worldview, people's language and cultural thinking in adapting the works of authors such as Shakespeare, Danny, Tolstoy, Hemingway to the Uzbek language. In Gafurov's works, the main emphasis is on translation, such as national language expression, the formation of a system of images, and the preservation of mental images. Key words: Ibrahim Gafurov, the art of translation, national mentality, color, cultural adaptation, translation theory, artistic thinking, Uzbek expression, folk spirit, Western literature. Tarjimashunoslik eng avvalo millatlararo madaniy aloqalarni rivojlantirishda, turli xalqlarning adabiy merosini o‘zaro boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir tarjimon o‘zining badiiy didi, madaniy konteksti va til bilimlari asosida asarni yangi tilga ko‘chiribgina qolmay o‘z tilidagi yangi bir asarni dunyoga keltiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tarjimashunosligida katta ahamiyatga ega tarjimonlardan biri sifatida Ibrohim G‘ofurovning o‘rni alohida e’tiborga loyiqdir. U o‘zbek tarjimonligi tarixida nafaqat buyuk adabiyot namoyandalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgani, balki tarjimada milliy mentalitetni saqlab qolish, madaniy moslashuv jarayonlariga katta ahamiyat bergani bilan ajralib turadi. Tarjimashunoslik insoniyat madaniy taraqqiyotining ajralmas bir qismi bo‘lib, xalqaro muloqot, ilm-fan, san’at, madaniyat va adabiyot almashinuvi jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, adabiy tarjima orqali bir xalqning badiiy tafakkuri boshqa bir millatga yetkaziladi. Shu ma’noda tarjimonlar nafaqat til ko‘prigi, balki madaniyatlar, urf-odatlar, tafakkur tizimlari orasidagi bog‘lovchi kuch vazifasini bajaradilar. O‘zbek adabiyoti tarixida tarjimonlik an’analari qadimdan mavjud bo‘lib, XX asr va undan keyingi davrlarda bu an’ana yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, istiqlol davrida tarjimonlik faoliyati adabiyot taraqqiyoti bilan Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 178 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uzviy bog‘lanib, o‘zbek kitobxonini jahon badiiy tafakkurining eng nodir namunalaridan bahramand qilishda muhim vositaga aylangani sir emas. Ibrohim G‘ofurov – o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi sohasidagi yirik arbob bo‘lishi bilan birga, iste’dodli tarjimon sifatida ham o‘z izini qoldirgan ijodkordir. U tarjima sohasidagi sermahsul mehnati, poetik asarlarni jonli, ohangdor va milliy ruhda o‘zbek tiliga ko‘chira olganligi bilan ajralib turadi. G‘ofurov tarjimalarida nafaqat muallif uslubini saqlab qolish, balki asarning ichki falsafasini, ruhiy holatini, estetik ohangini milliy tafakkur mezonlariga mos holda ifodalashga intilish ustuvor o‘rin tutadi. Uning tarjima faoliyati tarjimonlik maktabi, ya’ni adabiy merosni o‘zbek tiliga badiiy jihatdan chuqur va mukammal ko‘chirishda bir ibrat maktabi sifatida qaraladi. U tarjima qilgan asarlar orasida jahon adabiyotining buyuk durdonalari Dante Aligyerining “Ilohiy komediya”si, Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Qimorboz”, Mopassanning “Azizim”, Chingiz Aytmatov, Jeyms Joys, Pushkin, Lermontov, Tyutchev, Rilke, Shiller kabi mumtoz shoirlarning she’riy merosi, xalqaro adabiyotda yuksak baholangan doston va poemalar alohida o‘rin tutadi. Mutarjim bu asarlarni o‘zbek o‘quvchisi ruhiyatiga mos, milliy ohangda qayta yaratishga harakat qilgan. Shu bois uning tarjimalari o‘zbek adabiy tilining boyligini, badiiy ifoda imkoniyatlarini namoyish etuvchi yorqin namunalar sifatida qaraladi. Ibrohim G‘ofurov o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi sifatida adabiy tanqid, nasr, publitsistika, tarjimonlik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritgan ijodkordir. Aynan tarjimonlik faoliyati esa uning ijodiy portretida muhim va o‘ziga xos o‘rin egallashi yuqoridagi buyuk asarlarning muvaffaqqiyatli tarjimasidir. U tarjimon sifatida, eng avvalo, adabiyotga fidoyilik, tarjimada mas’uliyat va badiiylikni ustuvor deb bildi. Tarjimani shunchaki tilshunoslik faoliyati emas, balki ijodiy jarayon – ruhiy va estetik uyg‘unlikni ta’minlovchi badiiy mehnat sifatida ko‘rdi. Shuning uchun ham uning tarjimalari hayotiy, ohangdor va adabiy mazmun bilan to‘yingan. U tarjima jarayonida muallif uslubini qayta yaratish, ruhiy holatlarni milliy obrazlar bilan uyg‘unlashtirish, har bir so‘z, ibora va gap qurilishida san’atkorona yondashuvga e’tibor qaratgan. Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 179 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ibrohim G‘ofurov tarjimonlik faoliyatini XX asrning 60-yillarida boshlab, keyinchalik bu sohada yirik nomlardan biriga aylandi. U tarjima qilgan asarlar turli janrlarda – she’riyat, nasr, drama, esse, aforizmlar shaklida bo‘lib, bu janrlar doirasida G‘ofurov o‘z tarjimonlik maktabini yaratdi. Tarjimada adib uslubi o‘ziga xos. U nafaqat so‘zlar, bal
Доказательный фрагмент
«This article is an analytical analysis of the issue of national mentality in the translation of the famous literary critic and translator Ibrahim Gafurov, which has a national coloristic approach in the translation work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is an analytical analysis of the issue of national mentality in the translation of the famous literary critic and translator Ibrahim Gafurov, which has a national coloristic approach in the translation work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ibrahim Gafurov, the art of translation, national mentality, color, G‘arb adabiyoti., kolorit, Ibrohim G‘ofurov, milliy mentalitet, tarjima nazariyasi, xalq ruhiyati, madaniy moslashuv, o‘zbekona ifoda, badiiy tafakkur, tarjima san’ati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025