К содержанию
РецензированоUZ2025

DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASHDA SUD NAZORATINING TUTGAN O’RNI

Immanuil Kant aytganidek · Respublikasi Prezidenti · Shavkat Mirziyoyev

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur magistrlik dessertatsiyasi davlat boshqaruvida qonuniylik tushunchasi, qonuniylikni ta’minlash usullari, nazorat va kontrol tushunchalari, xususiyatlari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda Konstitutsiyaviy va ma’muriy sud nazoratining tutgan o’rni, bu borada xorijiy davlatlar qiyosiy tahlili, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazoratining huquqiy asoslari yoritib berilgan. Konstitutsiyaviy va ma’muriy sud ish Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 26 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yurituvini rivojlantirish bo’yicha tavsiya va takliflar berilgan. Kalit so’zlar: Qonuniylik, ko’ppartiyaviylik, huquq, Xalq qabulxonalari, jaholat, ma’rifat, vatanparvarlik, taraqqiyot strategiyasi, milliy g’urur, qadriyatlar, davlat ramzlari. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini “2017–2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning ikkinchi yo’nalishi bo’lmish “Qonuniylikni ta’minlashi va sud huquq tizimini takomillashtirish” sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlashda sud nazoratini kuchaytirish, “fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida “Sud ostonasiga qadami qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufii Immanuil Kant aytganidek, “Adolat yo‘qolgani paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsai qolmaydi”. Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim” 1 – degan fikrni ilgari surdi. Davlat boshqaruv sohasida qonuniylikni ta’minlashda sud organlari nazoratini ta’minlash borasida chuqur islohatlar o’tkazish, sudyalar mustaqilligini ta’minlash bugungi kunda muhim bo’lgan masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu bois mamlakatimizda davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazoratini tizimli o‘rganish barobarida, yuridik fan va amaliyot nuqtai nazaridan asoslantirilgan xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Davlat ushbuj funksiyani amalga oshirishi uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliyi Majlisga Murojaatnomasi, 2020 yil 24 yanvar. //url: https://prezident.uz/ Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 27 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jbirinchidan, aholiningmhuquqiyi ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish; jikkinchidan, qonunlarmijrosini ta’minlash va ularmustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; juchinchidan, fuqarolarnimkonstitutsiyaviy huquqlar va erkinliklar bilan ta’minlaydigan qonunchilikni yaratish; jto‘rtinchidan, huquqni muhofazamqilish organlari tizimini shakllantirish; jbeshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotnimmustahkamlash. Qonun va qonunosti hujjatlariga toʻla rioya etishni taʼminlovchi vosita va sharoitlar qonuniylikning kafolatlari hisoblanadi. Bunday kafolatlarning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy,gmaxsus yuridik jihatlari bor. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi,mturli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar qonuniylikning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati boʻladi. Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qo’llaniladigan bir necha usullar mavjud. Shu jumladan, bu borada mamlakatimizda qonuniylikni ta’minlashda davlat boshqaruv organlari huquqiy asoslarini yaratish va yaratilganlarini qayta ko’rib chiqish masalasi qo’yilmoqda. Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda Prezidentlik instituti ham muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir deb belgilab qo’yilgan. Bu borada Prezident virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugungi kunga kelib Prezident virtual qabulxonasiga 4 million 988 960 ta murojat kelib tushgan va shulardan 4 million 882 125 tasi ko’rib chiqilgan 2. Davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylikni ta’minlashda sud organlari ham alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham so’ngi yillarda sud tizimida ham keng islohatlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi 2 https://pm.gov.uz/oz#/(murojat etilgan sana: 15.04.2021). Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 28 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirl

Доказательный фрагмент

«Mazkur magistrlik dessertatsiyasi davlat boshqaruvida qonuniylik tushunchasi, qonuniylikni ta’minlash usullari, nazorat va kontrol tushunchalari, xususiyatlari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazora…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur magistrlik dessertatsiyasi davlat boshqaruvida qonuniylik tushunchasi, qonuniylikni ta’minlash usullari, nazorat va kontrol tushunchalari, xususiyatlari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazora… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, ko’ppartiyaviylik, Xalq qabulxonalari, milliy g’urur, davlat ramzlari., qadriyatlar, vatanparvarlik, jaholat, taraqqiyot strategiyasi, ma’rifat, Qonuniylik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники