К содержанию
РецензированоRU2025

XOLID HUSAYNIYNING “MING QUYOSH SHULASI” ASARI TAHLILI

Ergasheva Munisa · Ergasheva Munisa · ЭРГАШЕВА МУНИСА (1st year student of Andijan University of Economics and Pedagogy)

Современное образование и развитие · 35 · 75–89 · 2025

Аннотация

В данной статье представлен глубокий литературный анализ романа Халеда Хоссейни Тысяча сияющих солнц. В центре внимания — судьбы афганских женщин на фоне войны, политических конфликтов и патриархального угнетения. Через образы Мариам и Лайлы раскрываются темы жертвенности, любви, сопротивления и человеческого достоинства. В статье рассматриваются сюжет, художественные особенности, характеры героев и исторический контекст произведения, подчеркивая его литературную и социальную значимость. Работа предназначена для студентов, литературоведов и читателей, интересующихся современной мировой литературой и гендерными исследованиями. Ключевые слова: Халед Хоссейни, Тысяча сияющих солнц, афганская литература, судьба женщин, военная литература, патриархальное общество, анализ персонажей, современная проза, жертвенность, женская стойкость. Kirish. Zamonaviy adabiyotda inson taqdirini urushlar, siyosiy to‘qnashuvlar va ijtimoiy notinchliklar fonida ochib berish orqali chuqur mazmun berish ko‘plab yozuvchilar ijodining bosh mezoniga aylangan. Afg‘onistonlik-amerikalik yozuvchi Xolid Husayniy ham o‘zining “Ming quyosh shulasi” (A Thousand Splendid Suns, 2007) nomli romanida aynan shunday yondashuvdan foydalangan. Ushbu asar Afg‘oniston tarixidagi fojeali davrlarni, urushlar va siyosiy notinchliklarning oddiy insonlar, ayniqsa ayollar hayotiga qanday ta’sir qilganini chuqur tahlil etadi. Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 373 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu asarda insoniylik, mehr, jasorat, erk uchun kurash kabi abadiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, asardagi ikki bosh qahramon — Mariyam va Layloning fojiali, ammo shonli taqdirlari roman g‘oyasining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Maqola davomida romanning syujeti, obrazlar tizimi, asosiy g‘oyalari, badiiy xususiyatlari va tarixiy konteksti chuqur tahlil qilinadi. Asarning mazmuni va syujeti: ikki ayol, bir taqdir Roman ikki qismdan iborat: birinchi qismda Mariyam, ikkinchi qismda Layloning taqdiri yoritiladi. Asarda syujet to‘qnashuvi Mariyam va Layloning taqdiriy kesishmasi orqali yuzaga chiqadi. Ularning har biri o‘z sharoitida o‘sib- ulg‘ayadi. Mariyam — harom farzand, jamiyatda inkor qilingan shaxs, Laylo esa zamonaviylik va ta’limni qadrlovchi oilada voyaga yetgan. Ammo Afg‘onistondagi urush va to‘qnashuvlar natijasida ularning hayot yo‘llari kesishadi — har ikkalasi bir erkakka turmushga chiqadi. Bu yerda yozuvchi ayollar hayotining umumiyligini ko‘rsatadi: sinfiy farqlarga qaramay, patriarxal jamiyatda har bir ayol jabrdiydadir. Mariyam — hayoti davomida muhabbat va e’tirof izlagan ayol. Laylo esa mehr bilan ulg‘aygan, ammo hayot uni sabrga va kurashga chorlaydi. Bu ikki ayol o‘rtasidagi munosabat esa avval raqobatdan, keyin esa onalik va singillik mehriga aylanadi. Obrazlar tahlili: mehr va jasorat timsollari Mariyam — fidoyilik va sabr timsoli. Mariyam jamiyat tomonidan rad etilgan, otasi tomonidan tan olinmagan, onasi tomonidan kamsitilgan qizdir. Uning butun hayoti davomida izlagani — muhabbat va qadrlanishdir. U hayotida biror marta ham shodlikni to‘liq his qilmagan. Biroq Layloni va uning farzandlarini asrash orqali o‘zini inson sifatida kashf qiladi. Bu — Mariyamning insoniy kamolotga yetganining dalilidir. Laylo — o‘zgaruvchan jamiyatda o‘zligini saqlab qolgan ayol Laylo — Afg‘oniston ayollarining yangi avlodi timsoli. U zamonaviy fikrlaydi, ta’limli, orzulari bor. Urush uning orzularini vayron qilsa-da , u ruhan sindirilmaydi. Farzandlari uchun kurashadi, jamiyatdagi zulmga qarshi ichki Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 374 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT norozilik bilan yashaydi. Tolibon davridagi qattiq tartiblar uning hayotini doimiy nazorat ostida tutadi, ammo u o‘z shaxsiyatini saqlab qolishga harakat qiladi. Rashid — erkak hukmronlik va zo‘ravonlikning timsoli Rashid — o‘ziga to‘q, ammo aqliy jihatdan zaiflashgan, qadriyatlarni tushunmaydigan erkak. U Mariyam va Layloni faqat o‘z ehtiyojini qondirish vositasi deb biladi. Rashid orqali muallif Afg‘oniston jamiyatidagi erkak hukmronlik va zo‘ravonlik madaniyatini fosh qiladi. Ayniqsa, ayollarga bo‘lgan munosabatda u faqat kuch orqali muloqot qiladi Asardagi asosiy g‘oyalar va tematik qatlamlar Roman butunlay ayollarning qahramonligi va kurashi haqida. Afg‘on jamiyatida ayollar taqdiriga chizilgan cheklovlar, diniy va madaniy parda ortida yashiringan erkak hukmronlik — asarning bosh mavzusi. Mariyam va Laylo bu z ulmga qarshi turishadi. Ular kurashadi — so‘z bilan emas, balki yashab, sabr qilib, mehr berib. Roman Afg‘oniston tarixining Sovet istilosi, fuqarolar urushi, Tolibon hokimiyati, AQSH bosqini kabi davrlarini qamrab oladi. Bu tarixiy fon voqealarga kontekst beradi, ammo asarning markazida doimo odamlar - ularning ruhiy holati, ichki iztiroblari turadi. Mariyam Layloning hayotini asrash uchun o‘z hayotini qurbon qiladi. Bu fidoiylik — insoniy buyuklikning namunasi. Layloning kelajakda ta’lim sohasida ishlashi — umid timsolidir. Asar yakunida Layloning Kobulga qaytishi —

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлен глубокий литературный анализ романа Халеда Хоссейни Тысяча сияющих солнц.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлен глубокий литературный анализ романа Халеда Хоссейни Тысяча сияющих солнц. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khaled Hosseini, A Thousand Splendid Suns, Afghan literature, Xolid Husayniy, patriarxal jamiyat, Afg‘o n adabiyoti, Ming quyosh shulasi, badiiy roman, urush adabiyoti, obrazlar tahlili, ayollar taqdiri, mehr va fidoiylik., jasorat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники