К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXSIY MA’LUMOTLAR HIMOYASI VA RAQAMLI MAXFIYLIK:INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN

Avazbekova Ruxshona

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

The main discussions on this topic include issues such as the protection of personal data and the nature of digital privacy, their relationship to human rights, the history of origin, the degree of regulation through international law, norms in national legislation and gaps in them. This article examines the theoretical foundations of personal data protection and digital privacy, the international and national legal framework, as well as an analysis of current human rights issues facing society. Keywords: digital privacy, personal data, human rights, privacy. Shaxsiy ma’lumotlar- bu muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi deganda shaxsga tegishli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash,qayta ishlash va tarqatish jarayonlarini nazorat qilish huquqi tushuniladi. Bu huquq nafaqat shaxsiy ma’lumotlarning uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish,balki o’z ma’lumotlarini boshqarish imkoniyatini ham o’z ichiga oladi. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi tushunchasi zamonaviy ko’rinishda XX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlagan bo’lsa-da, uning ildizlari ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasida maxfiylik huquqi g’oyasi birinchi paydo bo’lgan tushuncha hisobladi. Maxfiylik huquqi(daxlsizlik huquqi) g’oyasi ilk bor 1890-yilda amerikalik huquqshunoslar Samuel Uorren va Luis Brendays tomonidan “The Rights to Privacy”( Maxfiylik huquqi) nomli maqolada ilgari surilgan edi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan maxfiylik huquqi(daxlsizlik huquqi) yangi ma’no kasb etdi. Alan Vestin o’zining 1967- yilda chop etilgan “Privacy and freedom” kitobida daxlsizlikni to’rt asosiy turga ajratadi,bular 14 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 4, Series B 2025 1. Shaxsiy daxlsizlik-ijtimoiy va psixologik daxlsizlik 2. Ijtimoiy daxlsizlik- ijtimoiy munosabatlarda chegaralar qo’yish 3. Ma’lumotlar maxfiyligi-shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish va boshqarish daxlsizligi 4. Kommunikatsiya maxfiyligi - aloqa vositalaridagi xabarlar maxfiyligi Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va maxfiylik huquqi kabi tushunchalaring keng ommalashishining sababi bu tahdidlarnining ko’payganligi hisoblanadi. Bu tahdidlarning asosiy turlari quyidagilar: ⚫ Kiberjinoyatchilik. Ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirish, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash va firibgarlik holatlari raqamli dunyodagi asosiy xavflardan. ⚫ Ma’lumotlarni tijoratlashtirish. Ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari va boshqa raqamli platformalar foydalanuvchilar ma’lumotlarini reklama va marketing maqsadlarida yig’adi va qayta ishlaydi. Foydalanuvchilar ushbu jarayonning to’liq ishtirokchisi bo’lmaydilar. ⚫ Phishing. Elektron pochta hujumlarining eng keng tarqalgan usuli. Statistik ma’lumotlarga ko’ra: har soatda o’rtacha 97 nafar shaxs kiberjinoyat qurboni bo’ladi, 2023-yilda har soniyada ikkita internet foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan, elektron pochta tahdidlarining 39.6 foizi aynan shu usul orqali amalga oshiriladi Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va fundamental inson huquqlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Fundamental inson huquqlari sifatida shaxsiy huquqlar,ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlar nazarda tutiladi. Bulardan eng 15 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 4, Series B 2025 asosiysi esa shaxsiy huquqlardir. Raqamli maxfiylk quyidagi huquqlar bilan bevosita bog’liq: • Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi; • Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; • Shaxsiy hayotning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqi; • So’z va fikr erkinligi; Inson qadr-qimmati barcha inson huquqlarining asosiy tamal toshi hisoblanadi. Nemis faylasufi Immanuel Kant aytganidek, “ har bir inson o’zi uchun maqsad bo’lib, hech qachon faqat vosita sifatida qaralmasligi kerak”. Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi esa insonlarni faqat ma’lumotlar obyekti sifatida foydalanishdan saqlaydi. Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi o’zining 2008-yilgi “S. and Marper v. United Kingdom” ishida qabul qilgan qarorida maxfiylik huquqini inson qadr- qimmati bilan bog’lab “shaxsiy ma’lumotlar himoyasi inson qadr-qimmatini ta’minlash uchun muhim” ekanligini ta’kidlagan. Shuningdek raqamli huquqlar harakati faollari maxfiylik va ma’lumotlar himoyasini “raqamli davr uchun yangi inson huquqlari” sifatida e’tirof etishadi. Bunga quyidagilar kiradi: ⚫ O’z ma’lumotlariga egalik qilish huquqi ⚫ Ma’lumotlar portabilligiga ega bo’lish huquqi ⚫ Unutilish huquqi ⚫ Raqamli identifikatsiyani boshqarish huquqi Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi to’g’risida xalqaro huquqiy hujjatlar, shuningdek har bir mintaqaning,mamlakatning normativ-huquqiy hujjatlari, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy asosi mavjud. Xalqaro huquqning asosiy

Доказательный фрагмент

«The main discussions on this topic include issues such as the protection of personal data and the nature of digital privacy, their relationship to human rights, the history of origin, the degree of regulation through…»

Образец извлечения

Демо-превью

The main discussions on this topic include issues such as the protection of personal data and the nature of digital privacy, their relationship to human rights, the history of origin, the degree of regulation through… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital privacy, personal data, human rights, privacy, inson huquqlari, shaxsiy ma’lumotlar, shaxsiy daxlsizlik., raqamli maxfiylik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники