Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUYAK TO‘QIMALARINING MINERALLASHUVI, TARTIBGA SOLINISHI, BUZILISHLARI, REGENERATSIYASI, TRANSPLANTATSIYASI VA O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
SUYAK TO‘QIMALARINING MINERALLASHUVI · TARTIBGA SOLINISHI · TRANSPLANTATSIYASI VA · Toshkent Davlat Tibbiyot Umiverstiteti · Stomotologiya yo’nalishi talabasi: Erkinova Mushtariybonu
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
This article provides a comprehensive overview of bone tissue structure, cell types (osteoblasts, osteocytes, osteoclasts), their functions, and the histogenesis processes of bone tissue. It discusses the composition of the organic and inorganic matrix, the molecular structure of collagen, and the development of 4 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 4, Series C 2025 bone tissue from mesenchyme. The article also highlights the biological significance of bone tissue in regeneration and mineralization processes. Kalit so‘zlar: Suyak to‘qimasi, osteoblast, osteotsit, osteoklast, gistogenez, mezenxima, kollagen, suyak matritsasi, regeneratsiya, minerallashuv, suyak hujayralari Ключевые слова: Костная ткань, остеобласт, остеоцит, остеокласт, гистогенез, мезенхима, коллаген, костный матрикс, регенерация, минерализация, костные клетки. Keywords: Bone tissue, osteoblast, osteocyte, osteoclast, histogenesis, mesenchyme, collagen, bone matrix, regeneration, mineralization, bone cells. Suyak to‘qimasi organizmning asosiy tayanch-harakat tizimining strukturaviy va funksional komponenti hisoblanadi. U organizmga mexanik barqarorlik, harakatlanish imkoniyati, ichki a'zolarni himoyalash, shuningdek, mineral moddalarning (ayniqsa, kalsiy va fosfor) zaxirasini ta’minlab beruvchi markaziy tizimdir. Suyak to‘qimasi o‘ziga xos tarzda ohaklangan hujayralararo modda va uch xil maxsus hujayra — osteoblast, osteotsit hamda osteoklastlardan tashkil topgan bo‘lib, har biri o‘ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega. Ushbu hujayralarning o‘zaro ta’siri suyak to‘qimasining shakllanishi, yangilanishi va buzilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, suyak to‘qimasi organizmning yoshga bog‘liq o‘zgarishlarida, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida va ovqatlanish rejimida sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Maqolada suyak to‘qimasining tuzilishi, hujayralari, gistogenezi va tarkibiy matritsasi to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. 5 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 4, Series C 2025 Suyak toʻqimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima boʻlib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexnik vazifalariga koʻra boshqa biriktiruvchi toʻqimalardan farq qiladi, yaʼni umurtqali hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakillantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga koʻndalang yoʻlli birikgan boʻladi). Kimyoviy-biologik jihatdan esa suyak toʻqimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini taʼminlab turadi. Uning hujayralararo moddalari tarkibida koʻp miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzi 97 % suyak toʻqimada uchraydi. Tirik organizmning suyak toʻqimasida mineral elementlarning miqdori doim oʻzgarib turadi. Bunday oʻzgarishlarga, odatda, birinchidan, organizm yoshining ulgʻayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekretsiya bezlarining unga koʻrsatadigan taʼsiri sabab boʻladi. Suyak toʻqimasi ham boshqa biriktiruvchi toʻqimalarga oʻxshab, asosan, suyak hujayralaridan va hujayralararo moddalardan tarkib topgan. Suyak toʻqimasining hujayralari Suyak toʻqimasi hujayralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik tuzilishiga koʻra uch guruhga boʻlinadi: osteoblast, ostiotsit va ostioklast hujayralar. 1. Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil qiluvchi hujayra boʻlib, suyak toʻqimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. Ostioblast hujayralar tabaqalangan suyak toʻqimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida koʻp uchraydi. Barcha skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak usti pardasi tarkibida doimo boʻladi. Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmaning psrefirek qismida yumaloq yoki ovalsimon yadrosi boʻladi. Har bir hujayra yadrosida bitta yoki bir nechta yadrocha boʻladi. Elektron mikroskopda koʻrilganda tarkibidagi organoidlardan 6 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 4, Series C 2025 mitoxondriy endoplazmatik to’r va Golji kompleksi yaxshi koʻrinib turadi. Bundan tashqari sitoplazma qismida koʻplab RNK va yuqori aktivlikka ega boʻlgan ishqoriy fosfataza uchraydi. Bular toʻqimada mineral tuzlar almashinuvida ishtirok etadi. Organizmning embryonal rivojlanish davrida osteoblast hujayralar mezenxima hujayralaridan hosil boʻlib, soʻng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtirok etadi. Shu bilan birga, toʻqimada sodir boʻladigan fiziologik va reforativ regeneratsiya jarayonlarini ham taʼminlaydi. 2. Ostiotsitlar yetilgan, yuqori darajada tabaqalangan, suyak toʻqimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir. Atrofi hujayralararo modda bilan oʻralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada hosil boʻlgan boʻshli
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive overview of bone tissue structure, cell types (osteoblasts, osteocytes, osteoclasts), their functions, and the histogenesis processes of bone tissue.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive overview of bone tissue structure, cell types (osteoblasts, osteocytes, osteoclasts), their functions, and the histogenesis processes of bone tissue. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bone tissue, osteoblast, osteocyte, osteoclast, histogenesis, gistogenez, osteoklast, Suyak to‘qimasi, minerallashuv, suyak hujayralari, osteotsit, mezenxima, kollagen, regeneratsiya, suyak matritsasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025