К содержанию
РецензированоUZ2025

TOG‘AY MUROD QISSALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING POETIK IFODASI

Series А · QO‘SHIQLARINING POETIK IFODASI · Sharipova Ma’mura Sharif qizi · ToshDOʻTAU Adabiyotshunoslik: · Ilmiy rahbar: F.f.d. · Umida Rasulova

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025

Аннотация

In this article, the meaning of folk songs contained in three stories of Grandfather Murad: "People walking on the moon", "Stars burn forever" and "The evening of a neighing horse" is explained. The role of folk songs in figurative expression of the hero‘s psyche is determined. It was explained in what situation and in which places it was presented. What are the tasks of using songs, its poetic nature has been revealed. Also, the types of songs were given, and it was found that songs related to work are used more in the work. Keywords: Ltype, song, labor songs, artistic goal, poetic expression. Lirik turning eng faol, ommabop turlaridan biri bu qo‘shiq hisoblanadi. Qo‘shiq atamasi ilk bor Mahmud Qo‘shg‘ariyning “Devoni lug‘oti turk” asarida keltiriladi.1 Lirik asarlarda inson hayoti, uning turmush lahzalari inson ko‘nglidan kechirayotgan tuyg‘ularnni kuylaydi. Qo‘shiqlar folklorda odatda xalq marosimlari, urf- odatlatlarini o‘zida namoyon etadi. Qo‘shiqlarning esa bir necha turlari mavud:2 1. Mehnat qo‘shiqlari; 2. Tarixiy qo‘shiqlar; 3. Termalar; 4. Bolalar qo‘shiqlari; 5. Lirik qo‘shiqlar. Mehnat qo‘shiqlari xalq she’riyatining eng avvalgi turlaridan biri bo‘lib, ularning yaratilishi va ijro etilishi kishilarning mehnat jarayoni bilan bog‘liqdir. 1 Mahmud Ko’shg’ariy. (1960) “Devoni lug’oti turk”. (203-bet). O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi. 2 Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020). O‘zbek folklori, (205-219-bet). “Tafakkur- bo‘stoni” . 84 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 Dehqonlar, hunarmandlar ishlab turib qo‘shiq aytganlar. Qo‘shiq ularning mehnatlarini yengillatgan, ayrim so‘zlari, undov nidolari ko‘pchilikni baravar harakat qilishini uyushtirgan. Shu sababdan qo‘shiqdagi so‘zlar, vazn, qofiya ixcham, aniq bo‘lgan. Ayrim so‘zlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib, hayqiriq, chaqiriq, shikoyat va mamnunlikni bildiruvchi nidolar alohida ohangda aytilib turilgan. Mehnat qo‘shiqlari mazmunan dehqonchilik, bog‘ va bog‘dorchilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Mehnat turlari xilma- xil bo‘lganidek, mehnat qo‘shiqlari ham turli-tumandir. Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlarga qo‘shchi, o‘rim, xirmon, yanchish, yorg‘ichoq qo‘shiqlari kiradi. Tog‘ay Murod qissalarida folklor janrlaridan o‘rinli va unumli foydalangan. Adib asarlarining aksariyati folklor bilan chambarchars bog‘liq. Xususan, “Oydinda yurgan odamlar” qissasida Oymomo sovliq sog‘ganda qo‘shiq aytib sog‘adi: Qo‘y sog‘aman qo‘shoqda, turey-turey, Qo‘y ishqi menga yoqqan, turey-turey, Qo‘y sutini ichganlar, turey-turey, Kundan kun shifo topgan, turey-turey. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar ichida sog‘im qo‘shiqlari keng tarqalgan. Sog‘im qo‘shiqlari: sigir, qo‘y, echki, biya, tuyalarni sog‘ishda erkalash ohangida aytiladigan qo‘shiqlarni sog‘im qo‘shiqlari deyiladi.3 Sigir sog‘ish bilan bog‘liq qo‘shiqlar “xo‘sh-xo‘sh” yoki “xo‘shim” deyiladi. Qo‘ylarni sog‘ish va qo‘zilarni emdirish aytiladigan qo‘shiqlarni “turey-turey qo‘shiqlari” yoki “furr-xaypuy” deyiladi. Ularda odatdagidek sovliqqa murojaat etish asosiy o‘rin tutadi. Qo‘shiqlarni chorvadorlari hayoti qo‘ylarni bo‘rilardan omon saqlaydigan itlardan 3 Mirzayev.T, Turdimov.Sh, Jo‘rayev. M, Eshonqulov.J, Tilavov.A. (2020). O‘zbek folklori, (205-219-bet). “Tafakkur- bo‘stoni” . 85 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 tortib, kuy boquvchilarning ruhiy olami, yam-yashil dalalar tasvirigacha ona qo‘ylarni erkalash yo‘li bilan beriladi. To‘rtliklarni har bir satrida “turay-turay” yoki “turey-turey”, “pufey-pufey” so‘zlari qo‘shib aytiladi. Bu esa uni ma’lum ohangda cho‘zib aytishga imkon beradi: Tog‘larga bor, quv olma, turey-turey, Sovdi bo‘lgin, suv olma, turey-turey, Bolangning yo‘qligini. turey-turey, Ko‘nglingga og‘ir olma, turey-turey. Insonning yashashi, hayot kechirish tarzi, urf-odatlari marosimlar bilan bog‘liq tarzda qo‘shiqlarda juda ko‘p namoyon bo‘ladi. “Yulduzlar mangu yonadi” asarida esa mehnat qo‘shiqlari bir necha o‘rinlarda foydalanilgan. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidagi mazkur lavhada ham xalq qo‘shiqlari qahramon ruhiyati qay tarzda yoritishga yo‘naltirgani kuzatiladi: Esli molim, oqilim, churiya-chur-ey, Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey, Shuncha molning ichida, churiya-chur-ey, Bogʻda ochilgan gulim, churiya-chur-ey. Togʻlarda bor gulxayr, churiya-chur-ey, Oq sutingni qil xayr, churiya-chur-ey, Kelar yili tuqqaning, churiya-chur-ey, Boʻlsinda Zuhra-Tohir, churiya-chur-ey. Ushbu lirik qo‘shiqni badiiy asarda qo‘llash ,birinchidan, o‘quvchida sof qishloq hayoti manzarasini gavdalantiradi, ikkinchidan, nasriy asarda she’riy ohang jilolalari o‘ynoqi bir kayfiyat, shiddatni beradi. Misralarga nazar tashlasak, Tog‘ay 86 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1,

Доказательный фрагмент

«In this article, the meaning of folk songs contained in three stories of Grandfather Murad: "People walking on the moon", "Stars burn forever" and "The evening of a neighing horse" is explained.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the meaning of folk songs contained in three stories of Grandfather Murad: "People walking on the moon", "Stars burn forever" and "The evening of a neighing horse" is explained. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ltype, song, labor songs, artistic goal, poetic expression, qo‘shiq, badiiy maqsad, mehnat qo‘shiqlari, Lirik tur, poetik ifoda.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники