Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA METAFORANING QO’LLANISHI
Series А · Gulshanoy Abdulboriyeva
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025
Аннотация
This article examines in detail the linguistic and poetic analysis of the work of Muhammad Yusuf. Through the analysis of metaphors used in the poet's poems, their subject scale and ways of expression are revealed. The article highlights 31 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 the literary and aesthetic significance of metaphors, as well as their originality and level of imagery in poetry. The linguistic richness and poetic skill of Muhammad Yusuf, his works analyze ways to deeply understand the human psyche and gain expressive expression. However, the article also highlights how the poet's spiritual and philosophical ideas are reflected in metaphors. Kalit so‘zlar: lingvopoetik tahlil, ko‘chim, metafora, o‘xshatish, o‘xshashlik, uslub. Ключевые слова: лингвопоэтический анализ, троп, метафора, сравнение, сходство, стиль. Keywords: linguopoetic analysis, trope, metaphor, simile, similarity, style. Tilimiz o‘zining yoqimliligi, shiraliligi, estetik ta’sir doirasi, betakror ma’no jilosi, ko‘chma ma’nodagi nozik qochirimlari bilan qimmatlidir. Ana shunday go‘zal ifoda vositalaridan biri metaforalardir. “Metafora” (yunoncha metaphora- ko‘chirish) – ma’no ko‘chishining keng tarqalgan turlaridan biri, narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlikka asoslanuvchi ko‘ chim turidir1. Metafora nutqqa obrazlilik, ekpressiv bo‘yoq beradi, tilning estetik funksiyasini kengaytiradi. Xususan, Arastu o‘zining “Ritorika” asarida quyidagi fikrni ifodalaydi: “Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik, oxorlilik jozibasiga ega, undan o‘rinli foydalanish nuqtni bezaydi”2 Muhammad Yusuf she’riyati – sodda, nafis va xalqchil metaforik birliklarga boyligi bilan qimmatlidir: Kuzgi paykal – jazirama saraton. Va yelkaga botgan ming igna – oftob. 1 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug’ati. – Toshkent; 2010-yil. 2 O’ZME.Birinchi jild. – Toshkent. – 2000 yil 32 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 Do‘lda qolgan ko‘chatiga achinib, Ho‘ngir- ho‘ngir yig’lay olgan azamat, Brigadirlar ismi inqilob. Parchada jazirama saraton paytida, quyosh tig‘ida mehnat qilayotgan inson holati shoirning nozik taxayyuli orqali obrazli manzara hosil qilgan. Bu o‘rinda quyosh nurlari go‘yo ignalar kabi tasvirlanib, nurlarning insonga ta’siri esa o‘xshatish asosini tashkil qilmoqda. Ko‘rinadiki, shoir metaforalari murakkab manzarani oddiy, yusufona uslubda tasvirlay olishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, shoir she’riyatida yurak, qalb, ko‘ngil tushunchalari yetakchi mavzulardan biri bo‘lib, o‘ziga xos ifodaviylik kasb etadi: Bir kuni bexosdan uyg‘onib ketsam, Yig‘lab o‘tiribdi yuragim yum-yum. ( “Yurak”) Yuqoridagi misralarda “yig‘lamoq” holat fe’lining yurakka nisbatan qo‘llanishi metaforaga asos bo’lishi bilan birga badiiy tasvirning bo‘yoqdorligini, poetikligini yanada oshirgan. Shuningdek, shoir “yum-yum” holatga taqlidni bildiruvchi takroriy so‘zdan -foydalanish orqali tilimizning emotsional-ekspressiv ta’sir kuchini yaqqol yuzaga chiqargan. Keyingi misralarda esa shoirning oddiy so‘zlar orqali insonning murakkab va tushunarsiz tuyg‘ularini naqadar nafislik bilan tasvirlay bilish qobiliyati yaqqol seziladi. Albatta, metafora bu o‘rinda ham metafora yetakchi ifoda vositasidir: Bog‘lardagi gul, yaproq Endi menga do‘st, o‘rtoq Gulxan bo‘lib charsillab 33 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 Bag‘ri dilim yonar, voh. (“Qo‘shiq”) Mazkur parchada gulxanning yonishi va dilning “yonishi” o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik metaforaga asos bo‘lgan bo‘lsa, “charsillab” taqlid asosli yasama fe’l ma’noni noziklashtirishga xizmat qilgan. Yoki: Osmon olis, osmon jim Osmon quloq soladi. Yuragimni sog‘inchim G‘ijjak qilib chaladi. (“Yor-yor”) Bu namunada esa shoir “osmon”, “yurak”, “sog‘inch” leksemalarini jonlantirish bilan metafora hosil qiladi: sog‘inch yurakni shu darajada azoblamoqdaki, hatto uni g‘ijjak qilib chalmoqda, osmon esa undan chiqayotgan nolali, mahzun tovushlarni olislardan jimgina kuzatmoqda. Shoir ijodini, albatta, tabiat tasvirisiz tasavvur etish qiyin: Bahorda ko‘p og‘ir, Qiqirlab tursa, Tizzangga suykalib lolaqizg‘aldoq. Yalang‘och novdalar pichirlab tursa, Kuzda, sukunatga cho‘kkanda chorbog‘. (“Bahorda ko‘p og‘ir”) 34 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025 Ushbu miralardagi ikki fasl: zumrad bahor va oltin kuz tabiati tasvirlanib, shoirning teran nigohliligi, ziyrak kuzatishlari mahsulini ko‘rsatadi. Tabiatning bahoriy ko‘rinishi tizzaga “suykalib”, “qiqirlab” turgan lolaqizg‘aldoq orqali ifodalangan bo‘lsa, kuzda barglari to‘kilgan daraxt shohlarining shamolda tebranib turishi “pichirlab turmoq” ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi orqali sodda va nafis tasvirlangan. Yoki: Sarin sabo qo‘shiqlar aytar, Maysaga yonboshlab tinglar shudringl
Доказательный фрагмент
«This article examines in detail the linguistic and poetic analysis of the work of Muhammad Yusuf.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines in detail the linguistic and poetic analysis of the work of Muhammad Yusuf. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguopoetic analysis, trope, metaphor, simile, similarity, style, metafora, uslub., o‘xshashlik, o‘xshatish, ko‘chim, lingvopoetik tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024