Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SURXON VOHASI HUDUDIGA RUS BOSQINLARINING TARIXIY TAHLILI.
Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article covers the study of the past of Termiz and the historiography of scientific literature about it, which includes a number of aspects that can be a separate topic for each scientific research. Key words: Expedition, archaeological commission, historiography, front, Termiz garrison, absolute regime. Turkiston bolsheviklari mag‘lubiyatga uchragach, voqealarning borishini o‘zgartirish maqsadida hamda ushbu mintaqada o‘zining tayanchi sifatida Buxoro davlati kommunistik tashkilotlarini tuzish va mustaxkamlash yo‘lidan bordi. 1918-yil 25-sentabrda Buxoro kompartiyasi Muvaqqat Markaziy Qo‘mitasi tuzildi, shu yil 6-dekabrda uning dasturi ishlab chiqildi. Dastur amir hokimiyatini ag‘darishni o‘zining bosh vazifasi sifatida e’lon qildiki, bu markazdagi bolshevistik raxbarlar ko‘rsatmasiga muvofiq kelardi. Moskvada muxojirlikda bo‘lgan Fayzullo Xo‘jayev inqilobchi yosh Buxoroliklarning markaziy byurosini tuzdi. BKP RKP(б) dasturini to‘liq qabul qil- gan bo‘lsa, F.Xo‘jayevning 1920-yil 14-iyunida yosh buxoroliklar konferensiyasida qabul qilingan dasturi mohiyatan shariatga asoslangan bo‘lib uni “adolat sharhlovchisi va kambag‘allar ximoyachisi” deb e’lon qildi[1. 131]. Ayni mahalda 1919-yil sentabrida tuzilgan Rossiya hukumatining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi (Turkkomissiya) Buxoro amiriga qarshi aperatsiya o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda edi. Amir hukumati ham, o‘z navbatida, avj olib borayotgan voqealarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi, jumladan yosh buxoroliklar va kommunistlarga nisbatan keskin choralar ko‘rdi. Amirlik poytaxtining o‘zida 1920-yil martda 500 nafargacha odam hibsga olinib, bir qismi qatl qilindi. Bu orada Termiz uch yil tashqi olamdan ajralib qoldi, chunki Surxondaryoda 1920-yil avgustiga qadar sovet hokimiyati faqat Termiz va Pattakesadagina hukm surdi. 1 79 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1920-yil 28-avgustda Turkkomissiyaning bolshevik rahbariyati Buxoro amiriga qarshi jangovar operatsiyani boshladi. Bu vaqtga kelib bolsheviklar amirlikning ko‘plab shaharlarida drujinalar tuzishdi. Bu drujinalarda jami 5000 yaqin, shu jumladan Termizda 200 jangchi bor edi. 1920-yil 2-sentabrida amirlik poytaxti Eski Buxoro qizil armiya tomonidan butkul bosib olindi va turkkomissiya xamda Turkiston qomondonligi Buxorodagi vaziyatni qo‘lga olishdi. Bu yerdan Termiz ijroya organlariga navbatdagi ishlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborila boshlandi. 6-oktabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) e’lon qilingach, sobiq Buxoro amirligining chekka joylarida, shu jumladan Surxandaryoda ham, sovet hokimyati organlari tuzila boshladi. Termiz siyosiy ma’muriy markaz bo‘lib qoldi, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotni, uning iqtisodiyoti va madanyatining rivojlanishining idora qiladigan tashkilotlar shu yerda jamlandi[2. 24]. Biroq yangi davlat apparatini bolshevikcha hamda bolsheviklar Rossiyasi ssenariyasi bo‘yicha tuzishda asrlar davomida yuzaga kelgan mahalliy va milliy an’analar pisand qilinmadi. Surxondaryo hududida tog‘lik joylarda sovet hokimiyatiga qarshilik ko‘rsatila boshlandi, uning birinchi bosqichida maxalliy aholining ko‘pchiligi isyonchilarga hayrihohlik bildirib, qo‘llab- quvvatladi. Sovetlarga qarshi harakatni Ibrohimbek boshqardi. 1924-yil sentyabriga kelib u mayda otryadlarni birlashtirdi hamda Termizga yurishni boshladi. Ushbu guruxga qarshi kurashish uchun Drozdovskiy qo‘mondonligida maxsus brigada tuzildi. 25-sentabrda yuqori Ko‘kaydi qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda Ibrohimbek otryadlari mag‘lubiyatga uchradi, qo‘rboshi o‘zi esa Surxon daryosi bo‘ylab yuqoriga qarab chekindi va shundan keyin ochiq jangga kirishmadi. Biroq Surxondaryo hududida bolsheviklar hokimiyatiga qarshilik ko‘rsatish harakati 30- yillarning boshidagina to‘xtadi. Bu davrda Termiz shahri xo‘jalik yuritishning sotsialistik tizimi, rejali tizim hamda xalq xo‘jaligini qattiq markazlashtirilgan boshqarish negizida rivojlandi. Ilgari Shamsiddinov va Matchonboyevga qarashli bo‘lagan paxta tozalash zavodlari tiklandi. Termiz atrofida paxta maydonlari kengaytirildi. Ayni mahalda irrigatsiya tarmog‘i va agro texnika qayta qurildi. 1924-yilda Termiz-Toshkent havo yo‘li ishga tushirildi. Bir yil o‘tgach Termiz –Kobul xalqaro havo yo‘li ochildi, lekin yo‘lovchi tashish ikkinchi jahon urushi arafasidagina boshlandi. 1925-yilda 248 kilomatrli Termiz –Dushanbe temir yo‘li ishga tushirildi. Ushbu temir yo‘l bo‘ylab qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish kuchlari rivojlana boshladi. 1927-yilda Termizda elektr stansiya binosi barpo etildi hamda quvvati 450 ot kuchi bo‘lgan ikkita dizel dvigatel o‘rnatildi. Qisqa vaqt ichida go‘sht kombinati, non zavodi, qurilish ashyolari ishlab chiqaradigan korxonalar, yog‘ zavodi foydalanishga topshirildi[3. 74]. 1926-1927-yillarda Surxondaryoga Germaniyada chiqarilgan “Fordzon” markazi 13 traktorning keltirilishi hamda mintaqada sakkiztata mashina- traktor stansiyasining ochilishi ma
Доказательный фрагмент
«The article covers the study of the past of Termiz and the historiography of scientific literature about it, which includes a number of aspects that can be a separate topic for each scientific research.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article covers the study of the past of Termiz and the historiography of scientific literature about it, which includes a number of aspects that can be a separate topic for each scientific research. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Expedition, archaeological commission, historiography, front, Termiz, Ekspeditsiya, arxeologik komissiya, Termiz garnizoni, mustabid tuzum., tarixnavislik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014