К содержанию
РецензированоRU2024

MIKROBIOTA VA INSON SALOMATLIGI: ICHAK FLORASINING ROLI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Daminov Samandar Iskandar o‘g‘li · Nazarov Sirojiddin Gʻani oʻgʻli · Yoʻldoshev Azizbek Najmiddin oʻgʻli · Ibodullayeva Naxshona Nodirjon qiz · Jonqobilova Qunduz Rustam qizi

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

В данной статье рассматривается биологическое и медицинское значение микробиоты человека. Основное внимание уделяется составу кишечной микрофлоры, её влиянию на иммунитет, пищеварение, психическое здоровье, а также заболеваниям, связанным с 124 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая нарушением микробиотического баланса. Также описаны методы поддержания и восстановления микробиоты. Ключевые слова: микробиота, кишечная флора, иммунитет, пищеварение, психическое здоровье, дисбиоз, пробиотики Annotation: This article explores the biological and medical importance of human microbiota. It focuses primarily on the composition of gut microbiota, its impact on immunity, digestion, mental health, and diseases linked to microbiota imbalance. Methods for maintaining and restoring a healthy microbiota are also discussed. Keywords: Microbiota, gut flora, immunity, digestion, mental health, dysbiosis, probiotics Kirish: Inson organizmi murakkab va o‘zaro chambarchas bog‘langan tizimlardan iborat bo‘lib, uning to‘laqonli faoliyati nafaqat hujayralar va to‘qimalarning sog‘lom bo‘lishiga, balki u bilan birga yashovchi mikroorganizmlarga ham bog‘liqdir. Ushbu mikroorganizmlar majmuasi mikrobiota deb ataladi. Mikrobiota – bu inson organizmida yashovchi trillionlab mikroorganizmlar, ya’ni bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va ayrim protozoalarning muvozanatli to‘plamidir. Mikrobiota asosan teri, og‘iz bo‘shlig‘i, burun, jinsiy a’zolar va eng muhimi ichakda joylashgan bo‘ladi. Ichak mikrobiotasi inson sog‘lig‘ida hal qiluvchi rol o‘ynaydi va hozirda uni “yashirin a’zo” deb ham atashadi, chunki u ham boshqa a’zolar kabi mustaqil va faol funktsiyalarni bajaradi. Taxminlarga ko‘ra, inson ichagida 100 trilliondan ortiq mikroorganizmlar mavjud bo‘lib, ularning genetik materiali inson genomidan 150 barobar ko‘pdir. Bu mikroblar asosan ovqat hazm qilish, vitaminlar sintezi (ayniqsa K vitamini va B vitaminlari), metabolizmni tartibga solish, immunitetni shakllantirish va patogen mikroorganizmlarga qarshi himoya qilish kabi muhim biologik jarayonlarda ishtirok etadi. Shu bilan birga, ichak mikrobiotasi va markaziy asab tizimi o‘rtasida murakkab aloqa mavjud bo‘lib, u “ichak-miya o‘qi” (gut-brain axis) orqali ruhiy holat, stressga chidamlilik va hatto xotira bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga ta’sir qiladi. 125 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая Mikrobiotaning tarkibi har bir insonda individual bo‘lib, tug‘ilish jarayonidan boshlab shakllana boshlaydi. Tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan chaqaloqlar ona yo‘ldoshidan va ona tanasidan tabiiy mikroflorani qabul qiladi. Bu mikrobiologik meros bola hayotining ilk kunlaridan boshlab sog‘lom immun tizim rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Keyinchalik mikrobiota tarkibi turmush tarzi, ovqatlanish odatlari, antibiotiklar qabul qilish, stress holatlari, ekologik sharoit va boshqa omillar ta’sirida o‘zgaradi. Bu muvozanatning buzilishi disbioz deb ataladi. Disbioz holati ichak faoliyatining buzilishi, yallig‘lanishli kasalliklar, autoimmun reaksiyalar, teri muammolari, hatto ruhiy tushkunlik va nevrologik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mikrobiotani chuqur o‘rganish tibbiy biologiyaning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mikrobiotaning o‘zgarishini baholash orqali kasalliklarni erta aniqlash, individual terapiyani shakllantirish, probiotik va prebiotik vositalar yordamida mikroflorani tiklash imkoniyati tug‘ilmoqda. Shuning uchun, bu maqolada mikrobiotaning biologik va tibbiy ahamiyati, uning asosiy vazifalari, mikrobiotaning buzilishi va sog‘liq uchun salbiy oqibatlari, shuningdek, uni tiklash yo‘llari keng tahlil qilinadi. Inson tanasidagi mikrobiota og‘irligi 1,5–2 kg atrofida bo‘lib, bu miqdor ba’zi a’zolar og‘irligiga teng. Inson tanasidagi mikroorganizmlar soni tanadagi hujayralardan ko‘proq: 100 trilliondan ortiq mikrob (Taxminan 1,3:1 nisbatda hujayralarga nisbatan). Mikrobiotadagi genlar soni inson genomidan 150 baravar ko‘p (ya’ni, 3 milliondan ortiq gen). Tadqiqotlarga ko‘ra, ichak mikrobiotasidagi o‘zgarishlar depressiya, xavotir va hatto autizm spektri buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (gut-brain axis). Tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan chaqaloqlar kesarcha kesish orqali tug‘ilganlarga qaraganda mikrobiotasi xilma-xilroq va immun tizimi barqarorroq bo‘ladi. 2020-yilgi tadqiqotda aniqlanishicha, Lactobacillus rhamnosus bakteriyasi depressiya va stress belgilarini kamaytirishga yordam bergan (hayvonlarda va ayrim klinik tajribalarda). Antibiotiklarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning noto‘g‘ri yoki keraksiz qo‘llanilishi inson ichak mikrobiotasiga jiddiy zarar yetkazadi. Antibiotiklar nafaqat zararli patogen bakteriy

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается биологическое и медицинское значение микробиоты человека.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается биологическое и медицинское значение микробиоты человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Microbiota, gut flora, immunity, digestion, mental health, ovqat hazm qilish, probiotiklar, psixologik salomatlik, mikrobiota, immunitet, disbioz, ichak florasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники