Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI VA ULARNING TARKIBI
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Aliyorova Sevara Bahrom qizi · Bekmirzayev Eshquvvat Roʼziboyevich · Алиёрова Севара Бахромовна · Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич (Студентка 1 курса медицинского факультета Терmezского университета)
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024
Аннотация
В данной статье рассматриваются форменные элементы крови — эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, их состав и разновидности. Анализируются функции эритроцитов, лейкоцитов и тромбоцитов, процесс фагоцитоза и механизмы свертывания крови. Ключевые слова: эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, гем, глобин, метгемоглобин, эритроцитоз, эритропения, гемолиз, нормохромные, гранулоциты, агранулоциты, эозинофилы, базофилы, нейтрофилы. Qonning tarkibini sentrifuga yordamida aniqlash mumkin. Qonni probirkaga solib aylantirilganda, undagi har bir zarrachaga markazdan qochma 99 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая kuch ta’sir qiladi. Natijada probirkada joylashgan qon qatlamlarga ajraladi: eritrotsitlar tubida, plazma yuqorisida, qolgan elementlar esa o‘rtada joylashadi. Eritrotsitlar — ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Ularning diametri 7–8 mkm, qalinligi 2,5–2,7 mkm ga teng. Erkaklarda 1 mm³ qonda 4,5–5 million, ayollarda esa 4–4,5 million dona eritrotsit mavjud. Har sutkada o‘lgan eritrotsitlar o‘rniga taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo‘ladi. Eritrotsitlar hayoti 30 kundan 120 kungacha davom etadi. Ular qizil ilikda yetiladi. Eritrotsitlarning asosiy qismini (85–90%) qonga rang beruvchi gemoglobin tashkil etadi. 100 g qonda o‘rtacha 16,6–17 g gemoglobin bo‘ladi. Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‘pkadan kislorod biriktirib olib, uni organizmning hujayra va to‘qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil — globin — qismlaridan tashkil topgan bo‘lib, gem tarkibida temir (Fe) mavjud. Eritrotsitlar soni yoki ulardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishi kamqonlik (anemiya) deb ataladi. Eritrotsitlar muhim buffer vazifasini bajaradi va qonning reaksiya muhitini saqlab turishda ishtirok etadi. Shuningdek, ular suv almashinuvi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar parchalanishidagi fermentativ jarayonlarda qatnashadi. Eritrotsitlarning plazmatik pardasi Na⁺, K⁺ ionlari, ayniqsa O₂, CO₂, Cl⁻ va HCO₃⁻ uchun yuqori o‘tkazuvchanlikka ega. Ularning o‘lchami o‘zgaruvchan bo‘lib, diametri 7,5–8,3 mkm, qalinligi — qavariq sohasida 2,1 mkm, botiq joyida esa 1,1–1,2 mkm, yuzasi 145 mkm², hajmi esa 86 mkm³ ni tashkil etadi. Og‘irligi 60 kg bo‘lgan odamda eritrotsitlarning umumiy miqdori taxminan 25 trillionga teng. Eritrotsitlar sonining kamayishi eritropeniya, ortishi esa eritrotsitoz deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi — tarkibida xromoproteid — gemoglobinni saqlash va kislorod tashishdir. Odam gemoglobinining molekulyar massasi 68 800 ga teng. Gemoglobin oqsil (globin) va temir saqlovchi (gem) qismlardan iborat bo‘lib, har bir globin molekulasiga 4 ta gem molekulasi to‘g‘ri keladi. Sog‘lom odamlarda gemoglobin miqdori erkaklarda 130–160 g/l, ayollarda esa 120–165 g/l ni tashkil qiladi. Gemoglobinning asosiy funksiyasi O₂ va CO₂ tashishdir. Shuningdek, u bufer xususiyatga ega bo‘lib, ayrim zaharli moddalarni biriktira oladi. Odam va hayvonlar gemoglobini tarkiban farqlanadi. Bu farq globin oqsil qismining tuzilishiga bog‘liq. Gem esa barcha hayvonlarda bir xil tuzilishga ega 100 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая bo‘lib, markazida kislorodni bog‘lay oladigan Fe²⁺ ioni tutgan porfirin molekulasi mavjud. Odam gemoglobinining oqsil qismi turlicha bo‘lib, bir necha fraksiyalardan iborat: katta yoshli odamlarda asosiy qismi (95–98%) A (adultus — katta yoshli) gemoglobin, 2–3% A₂, 1–2% esa fetal (fetus — homila) yoki F gemoglobin fraksiyalaridan iborat bo‘ladi. A va A₂ gemoglobinlar barcha eritrotsitlarda mavjud, F gemoglobin esa asosan homiladorlik davrida uchraydi. Tug‘ilish vaqtida bolalar qonida F gemoglobinning miqdori 70–90% gacha yetadi. F gemoglobin A gemoglobinga nisbatan kislorod bilan yuqori kimyoviy yaqinlikka ega bo‘lgani sababli, homila to‘qimalarida gipoksiya holati kuzatilmaydi. Gemoglobinning kislorod bilan birikmasi oksigemoglobin, karbonat angidrid bilan birikmasi esa karbogemoglobin deb ataladi. Metgemoglobin — bu kuchli oksidlovchilar (ferrotsianid, bartolet tuzi, vodorod peroksidi va boshqalar) ta’sirida gemoglobin tarkibidagi Fe²⁺ zaryadining Fe³⁺ ga aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Natijada temir uch oksid hosil bo‘lib, u mustahkam tuzilishga ega bo‘ladi va kislorodni to‘qimalarga yetkaza olmaydi, bu esa hayot uchun xavfli holat hisoblanadi. Eritrotsitlardagi gemoglobin miqdori rang ko‘rsatkichi yoki Farb indeksi (Fi, "farb" — rang, "index" — ko‘rsatkich) yordamida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich eritrotsitning gemoglobin bilan to‘yinganlik darajasini bildiradi. Farb indeks — bu gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining foizdagi nisbati bo‘lib, bunda gemoglobin miqdori 166,7 g/l, eritrotsitlar miqdori esa 5×10¹²/l deb qabul qilinadi. Agar ikkala ko‘rsatkich 100% ga teng bo‘lsa, Fi = 1 deb hisoblanadi. Normada Fi 0,75–1,1 oralig‘
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются форменные элементы крови — эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, их состав и разновидности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются форменные элементы крови — эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, их состав и разновидности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- эритроциты, лейкоциты, тромбоциты, гем, глобин, leykotsitlar, neytrofillar, eritropeniya, trombotsitlar, normoxrom, agranulositlar, gem, gemoliz, granulositlar, eritrotsitlar, metagemoglobin, eritrotsitoz, eozinofillar, globin, bazofillar
Смежные источники
in LibraryХамраев А.Ж., Эминов Р.И.2026
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI векаМ Болтаева, М Хамрокулова2023