Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
GIPOFIZ BEZI TUZILISHI VA ODAM ORGANIZMIDAGI O‘RNI.
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Hasanov Dilmurod Abduvahob o‘g‘li · Ergashev Sunnatbek Ilhom o‘g‘li
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024
Аннотация
This topic covers the anatomical structure, functional parts, and biological significance of the pituitary gland in the human body. The pituitary gland is one of the 88 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая main glands of the endocrine system, located at the base of the brain and producing many hormones. The anterior, posterior, and middle parts of this gland control the secretion of various hormones, which play an important role in growth, metabolism, sexual maturation, and stress responses. The topic also provides information about the effect of pituitary hormones on the functioning of internal organs and diseases that result from their under- or overproduction (for example, gigantism, nanism, hyperprolactinemia). This topic is important for students studying medicine and biology to understand the vital importance of the pituitary gland. Kalit so‘zlar: gipofiz bezi, adenogipofiz, neyrogipofiz, gormonlar, endokrin tizim, o‘sish gormoni, ADG, oksitosin, gomeostaz, gigantizm, nanizm, akromegaliya, giperprolaktinemiya. Asosiy qismi. Gipofiz (hypophysis) ponasimon suyakdagi turk egarining gipofiz chuqurchasida joylashgan. Uning ko‘ndalang o‘lchami 10-17 mm, oldingi-orqa o‘lchami 5-15 mm, vertikal olchami 5-10 mm, og‘irligi erkaklarda 0,5 g, ayollarda 0,6 g. Gipofiz tashqi tomondan g‘ilof bilan o‘ralgan. Gipofiz ikki kurtakdan taraqqiy etgani uchun uning ikki bo‘lagi bor. Oldingi bo‘lagi adenogipofiz (lobus anterior) nisbatan katta bo‘lib, gipofiz massasining 70-80%ini tashkil qiladi. Adenogipofiz tarkibiga oldingi, o‘rta yoki oraliq va do‘mboq qismlari kiradi. Orqa bo‘lak-neyrogipofiz(lobus posterior) tarkibiga orqa bo‘lak quyg‘ich, adenogipofiz va gipotalamus o‘rtasida joylashgan o‘rta tepalik kiradi. Gipofiz bezi inson organizmidagi eng muhim endokrin bezlardan biri bo‘lib, u “bosh bez” deb ham ataladi. U miya pastki qismida, sella turcica deb ataluvchi suyak chuqurchasida joylashgan bo‘lib, juda kichik hajmga ega bo‘lsa-da, butun gormon tizimini boshqarish vazifasini bajaradi. Gipofiz bezi ikki bo‘limdan iborat: oldingi bo‘limi (adenohipofiz) va orqa bo‘limi (neyrohipofiz). Bu bez tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar organizmda o‘sishni boshqarish, moddalar almashinuvini tartibga solish, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar faoliyatini muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u sut ishlab chiqarishni faollashtirish, tana suvi muvozanatini saqlash va bachadon qisqarishini boshqarish kabi ko‘plab hayotiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Gipofiz bezining to‘g‘ri ishlashi inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lib, uning faoliyatidagi buzilishlar turli endokrin kasalliklarga olib kelishi mumkin. 89 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 05, Мая Gipofizning oldingi bo‘lagi hujayralari boshqa endokrin bezlar faoliyatini boshqaruvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Uning gormonlaridan somatotropin oqsillar sintezini kuchaytiradi va yog‘ning parchalanishini tezlatadi, shuning uchun o‘sish davrida bolalar va o‘smirlarda yog‘ to‘planishi pasayadi. Agar bolalik davrida somatotropin kam ishlab chiqarilsa gipofizar karlikizmga, ko‘p ishlab chiqarilsa gipofizar gigantizmga olib keladi. Agar bu gormon katta yoshdagi odamlarda ko‘payib ketsa, kallaning yuz qismi, oyoq panjasi suyaklari kattalashi, akromelogiya holati paydo bo‘ladi. Kortikotropin yoki AKTG buyrak usti bezining dastali va to‘r qavati o‘sishini va gormonlar ishlab chiqarishini kuchaytiradi. Tirotropin gormoni qalqonsimon bez follikulasi epiteliysi yetilishini boshqaradi. Gonadotropin erkaklarda moyaklar o‘sishini va spermatogenezni kuchaytiradi. Ayollarda ovulatsiya va sariq tana hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Gipofizning o‘rta bo‘lagi gormoni melotonin teri pigmentatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Gipofizning orqa bo‘lagi neyroglial hujayralardan, gipotalamusdan neyrogipofizga keluvchi nerv tolalaridan va neyrosekretor tanachalardan iborat. Neyrogipofiz gormonlari gipotalamusning ko‘ruv bo‘rtig’i ustidagi va bo‘rtiqosti sohasining qorincha atrofidagi o‘zaklarida hosil bo‘lib, aksonlar orqali neyrogipofizga tushadi. Vazopressin buyrak naychalarida suvning qayta so‘rilishini kuchaytirib, antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, natijada siydik ajralishi kamayadi. Oksitotsin bachadon mushaklarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini tezlatadi. Bundan tashqari, u sut bezlarining faoliyatini oshiradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda gipofiz noksimon shaklida bo‘lib, o‘rtacha og‘irligi 0,12 g. Gipofiz bola hayotining ikkinchi yilida, 4-5 va 11- 12 yoshlarda tez o‘sadi. Bola 10 yoshga to‘lganida uning og‘irligi ikki marta, 15 yoshda esa uch marta oshadi. 20 yoshda u eng katta og‘irlikka (530-560 mg) ega bo‘ladi. Hamma yoshda ham gipofizning o‘lchamlari va og‘irligi ayollarda kattaroq bo‘ladi. Gipofizning fa
Доказательный фрагмент
«This topic covers the anatomical structure, functional parts, and biological significance of the pituitary gland in the human body.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis topic covers the anatomical structure, functional parts, and biological significance of the pituitary gland in the human body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- endokrin tizim, gormonlar, adenogipofiz, giperprolaktinemiya., nanizm, gipofiz bezi, ADG, akromegaliya, oksitosin, gomeostaz, neyrogipofiz, o‘sish gormoni, gigantizm
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022
The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical ResearchMinimally Invasive Surgical Interventions, Mukhammadbobur Makhsitaliev +42020