К содержанию
РецензированоRU2026

ONLAYN TA'LIM VA UNING SAMARADORLIGI

Ilmiy rahbarim: Fayziyeva Umida Asadovna

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается роль онлайн-образования в современной системе обучения, его преимущества и недостатки, а также анализируется его эффективность. Освещается развитие дистанционного обучения в период пандемии, использование различных цифровых платформ и влияние данного формата на учащихся. Также обсуждаются условия, необходимые для повышения эффективности онлайн-обучения. Автор анализирует существующие проблемы в этой области и предлагает рекомендации по их устранению. Ключевые слова: онлайн-обучение, дистанционное образование, современное обучение, эффективность образования, цифровые технологии, интерактивные уроки, педагогика. Onlayn taʼlim nima? Onlayn taʼlim tushunchasi va shakllari (masofaviy taʼlim, videodarslar, interaktiv platformalar). Texnologik vositalar: Zoom, Google Meet, Moodle, Telegram darslar, YouTube videodarslar. Onlayn taʼlimning afzalliklari, joy va vaqt tanlovidagi 64 erkinlik, har bir o‘quvchining shaxsiy sur’atda o‘rganish imkoniyati, keng resurslar: video, maqola, forumlar, testlar, texnologiyalarga moslashuvchanlikni oshirishi. Onlayn taʼlimning kamchiliklari, yuzma-yuz muloqot yetishmasligi, texnik nosozliklar va internetga bog‘liqlik, o‘quvchilarning e’tiborini ushlab turish qiyinligi, baholash tizimining noaniqligi. Samaradorlik tahlili; tadqiqotlar asosida: qaysi sohalarda onlayn taʼlim samarali? o‘qituvchilar va o‘quvchilarning fikrlari (intervyu yoki statistik ma’lumotlar), onlayn va an’anaviy taʼlimning taqqoslanishi. Yaxshi natijaga erishish uchun shartlar, o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalarga o‘rgatish, interaktiv dars metodlarini qo‘llash, oila va maktab hamkorligini kuchaytirish, o‘quvchilarni mas’uliyatli va mustaqil o‘qishga undash. Onlayn taʼlim bu — kelajakning ajralmas qismi. Uni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, samarali natijalar berishi mumkin. Texnik, psixologik va metodik tayyorgarlik muhim.Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti taʼlim sohasiga ham o‘z taʼsirini o‘tkazmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida butun dunyoda taʼlim jarayonining onlayn shaklga o‘tishi bu sohadagi islohotlarni tezlashtirdi. Anʼanaviy o‘quv jarayonidan farqli o‘laroq, onlayn taʼlim joy va vaqt cheklovlarisiz bilim olish imkonini yaratdi. Shu sababli, bugungi kunda onlayn taʼlimning samaradorligi haqida ilmiy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilish dolzarb masalaga aylangan. Onlayn taʼlimning asosiy afzalliklaridan biri — bu moslashuvchanlikdir. O‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda darslarni ko‘rish, o‘qituvchi esa dars materiallarini turli shakllarda (video, audio, matnli fayllar) taqdim etish imkoniyatiga ega. 1Shu bilan birga, zamonaviy platformalar orqali testlar, topshiriqlar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin bo‘lib, bu o‘quvchilarning faolligini oshiradi. Ayniqsa, mustaqil taʼlim olishni xohlagan yoshlar uchun onlayn taʼlim katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, bu shaklning muammoli jihatlari ham yo‘q emas. Avvalo, texnik vositalarning har doim ham yetarli bo‘lmasligi, internetga ulanishdagi muammolar, ayrim hollarda o‘quvchilarning mas’uliyatsizligi kabi omillar onlayn taʼlim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yuzma-yuz muloqotning yetishmasligi o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida hissiy bog‘lanishni kamaytiradi. Bu esa, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Onlayn taʼlim samaradorligini oshirish uchun bir nechta omillar muhim sanaladi. Birinchidan, o‘qituvchilar raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishi lozim. Ikkinchidan, darslar interaktiv, qiziqarli va o‘quvchining e’tiborini 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2021-yil 6-aprel, PQ–5040-son 65 ushlab turadigan tarzda tashkil qilinishi zarur. Uchinchidan, oila va taʼlim muassasalari hamkorligida o‘quvchilarni mas’uliyatli, intizomli bo‘lishga o‘rgatish muhim. Oliy taʼlimda masofaviy taʼlimni joriy etish: 2022-yil oktabr oyida hukumat qarori bilan oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni joriy etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat va xususiy oliygohlarga masofaviy taʼlim yo‘nalishida kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi. Taʼlim tizimida raqamli boshqaruvni kuchaytirish: 2025-yil 14-may kuni O‘zbekiston UNESCOning Taʼlimni boshqarish axborot tizimi (EMIS PATT)ni joriy etgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatga aylandi. Bu tizim taʼlim sohasidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Umumiy o‘rta taʼlimda kasbiy sertifikatlash tizimi: 2024-yil 12-fevralda qabul qilingan 87-sonli qarorga muvofiq, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlar uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etildi. Bu tizim o‘qituvchilarning malakasini baholash va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan. Onlayn maktablar faoliyati: O‘zbekistonda ilk to‘laqonli onlayn maktab — “Leader Online” faoliyat yuritmoqda. Bu maktabda o‘quvchilar masofaviy tarzda taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyala

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается роль онлайн-образования в современной системе обучения, его преимущества и недостатки, а также анализируется его эффективность.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается роль онлайн-образования в современной системе обучения, его преимущества и недостатки, а также анализируется его эффективность. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
онлайн-обучение, дистанционное образование, современное, masofaviy o‘qitish, pedagogika., raqamli texnologiyalar, zamonaviy taʼlim, taʼlim samaradorligi, onlayn taʼlim, interaktiv darslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники