Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM VOHASI ANTIK DAVRINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O'RGANILISHI
Kadirova Gulhayo · Qizil qal'a. · THE KHOREZM OASIS · Kadirova Gulhayo · Key words: Khorezm archaeological expeditions (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · S.P. Tolstov (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · Kichik Kirgizkala (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · ХОРАЗМСКОГО ОАЗИСА (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of) · Кадирова Гулхайо (Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of)
Лучшие интеллектуальные исследования · 1990
Аннотация
Данная статья посвящена истории Хорезмского оазиса в древний период IV-IV веков нашей эры, деятельности ученых, изучавших древность оазиса до 1990-х годов и в период независимости, написанным ими трудам, а также сведениям о градостроительстве и архитектуре Хорезмского оазиса в этот период, а также социально-экономических отношениях. Ключевые слова: Археологические экспедиции Хорезма, С.П. Толстова, Джонбоскала, Козаликир, Акшаханкала, Койкирилганкала, Коргошинкала, Кичик кыркизкала, Базаркала, Кизил кала. Xorazm yodgorliklarini arxeologik jihatdan o’rganish XX asrning 30-yillari o’rtalaridan boshlanadi va bu ish hozirgacha davom etmoqda. Tadqiqotda Xorazm vohasining qadimgi davri qal‘alarining arxeologik jihatdan o’rganilishi tarixi to’rt https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 1 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 bosqichga bo’lish mumkin: urish davrigacha (1936-1940) olib borilgan tadqiqotlar; urishdan keyingi davrda (1945-1958) olib borilgan tadqiqotlar; 1959-1990-yillarda olib borilgan tadqiqotlar va mustaqillik yillarida olib borilayotgan tadqiqotlar. Xorazm yodgorliklarini tadqiq qilishning birinchi va keyingi bosqichlari akademik Y.G’.G’ulomov, S.P.Tolstov va yana ko’plab arxeologlarning nomi, hamda Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi faoliyati bilan bog’liq.Xorazm vohasidagi tarixiy obidalarni har tomonlama chuqur ilmiy asosda o’rganish 1936 yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi munosabati jonlanib ketdi.1936-1937-yillari Xorazm vahosida birinchi o’zbek arxeologlari Yahyo G’ulomov va T.Mirg’iyosovlarning ekspeditsiyasi Mang’it qishlog’i yaqinida Qubatov tepaligidan milodiy I ming yilligi o’rtalariga mansub bo’lgan zardushtiy qabristonini topib, birinchi marta qadimiy islomga qadar Xorazm yodgorligiga duch keladilar, Geolog Arxangelskiy Xorazmning qadimgi sug’oriladigan hududida Jonbosqa‘la, Tuproqqal‘a, Qizilqal‘a, Bozorqqal‘a, Guldursin qal‘alari to’g’risida ma‘lumot berib, ularni xaritaga joylashtirgan, lekin arxeologik tadqiqiqotlar olib borilmagan. 1937- yildan boshlab Xorazm vohasida professor S.P.Tolstov boshchiligida Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi xodimlari Guldursin qal‘ada dastlabki qazish ishlarini olib bordi[4]. Shu ekspeditsiyaning ilmiy xodimi A.Terenojkin 1937-yili Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy va To’rtkul tumanlarida arxeologik tekshiruv ishlarini olib bordi. Uning fikricha, Kat qal‘asining qadimgi bo’lagi bo’lgan Pilqal‘a o’ziga xos qurilishga ega bo’lib, milodiy III-IV asrlarda vujudga kelgan[5. Ekspeditsiya 1940-yilda o’zining asosiy ish hududida – Amudaryoning o’ng sohilidagi qadimgi sug’orma erlarida qazish va qidirish ishlarini olib bordi. 1938- yilda Tuproqqal‘a shahristoni tekshirildi, u erda so’nggi antik Xorazm qal‘asi ilk bbo aniqlandi.[3] Shu yili ekspeditsiyaning qidiruv bo’limi tomonidan Tuproq, Pil qal‘a qo’rg’onlarida arxeologik kuzatuv ishlari olib borildi, sopol idish qoldiqlari asosida taxminiy sanalari belgilandi. Antik yodgorliklardan Qo’yqirilganqal‘a, Qo’rg’oshinqal‘a, Bozorqal‘a, https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 2 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Jonbosqal‘a, Qizilqal‘a, Tuproqqal‘a, Katta va Kichik Qirqqiz, Anqaqal‘a, Qo’ziqirilganqal‘a. S.P.Tolstov miloddan avvalgi VIII-VII asrlar va antik davrda Xorazmdagi yirik suvg’orish kanallarning mavjudligini, qudratli markaziy davlat siyosati bilan bog’lab, shu hududda davlat tashkiloti bo’lmaganda bunday yirik va uzun kanallarni qazib va ularni saqlab bo’lmasdi deb to’g’ri xulosaga kelganligini qayd qilishimiz lozim. Urushgacha bo’lgan davrda olib borilgan ishlar yakuni S.P. Tolstovning ―Qadimgi Xorazm monagrafiyasida berildi (M.,1948). Hozirgi mezonlarga ko’ra juda kam bo’lgan arxeologik material asosida Xorazm tarixi eng qadimgi zamonlardan o’rta asrlargacha davrlashtirib berildi. Antik Xorazm yodgorliklari tarixiga ayni shu kitobda birinchi darajali ahamiyat qaratildi va mudofaa inshootlarining tarixiy sharhi hamda tasnifi keltirildi. Antik Xorazm yodgorliklarini o’rganish to’rt davrga bo’linadi:[2] 1) uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (mil.avv.VI-IV asrlar). 2)Qanxa madaniyati (mil.avv.IV asr -mil.I asr). 3) kushonlar madaniyati (mil.II-III asrlar). 4) kushon-afrig’ o’tish madaniyati (mil.III-V asrlar). Yuqorida keltirilgan yodgorliklarni arxeologik o’rganish bosqichlari yildan- yilga ko’lami kengayib boradi. Olimlarimiz tomonidan antik davrning o’zi ham alohida davrlashtirilishi, bu albatta o’rganishda bir qancha qulayliklarni yaratdi. Shu o’rinda bu hududda tadqiqot ishlari olib borib Xorazm tarixining yoritilishiga o’z hissasini qo’shgan olimlar va ularning xizmatlari haqida ham to’xtaladigan bo’lsak. A.I.Terenojkin Quyi Amudaryo havzasida arxeologik qidiruv ishlarini olib https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 3 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 borib,qadimgi davrga mansub Jonbosqal‘a, Tuproqqal‘a, Qo’yqirilganqal‘a yodgorliklari to’g’risida ma‘lumotlar beradi’. S.P. Tolstov o’zining tadqiqotlari natijasini bir qator ilmiy adabiyotlarda nashr qilish bilan Xorazm
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена истории Хорезмского оазиса в древний период IV-IV веков нашей эры, деятельности ученых, изучавших древность оазиса до 1990-х годов и в период независимости, написанным ими трудам, а также сведе…»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена истории Хорезмского оазиса в древний период IV-IV веков нашей эры, деятельности ученых, изучавших древность оазиса до 1990-х годов и в период независимости, написанным ими трудам, а также сведе… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm archaeological expeditions, S.P. Tolstov, Jonboskala, Kichik qirqizqaľa, Bozorqal'a, S.P.Tolstov, Qizil qal'a., Kalit so'zlar: Xorazm arxeologik ekspeditsiyalari, Jonbosqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Oqshaxonqal'a, Qo'rg'oshinqal'a, Ko'zaliqir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026