Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QOR KO‘CHKISI BILAN BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH HAMDA AHOLI VA IQTISODIYOT OBYEKTLARINI MUHOFAZALASH.
IQTISODIYOT OBYEKTLARINI MUHOFAZALASH. · Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qor ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabablarini va aholining harakatlarini o‘rganish, qor ostida qolgan inson o‘zini qanday muhofaza qilishi, qor ostida qolganlarni qidirib topish va qutqarish vositalari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Qor ko‘chkisi, tog‘,«Qamchiq» dovoni, RECCO qutqaruvchilari, reflektor, bipper, radiosignal. Kirish: Og‘irlik kuchi ostida tog‘ yonbag‘irlarida harakatga kelgan va surilayotgan katta hajmdagi qor massasining o‘pirilishiga qor ko‘chkisi deyiladi. U doimiy qor qoplamiga ega bo‘lgan barcha tog‘li hududlarda yuz berishi mumkin. Qor qatlamining quyi qismi g‘ovak, bo‘sh, yuqori qismi esa zich bo‘lib qoladi. Agar shamol esib turgan bo‘lsa qor qoplami uzra tez esayotgan shamol suv bug‘larini xuddi nasos bilan tortib olgandek qatlam ichidan so‘rib oladi. Yuzlab va minglab tonna og‘irlikka ega bo‘lgan qor qatlami sekin-asta o‘z asosi bilan uzviyligini yo‘qota boradi va ixtiyoriy daqiqada pastga qarab surilishga tayyor holatga keladi. Uning uchun endi ozgina ta’sir kuchi kifoya, xolos. Shiddat bilan pastga otilayotgan qor massasi yo‘lida uchragan daraxtlarni qo‘porib tashlaydi, uy va yo‘llarni vayron qiladi. Baland tog‘larning ustiga qish faslida qorning ko‘p yog‘ishidan uning https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 7 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 qalinligi oshadi. O‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikda pastga osilib turadi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan hosil bo‘lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib yonbag‘irdan pastga qarab siljiy boshlaydi. 1999 -yil 21- noyabr kuni “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi yuz berdi. Soat 5.30 dan 12.00 gacha 8 bor qor ko‘chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi transport vositasi qor uyumi ostida qoldi. Ushbu FV oqibatida 29 odam halok bo‘ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo‘lovchi qutqarib qolindi. Qor ko‘chkisi 3 toifaga: yumshoq qor ko‘chishi, qor taxtasi ko‘chishi va qor- suv oqimli ko‘chkiga bo‘linadi. Qor ko‘chkisi katta hajmdagi qor massasi bo‘lib, u 70-100 km/s tezlikda harakat qiladi. Quruq qor ko‘chkisining tezligi 360 km/s. ga yetishi ham mumkin. U 25-30 metr o‘lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko‘chkidan paydo bo‘lishi mumkin. 150 kub.metr hajmdagi ko‘chkining og‘irligi 20 dan 30 tonnagacha yetadi. Zarb kuchi 1 kv. metrga 50 tonnagacha yetadi. Yog‘och uylar 1 kv. metrga 3 t zarbga bardosh bera oladi, 10 t kuch bilan urilganda asriy daraxtlar ildizi bilan qo‘porilib chiqishi mumkin. Olimlar, yonbag‘ir nishabligining 30-400 bo‘lishi qor ko‘chkisi uchun eng qulay sharoit, deb hisoblashadi. Ko‘chki boshlanishi uchun 20-30 sm qalinlikda qor yog‘ishi yoki yotgan eski qor qatlamining qalinligi 70 sm. ga yetishi kifoya bo‘ladi. Yonbag‘ir nishabligi 450 dan ortiq bo‘lsa, har qor yoqqanidan so‘ng qor ko‘chaveradi, 600 dan ortganda esa qor ko‘chkisi shakllanmaydi. Qorlar eriy boshlagan vaqtda yoqqan qor, ayniqsa, xavflidir. Kunning taftida erigan qor tunning sovug‘ida silliq qobiq bilan qoplanadi va hatto nishablik uncha katta bo‘lmagan hollarda ham ushbu qobiq ustiga tushgan qor ushlanib qololmaydi. Qor massasining pastga qarab harakatlana boshlashi uchun kuchli tovushning o‘zi ham yetarli bo‘lishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 8 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Ko‘chki tanasi kattalasha borarkan, yo‘lida uchragan daraxt, tosh, simyog‘och, binolar va boshqa narsalarni o‘zi bilan qo‘shib olib ketadi. Qor massasining oldida esa havo to‘lqini harakatda bo‘ladi. Mana shu qisilgan havo oqimi qorning o‘zidan ham yovuzroq kuchga egadir. Zero, qor massasini to‘xtatib qolish uchun ba’zida kichikroq bir tepalik, beton to‘siq yetarli bo‘lgan bo‘lardi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chkisidan ko‘rilgan zararlar miqdori hisoblab chiqilgan, yani: odamlar halokati – 9,0%, ma’muriy binolar, turar joy binolari, obyektlarning vayron bo‘lishi – 14%, chang‘i uchish, temir va avtomobil yo‘llarini https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 9 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 qor bosib qolishi – 62%, telefon, telegraf, yuqori kuchlanishli elektr va gaz quvurlariga shikast etishi – 2%, o‘zanlarda suv yo‘lining to‘silib qolishi, ko‘priklarning buzilishi, o‘rmonlarning barbod bo‘lishi – 13% ni tashkil etadi. Sabablari. 1.Ko‘p miqdorda yoqqan qordan (qor yog‘ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo‘ladi, bir kecha-kunduzlik yog‘in miqdori 10 mm va undan ortiq bo‘lganda); 2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog‘liq; 3. Zilzila, sel oqimlari, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqinlari olib keladi. Muhofaza tadbirlari. Odatda, bu kabi tabiiy ofatlarni oldindan prognoz qilish mumkin. Bunday hollarda aholi ogohlantiriladi, xavf ehtimoli mavjud joylarda odamlar bo‘lishi ta’qiqlanadi, yo‘llar yopiladi. Ushbu hududda karantin e’lon qilinadi. Qor ko‘chkisiga qarshi kurashish uchun ko‘chki xavfi ehtimoli bor tog‘ yonbag‘irlariga daraxt ekish, daraxtlarni kesishni ta’qiqlash lozim. Tog‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qor ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabablarini va aholining harakatlarini o‘rganish, qor ostida qolgan inson o‘zini qanday muhofaza qili…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada O‘zbekiston Respublikasida qor ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabablarini va aholining harakatlarini o‘rganish, qor ostida qolgan inson o‘zini qanday muhofaza qili… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Qor ko‘chkisi, «Qamchiq» dovoni, radiosignal., tog‘, RECCO qutqaruvchilari, bipper, reflektor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025