К содержанию
РецензированоUZ2025

RADIATSIYAVIY AVARIYA SODIR BO‘LGANDA AHOLINI VA HUDUDLARNI MUHOFAZALASH CHORA-TADBIRLARINI KO‘RISH

Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini va hududlarni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Ogohlantirish tizimi orqali tezkor xabar berish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish yoki bino ichida qolish kabi chora-tadbirlar asosiy himoya usullaridir. Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanish, tibbiy yordam ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ham yuqoridagi ma’lumotlar kengroq yoritiladi. Kalit so‘zlar: Radiatsiyaviy avariya, radioaktiv ifloslanish, do‘za, radioaktiv modda, evakuatsiya, tibbiy yordam, nurlanish, Kirish: Radiatsiyaviy avariya holatida va radioaktiv moddalar atmosfera havosiga tarqalgan holatlarda aholi muhofazasi ishlab chiqarishdagilarga nisbatan samaraliroq bo‘lishi kerak, chunki, aholi orasida homilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar va betoblar borligi shuni talab etadi. Ular organizmining radioaktiv moddalarga sezgirligi ishlab chiqarishdagilarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Ximoya tadbirlarining xarakteri radioaktiv ifloslanish darajasiga bog‘liq. Qayerdaki aholi uchun samara do‘zasi 1 mZv/yil dan kam bo‘lsa u hudud radioaktiv ifloslanish zonasiga kirmaydi. Undan yuqori ifloslanish darajasida quyidagi muhofaza tadbirlari o‘tkaziladi: - radiatsion nazorat zonasi -1 dan 5 mZv/yil gacha. Majburiy radiatsion nazorat o‘tkaziladi. Bunda atrof-muhit ifloslanishi, qishloq xo‘jaligi https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 3 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 mahsulotlari va aholini nurlanish dozasi tekshiruvda bo‘ladi. Radiatsiyaga qarshi choralar optimallashtirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi. - aholini cheklangan ko‘chirish zonasi - 5 dan20 mZv/yil. Yuqorida ko‘rsatilgan choraga qo‘shimcha aholini sog‘ligiga radiatsiya xavfi to‘g‘risida tushuntiriladi. - ixtiyoriy ko‘chiriluvchilar zonasi - 20 dan 50 mZv/yil. Tibbiy radiatsion ximoya choralari o‘tkaziladi. Ixtiyoriy ko‘chirilganlarga yordam ko‘rsatiladi. - ko‘chirish zonasi - 50 mZv/yil dan yuqori. Aholini doimiy yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa faoliyatlar maxsus dalolatnomalar asosida yuritilishi mumkin. Bu joyda monitoring yuritiladi, shaxsiy dozimetrik nazorat olib boriladi. - Lokal radiatsion ifloslanish aniqlangan holatda 2 bosqichli, tadqiqot va aralashuv bajariladi. - Tadqiqot darajasi 1 dan 3 mZv/yil. Bunda 70 yilga kutiladigan yillik samara dozasi tadqiq etiladi. - Aralashuv darajasi - 0,3 mZv/yildan yuqori. Aholi nurlanishini chegaralash maqsadida himoya tadbirlari talab etiladi. Radiatsion avariyadan so‘ngi vaziyatdan kelib chiqib quyidagi muhofaza choralari o‘tkaziladi: - aholini tezdan evakuatsiya qilish; - nurlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish; - ochiq joylarga kelishni cheklash, radiatsion himoya tartibini o‘rnatish; - barcha bino va inshootlar kirish-chiqish (eshik, romlar, havo yo‘llari) qismlarini germetiklash; - dori vositalarini qo‘llash; - shaxsiy va farmakologik vositalarni qo‘llash; - radioaktiv moddalar bilan normadan yuqori ifloslangan tana qismlari, kiyimlarni yuvish; https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 4 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 - ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilishni cheklash yoki yo‘qotish; - hududga kirish-chiqishni muvofiqlashtirish; - ifloslangan joyni zararsizlantirish (dezaktivatsiya). Aholini oldindan tayyorlangan xavfsiz joyga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish hududiy prinsipiga asoslaniladi. Aholi yashashi uchun me’yorlar asosida sanitar gigienik, iqtisodiy sharoitlar tashkil qilinadi. Aholini ko‘chirishda vaqti, usuli shunday hisoblanishi keakki bu vaqtda ko‘chiriluvchilar kritik dozadan yuqori nurlanish olmasligi kerak. Shuning uchun ko‘chirishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Evakuatsiya ishlariga evakuatsiya komissiyasi rahbarlik qiladi va boshqaradi. Unga tegishli organlarni jalb etiladi. Nurlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish Radiatsion zararlanishning dastlabki belgilari Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun klinik belgilari aniqlanadi. Sabablari o‘rganiladi. Nurlanishning odam organizmidagi belgilari quyidagilar: 1) dispeptik: anoreksiya, qusish, ich ketishi, ichaklardagi o‘zgarishlar; 2) neyromotor: tez toliqish, apatiya, umumiy bo‘shashish; 3) neyrososudistbimi: terlash, qon bosimini pasayishi, bosh og‘rig‘i, arterialnaya gipotenziya; 4) alohida to‘qimalarda ta’sirni hosil bo‘lishi, slizistbix, so’lak bezi, terilar. Nurlanishning dastlabki belgilari uning quvvatiga bog‘liq. Kuchli nurlanishda dastlabki belgilar tez hosil bo‘ladi. Yuqori darajada nurlanish o‘tkir nur kasalini keltirib chiqarishi mumkin. Nurlanishning yuqori darajadalik belgisi ko‘ngil aynish va qayd qilishdir. Shularga bog‘liq holda davolash choralarini belgilanadi. O‘tkir nurlanishda ich ketish bilan ham kuzatiladi. Bunda ichak funksiyalari buziladi. Nurlanishning tanadagi ko‘rsatkichlari bo‘lib og‘iz-burundan shilliq moddalarini ajralishi va terining o‘zgarishi hisoblanadi. Uni kuzatilish muddati nurlanish dozasining quvvati va miqdoriga bog‘liq, https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 5 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 masalan u nurlanishd

Доказательный фрагмент

«Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini va hududlarni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini va hududlarni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
do‘za, evakuatsiya, radioaktiv ifloslanish, Kalit so‘zlar: Radiatsiyaviy avariya, nurlanish, tibbiy yordam, radioaktiv modda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники