К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KUCHLI SHAMOL, DOVUL VA QUYUNLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH.

Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kuchli shamol, dovul va quyunlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning sabablarini o‘rganish, va ushbu favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda aholining muhofazalanish choralarini ko‘rish va bartaraf etish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Shamol, dovul, bo‘ron, quyun, atmosfera, troposfera, stratosfera, ionosfera, bosim, signallar. Kirish: Dovul va bo‘ronlar shamolning turlicha nomlanishi bo‘lib, ularning farqi tezligidadir. Atmosfera uch qismdan: troposfera, stratosfera va ionosferadan iborat. Atmosferaning 75% gacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga oluvchi troposferaning balandligi 10-11 km. gacha yetadi. Troposfera qatlami yer yuzasida iqlimning o‘zgarishiga va shamollarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Yer po‘sti va undagi organik dunyoning rivojlanishi uchun troposfera va uning tarkibining ahamiyati kattadir. Troposferada bo‘lgan gazlar doim tashqi muhit ta’siriga duch kelib turadi. Quyoshdan keladigan nurni atmosfera o‘zida yutib isiydi va bu issiqlik yoyila boshlaydi. Atmosfera isishi bilan bosim kamayadi va havo yuqoriga ko‘tariladi. Sovuq havo bosimi kam bo‘lgan issiq havo o‘rnini almashish uchun harakat qiladi. Havo bosimi bil xilda bo‘lmaganligidan shamol paydo bo‘ladi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 1 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Shamol – issiqlik va atmosfera bosimining bir tekis taqsimlanmasligi natijasida havoning yer yuzasiga parallel ravishda yuzaga keladigan va yuqori bosim zonasidan past bosim zonasiga yo‘nalgan harakati. U yo‘nalish, tezlik va kuch bilan xarakterlanadi. Yo‘nalish gorizont azimuti bilan aniqlanadi va graduslarda o‘lchanadi. Shamol tezligi m/soniya, km/soat, uzel (milya/soat) da o‘lchanadi. Shamolning kuchi 1 kv.m yuzaga ko‘rsatilayotgan bosim bilan o‘lchanadi. Dovul – qattiq bo‘ron bo‘lib, tezligi 30 m/soniyani tashkil etadi. Shamolning shiddati 7-10 ball bo‘lishi mumkin. Dovul shimoliy yarim sharda soat miliga teskari, janubiy yarim sharda soat millari bo‘yicha esadi. U 120 m/s tezlik bilan «yashaydi», sayyoramiz bo‘ylab 9-12 kecha-kunduz davomida harakatda bo‘ladi. Miloddan avvalgi 492- yili Gretsiya sohillarida dovul 300 ta harbiy kemani cho‘ktirib yuborgan. 1281- yili mo‘g‘illar Yaponiyani istilo qilish uchun otlangan damlarida kuchli dovul mo‘g‘ullarning kemalarini cho‘ktiib dengiz bo‘ylab sochib yuborgan. Insoniyat tarixidagi eng dahshatli dovul 1970- yilning 12-13- noyabr kunlari Ganga daryosi deltasi (Bangladesh)dagi orollar bo‘ylab o‘tgan. Bir damning o‘zida 10 m balandlikdagi to‘lqin chorak million odamning boshiga yetgan. Tabiiy ofat hududni tashqi dunyodan ajratib qo‘ygan. O‘lat boshlanib, kuniga bir necha minglab odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Hammasi bo‘lib, fojia 300000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shikastlovchi omillari. Vayron qiluvchi kuchi bilan zilzilaga tenglashadi, binolarni vayronaga aylantiradi, ekinzorlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib tashlaydi. U odamni bemalol havoga ko‘tarishi yoki uning ustiga shifer, oyna, g‘isht, turli buyumlar bo‘laklarini olib kelib tashlashi mumkin. Katta tezlikka ega bo‘lgan shamol poyezdlarni relsdan chiqarib yuborgan, metall ko‘priklarni buzib tashlagan, avtomobillarni havoga ko‘tarib ketgan hollar https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 2 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 ham bo‘lgan. Bular hammasi dovulda juda katta miqdordagi energiya to‘planganligi bilan izohlanadi. Aholining harakati. Dovulni prognoz qilish mumkin. Dovul boshlanishidan avval aholi «Diqqat barchaga!» signali bilan ogohlantiriladi. Signal ovozini eshitib, radio, televizorni yoqish, berilayotgan xabarni eshitish va muhofaza choralarini ko‘rish lozim. Ya’ni binoning shamol uradigan tomonidagi deraza, eshiklarni yopish, suv, oziq-ovqat, dori-darmon zahiralarini tayyorlash, fonar, kerosin lampa, sham, poxod plitasi, batareykali radiopriyomniklar shay qilinishi zarur. Ichki bosimni muvozanatlash maqsadida shamol tegmaydigan tomondagi eshik va derazalarni ochib, shu holatida qotirib qo‘yish kerak. Hujjatlar, pul yoningizda bo‘lgani ma’qul. Hovli, tom, ayvon, deraza tokchalaridagi buyumlarni shamol uchirib ketmaydigan joyga qo‘yish zarur. Dovul paytida yaxshisi avvaldan tayyorlab qo‘yilgan panajoylarda yoki yerto‘lada panoh topgan ma’qul. Agar buning iloji bo‘lmasdan, bino ichida qolishingizga to‘g‘ri kelsa, eng xavfsiz joyni tanlash kerak. Binoning o‘rta qismi, yo‘laklar, binoning birinchi qavati shunday xavfsiz joy hisoblanadi. Deraza oynalarining parchalari sizga jarohat yetkazmasligi uchun devorga qurilgan shkaf ichiga kirib olish yoki ustingizni ko‘rpalar bilan yopib olishingiz mumkin. Bu vaqtda ko‘chada bo‘lsangiz, bino va inshootlardan uzoqroqda bo‘lishga harakat qilish kerak. Agar yaqin orada muhofaza inshooti yoki yerto‘la bo‘lsa, tezroq u yerga kirib olishga harakat qilish kerak. Ko‘prik, gaz magistrallari kabi yirik inshootlarni har qanday holda chetlab o‘tish kerak. Shamol to‘xtashi bilanoq ko‘chaga chiqish yaramaydi

Доказательный фрагмент

«Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kuchli shamol, dovul va quyunlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning sabablarini o‘rganish, va ushbu favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda ah…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kuchli shamol, dovul va quyunlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning sabablarini o‘rganish, va ushbu favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda ah… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Shamol, signallar., dovul, ionosfera, bosim, stratosfera, quyun, bo‘ron, atmosfera, troposfera
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники