К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASH JARAYONIDA O’QUVCHILAR IJODIY FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH · Narimova Shaxnoza Abdumajidovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqola yosh avlod tarbiyasining dolzarb muammolaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi, ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda didaktik o’yin texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, o’yin, didaktik o’yin, ijodiy fikrlash, ishchanlik o’yini, rolli o’yin, integral dars. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish davlat darajasi masalasiga aylangan. Ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faoliyatga yo’naltirish muammosiga jahon pedagogika va psixologiya ilmida alohida e’tibor qaratilib kelyapti. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish jarayonida ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xususiyatga egaligi, bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. Bunda pedagog xodimlarning intellektual sifatlari hamda kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, ta’lim va tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti barqarorligini ta’minlash, aralash https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 ta’lim tamoyili asosida ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o’qitishning samarali usullarini ishlab chiqish muhim dolzarblik kasb etadi. Dunyoda boshlang’ich ta’limning nazariy-metodologik jihatlarini takomillashtirish, o’quvchilarda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari va ta’sir etuvchi omillarini aniqlashtirish, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borish juda zarurdir. Milliy ta’lim tizimimizda o’qitish va tarbiyalash jarayonining samaradorligi hamda natijaviyligini ta’minlash eng muhim talabi hisoblanadi. Bunda o’qituvchidan yuksak kasbiy bilim, pedagogik mahorat va o’qitish jarayonida interfaol ta’lim usullaridan foydalanishga oid ko’nikmalar talab qilinadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan bilim va tajribalarni o’zlashtirishida didaktik o’yinlar asosida o’quv jarayonini tashkil etish juda muhim ahamiyatga ega. O’yin darslari – ijtimoiy tajribani o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi. Shuning bilan birga o’yin bolaning faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shakli bo’lib, sof holdagi o’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo’lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli o’yinlarni o’ynaydilar. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi, Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi.Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash- yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob ko’nikmalarini shakllantirish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’limtarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va xarbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dars shakllariga to’xtalib o’tamiz: Ishchanlik o’yini darsi - dars mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida o’quvchilar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola yosh avlod tarbiyasining dolzarb muammolaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola yosh avlod tarbiyasining dolzarb muammolaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy fikrlash, rolli o’yin, didaktik o’yin, o’yin, Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, ishchanlik o’yini, integral dars.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники