К содержанию
РецензированоUZ1920

ABDULLA QODIRIY SHE’RIYATIDA MA’RIFATPARVARLIK G`OYALARI

O`rolova Dinora

Лучшие интеллектуальные исследования · 1920

Аннотация

Maqolada buyuk jadidlardan biri bo`lgan Abdulla Qodiriyning she’rlari tahlilga tortildi. She’rlarida qalamga olingan o`sha davr jamiyatidagi illatlar va ma’rifatsizlikning sabablari o`rganib chiqildi. Har bir she’r alohida tahlil qilinib, ularning uslubi, mavzusi hamda ilgari surgan g`oyalari o`rganildi. KALIT SO`ZLAR: “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag`il”, “Ahvolimiz”, “To`y”, she’rlar, ma’rifatparvarlik, millat, milliy ruh, jamiyatdagi illatlar. O`zbek xalqining har bir xonadoniga Otabek, Kumush, Anvar, Ra’nolar qiyofasida kirib borgan Abdulla Qodiriy millat uchun ilm-ma’rifat suv va havodek zarur bo`lgan, yurt tepasida johil shaxslar egalik qilayotgan bir zamonda hayotini tazyiqlar, xavf-xatarlar ostiga qo`yib bo`lsa ham millati uchun yozishdan to`xtamadi. Adib ko`p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida keskin burilish yasab yangi bosqichni boshlab bergan nodir asarlar yaratdi. Bu jihatdan, Muxtor Avezov "Abdulla Qodiriy asarlari 1920-yillarda go‘yo tekis sahroda to‘satdan Pomir tog‘lari vujudga kelgandek paydo bo‘ldi..."-deb ta’kidlagan edi. U yaratgan qahramonlari orqali xalqni hamisha ma’rifatli bo`lishga, jamiyatdagi illatlarni yo`q qilishga, ma’naviyat va ma’rifatni, milliy qadriyatlarni yuksaltirishga undadi. Shu bilan birga, ijodkor barcha asarlarida o`zbek xalqiga xos bo`lgan milliy ruhni tarannum etdi. Ushbu milliy ruhni uning nafaqat nasriy asarlari, balki oz sonli she’rlarida ham kuzatishimiz mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 3 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 “Tog‘larning viqorini ko‘rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi shunday holat buyuk ishlar va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla Qodiriyning so‘nmas ijod bahosining buyukligini ko‘rish va tushunish uchun yarim asrdan ortiq vaqt talab etildi” – deb yodga olgan edi Izzat Sulton o‘z esdaliklarida. Darhaqiqat, ijodkorning yozgan asarlarini, g`oyalarini bir asr o`tgan bo`lsa-da to`liq anglab yetolganimiz yo`q. Abdulla Qodiriy shoir sifatida yozgan she’rlari bor-yo‘g‘i “To‘y”, “Ahvolimiz” va “Millatimga bir qaror”. “Fikr aylag‘il” kabi oz bo‘lsa-da o`zining, mavzulari, mazmuni, chuqur ma’nolari bilan hozirgacha ahamiyatini yo`qotmay kelmoqda. Qodiriyning shoir sifatidagi ilk she’ri “To`y” bo`lib u da’vat, chaqiriq ruhida yozilgan. She’rda milliy urf- odatlarimizdan biri hisoblangan to`y marosimi tanqid ostiga olingan. To‘y boy, ma’lum bir moddiy resursga ega bo‘lganlar uchun pisand bo‘lmasa-da, beva- bechora mehnat ahli uchun ko‘p hollarda anchagina qiyin bo‘lgan. Buning ortidan ko`plab mehnatkash va kambag`al xalq qarzga botib, halokat yoqasiga borib qolardi. Shuning uchun ham ijodkor “kori ma’jusi, kori shayton to‘y”lardan voz kechishga da’vat etib, Besh kun to‘yni so‘ngidin Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y. Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab Etdi sarf toki tandagi jon to‘y1.-deya arz qiladi. Bu haqida ijodkor o`zining yana bir she’ri “Fikr aylag`il”da ham “Yer sotarlar elda necha to‘y bajo etmak uchun, Chunki bid’atin yo‘lida ham fidodur jonu tan”2- deya shu mavzuga qayta murojaat qiladi. Bundan mamlakatda avj olgan ochlik, qashshoqlik vaqtida shoir ushbu muammoga befarq qarab turolmaganini anglashimiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, bu masala hozirgi vaqtda ham jamiyatdagi muammolardan biri bo`lib 1 Abdulla Qodiriy, “Sadoyi Turkiston” 1915 yil, 64-son, 20 mart, 2-bet 2 Abdulla Qodiriy“Oina” jurnali, 1915 yil, 12-son, 5-bet https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 4 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 qolmoqda. Bu borada Xayriddin Sulton: “Eng muhimi, o`zbek xalqining milliy g`oyasini juda muxtasar tarzda, bor-yo`g`i ikkita so`z orqali ifoda etsa bo`lar ekan. Ya’ni asrlar sinovidan o`tib, o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, tuproqda chirimaydigan metin bir tushuncha, sobit bir e’tiqod bo`lib shakllangan, o`zbek xalqining hayot va mamot tarziga aylangan bizning g`oyamiz “to`y-hasham” degan soddagina so`zlarda mujassam topar ekan. Bu o`rinda “to`y” so`zi faqat to`y- tantanani emas, balki milliy odatlarimiz bilan chambarchas bog`langan, marjonday tizilib keladigan bir qator tushunchalarni – a’za, ma’raka-marosimlarni anglatsa, “hasham” so`zi dabdaba, namoyish, boyligi yoki mavqeyini (bor-yo`qligidan qat’i nazar) ko`z-ko`z qilib, shundan chuqur mamnuniyat va qanoat his etib yashashni anglatadi”3.-deb aytib o`tgan. To‘g‘ri, to‘y oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘, qo‘ni- qo‘shni, mahalla-ko‘yni bir-biriga yaqinlashtiradi. Biroq ikkala adib ham bu milliy urf-odat va an’analar ortidan isrofgarchilikka yo`l qo`yilishini xohlamaydi. Xuddi shunday, Qodiriyning “Ahvolimiz” she’rida yoritilgan mavzular, muammolar ham haligacha o`zgarmaganini payqash mumkin. Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz. G`aflatda yotgan millatga murojaat qilar ekan ijodkor jamiyatdagi bir qancha illatlarni sanab o`tadi. Jumladan, yoshlarning “kokil solib, oh-voh” bilan o`tayotgan umrlariga achinadi. Hamda ularning “har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib” o`tirishini millatdagi qoloqlik, loqaydlikning bir sababi qilib ko`rsat

Доказательный фрагмент

«Maqolada buyuk jadidlardan biri bo`lgan Abdulla Qodiriyning she’rlari tahlilga tortildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada buyuk jadidlardan biri bo`lgan Abdulla Qodiriyning she’rlari tahlilga tortildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik, jamiyatdagi illatlar., KALIT SO`ZLAR: “Millatimga bir qaror”, she’rlar, “Fikr aylag`il”, millat, milliy ruh, “To`y”, “Ahvolimiz”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники