Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY XIZMATCHILARNING AHLOQIY-RUHIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHДА TARBIYAVIY ISHLARNING О‘RNI.
HARBIY XIZMATCHILARNING AHLOQIY-RUHIY · TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHДА TARBIYAVIY · ISHLARNING О‘RNI. · Saburov Alisher Ikramovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье рассмотрены проблемы и решения в организации психологической службы в воинских частях, психологической подготовки Ключевые слова: Моральная-духовная подготовка, психологические характеристики, различные профессиональные подготовки, психологические тренинги, знания, умение, профессионализм. Annatation: This article examines the problems and solutions in organizing psychological services in military, units psychological preparation for military service, professional competencies and issues of their adaptation. Keywords: moral and spiritual preparation, psychological characteristics, various professionaltrainings, psychological trainings, knowledge, skill, profesionalizm. Kirish Harbiy xizmatning murakkabligi va xavf-xatarli sharoitlari harbiy xizmatchilardan yuqori axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati tug‘iladi. Harbiy jamoada komandirlar harbiy xizmatchilarning birinchi harbiy hayotga qadam qo‘ygan davridan boshlab salomlashishi va ko‘rishishini milliy- harbiy ruhda o‘rgatishi an’anaga aylangan. Chunki salomlashish va alik olish ya’ni “Assalomu alaykum”, “Sog‘lik-salomatlik tilayman”-deb salom berish va https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 6 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 “Vaalaykum assalom” tarzda javob qaytarishi o‘zbek harbiylarining axloq-odob, xulq-atvor qoida normalarining yig‘indisi deb izohlash mumkin. Harbiy xizmatchilarimizning salomlashish an’anasi millatning obro‘si, g‘ururi, faxri, madaniyati hamda ma’naviyatining bir tarkibiy qismi bo‘lgandagina teranroq tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Millatning faxri hamda harbiy xizmatchilarni jamoada tarbiyalashning milliy ishonchli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shundan keyin yosh ofitserlarning salom berish va alik olishga bo‘lgan intilishi, qiziqishi, xohishi ortadi. Harbiy jamoada komandirlarning qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar salomlashishi va alik olish mohiyatini anglatishi bag‘oyat muhim. Buning uchun komandirlar avvalo salomlashish haqida ma’lumot berishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, harbiylarimizning eng qadimgi an’analaridan biri bemorlardan hol-ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat tushganda yordam berish an’anasidir. Oilada uzoq vaqt betob bo‘lib qolgan kishilarni, yoshi ulug‘ yoki yosh bo‘lishidan qat’iy nazar hol-ahvol so‘rash avloddan avlodga o‘tib kelayotgan harbiy- insonparvarlik an’analaridan biridir. Mazkur an’ana mazmuni axloq-odobga oid hadis namunalarida quyidagicha asoslangan. “Mo‘minlarning bir-birlariga oltita haqlari bor: salom berish, chaqirsa borish, maslahat so‘rasa berish, aksirsa, javob aytish, kasal bo‘lsa, borib ko‘rish, betobligingda seni ko‘rgani kelmagan odamni sen borib ko‘raver. Senga xayru ehson qilmagan odamga sen xayru ehson qilaver; bemorni ko‘rgani borganda uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib hol-ahvol so‘rash barkamol ziyorat hisoblanadi. Qo‘l berib salomlashish mukammal bo‘ladi va hakazo. Haqiqatan ham hadislarning har biri hayotda yashayotgan kishilar oldiga muayyan insoniylik ma’suliyatlarini yuklaydi. Bu mas’uliyatlarsiz har qanday odam etuk, barkamol bo‘la olmaydi. Harbiy xizmatchilarning psixologik-munosabatlarining axloqiy tarbiyada ko‘rinishi https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 7 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Urushda g‘alabaga erishish harbiy, iqtisodiy va ma’naviy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Urushni muvaffaqiyatli olib borish uchun uni jangovar texnika va qurollar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin, yuksak malakali ofitserlar va boshqa narsalar bilan ta’minlash zarur. Bundan tashqari ma’naviy omil-xalq va Qurolli Kuchlarning ma’naviy jihatdan birligi muhim ahamiyatga ega. Qurolli Kuchlarning ma’naviy ruhi quyidagi 3ta sifatni o‘z ichiga oladi: shaxsiy tarkibning g‘oyaviy-siyosiy holati; shaxsiy tarkibning axloqiy-jangovar holati; shaxsiy tarkibning ruhiy holati. Quroli Kuchlar ma’naviy ruhining eng muhim tashkil qiluvchisi g‘oyaviy- siyosiy jihat hisoblanadi. U narsa shaxsiy tarkibning g‘oyaviy va siyosiy jihatdan qanchalik etukligida o‘z ifodasini topadi. Bular g‘oyaviy e’tiqodlilik, vatanparvarlik, dushmanlardan nafratlanish, baynalminallik, o‘z burchi va majburiyatini yuksak darajada anglash, shuningdek, galabaga erishish yo‘lida har qanday yo‘qotish va qiyits. chiliklarga chidab berishdir. Qurolli Kuchlar ruhining ahloqiy-jangovar tomoni esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish; • jangovar mahorat; • o‘z harbiy texnikasi va quroliga ishonch hissi; • o‘z komandirlariga, o‘z-o‘ziga va g‘alabaga bo‘lgan ishonch; Harbiy jamoa psixologiyasidagi axloqiy-jangovar komponent yuksak jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyatni his qilishda va shuningdek, jangovar jipslikka erishishda, hujumkorlik va shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli Kuchlar ahloqiy ruhining psixologik tomoni shaxsiy tarkibdagi ahloqiy-siyosiy va jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchila
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассмотрены проблемы и решения в организации психологической службы в воинских частях, психологической подготовки Ключевые слова: Моральная-духовная подготовка, психологические характеристики, различны…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассмотрены проблемы и решения в организации психологической службы в воинских частях, психологической подготовки Ключевые слова: Моральная-духовная подготовка, психологические характеристики, различны… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moral and spiritual preparation, psychological characteristics, knowledge, Ключевые слова: Моральная-духовная подготовка, Keywords: moral and spiritual preparation, психологические характеристики, psychological trainings, умение, различные профессиональные подготовки, знания, профессионализм., various professionaltrainings, profesionalizm., skill, психологические тренинги
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026