Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARBIY XIZMATCHILAR O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISHINING PSIXOLOGIK USULLARI HAMDA JAROHATDAN KEYINGI STRESSDA BEZOVTALANISH BILAN ISHLASH AMALIYOTI.
ISHLASH AMALIYOTI. · Raximov Alisher Farxadovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 13 · 2025
Аннотация
В связи с увеличением количества чрезвычайных ситуаций и катаклизмов, а также серьезности последствий, одной из важнейших профессий является деятельность спасателя. Его сложность заключается во влиянии экстремальных факторов различной природы, в разнообразии трудовых задач, в значительном физическом и психологическом перенапряжении, которое оказывает свое влияние на личность Спасителя и его профессиональную мотивацию. Tayanch tushunchalar: Harbiy xizmatchilarining psixologik tayyorgarligi. Hissiy-irodaviy barqarorlik. Shaxsiy tarkibda empatiya. Kasbiy sogʻlom raqobat. Surunkali stres. Stress reaksiyalarini sun’iy bostirish. Emotsional-quvvat resurslari. Ekstremal stressdan keyin odamda 2 xil holat yuzaga kelishi mumkin: https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 3 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Odam travmatik tajribaga ega bо‘ladi, uni tan oladi va u bilan asta-sekin yashab, u bilan kurashishning ozmi-kо‘pmi konstruktiv usullarini ishlab chiqadi. Odam travmatik tajribaga ega bо‘ladi, lekin voqeaga shaxsiy munosabat bildirmaydi (baxtsiz hodisa, odatiy hodisa, tangrining xohishi), uni "unutishga" harakat qiladi, uni ongdan chiqarib yuboradi, stress asoratlari bilan kurashishning konstruktiv bо‘lmagan usullarini ishlab chiqadi. Travmaning har qanday asoratlari tabiiy holat, ya’ni normaldir. Birinchi holatda, odam asta-sekin vaziyatdan o‘zi mustaqil chiqa oladi; boshqasida, uning yolg‘iz o‘zi buni qila olmaydi. Ushbu holatlarning har ikkalasida ham azob- uqubatlardan va kuchli hissiy tajribalardan qochib bo‘lmaydi. Xulq-atvor strategiyalari. Mutaxassislar psixologik jarohatni boshdan kechirgan odamlar uchun bir nechta strategiyalarni ishlab chiqishgan. Jabrlanuvchilar vaqt o‘tishi bilan travmatik xotiralar va o‘ylarni bostirish orqali, ular qo‘zg‘atadigan his-tuyg‘ulardan qochishni boshlaydilar. Qochish turli shakllarda bo‘lishi mumkin - masalan, kuchli ichki noqulaylikdan halos bo‘lish uchun voqeani eslashdan qochish, giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. American Journal of Epidimology jurnalida chop yetilgan tadqiqotga ko‘ra, Nyu-York Tibbiyot Akademiyasi olimlari 2001 yil 11 sentabrgacha va undan keyin psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish holatlari haqida tadqiqot olib borganlar. Natijalarga ko‘ra, sigaret chekuvchilarning taxminan 10 foizi ko‘proq chekishni boshlaganlar. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlarning 20% dan ortig‘i yanada ko‘proq ichishni boshlaganini aytishgan. Tadqiqot natijalari irqiy yoki etnik farqlarni aniqlamagan, ammo 65 yoshdan oshgan, kam daromadli, ajrashgan yoki turmush qurmaganlar psixoaktiv moddalarni ko‘proq iste’mol qilishini aniqlaganlar. https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 4 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Psixik jarohatlarga uchragan odamlarning xatti-harakatlarida ko‘pincha travmatik hodisalarni qayta boshdan kechirishga nisbatan ongsiz istak paydo bo‘ladi. Bu xulq-atvor mexanizmi odamning ongsiz ravishda umumiy yoki uning ba’zi jihatlariga o‘xshash vaziyatlarda ishtirok etishga intilishida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa kompulsiv xatti-harakatlar deb ataladi va deyarli barcha turdagi travmalarda kuzatiladi. Masalan, urush faxriylari yollanma askarga aylanishadi. Zo‘ravonlikka uchragan ayollar ularga yomon munosabatda bo‘lgan erkaklar bilan munosabatlarga kirishadilar. Bolalikda jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan odamlar katta bo‘lganida fohisha bo‘lishlari mumkin. Travmatik vaziyatni boshidan o‘tkazgan ko‘pchilik odamlar, ayniqsa bolalar, sodir bo‘lgan voqea uchun o‘zlarini ayblashga moyil. Bu holatda javobgarlikni qisman o‘z zimmasiga olish nochorlik va zaiflik tuyg‘ularini qoplash imkonini beradi. Jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari sodir bo‘lgan voqea uchun o‘zlarini aybdor deb hisoblasa, ularda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaganlarga qaraganda tuzalish prognozi ancha yaxshiroq natija ko‘rsatadi. Travma bilan kurashishnig konstruktiv strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Boshqalarning baxtsizligini yengillashtirishga urinish. Masalan, Amerika politsiyasi orasida bolaligida zo‘ravonlikdan aziyat chekkan odamlar juda ko‘p. Himoyachi qidirish. Ko‘pincha bular bolaligida yomon munosabat ko‘rgan ayollardir. Ular erlariga juda kuchli mehr va qaramlikka moyil (ular bir kun ham erlaridan ajralib turolmaydilar, yolg‘iz uxlay olmaydilar va hokazo). Hamkorlik. Jamoat tashkilotiga qo‘shilish, shunga o‘xshash vaziyatni boshdan kechirgan odamlar bilan birlashish (faxriylar jamoalari, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari, giyohvandlarni davolash va boshqalar). https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 5 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Yuqoridagi xulq-atvor strategiyalari travmatik vaziyatni boshdan kechirishning umumiy dinamikasini rad qilmaydi. Travmatik vaziyatni boshdan kechirish dinamikasi to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich - inkor etish yoki shok bosqichi. Jarohatli omil ta’siridan so‘ng darhol yuzaga keladigan ushbu bosqichda odam sodir bo‘lgan narsalarni hissiy jihatdan qabul qila olmaydi. Psixika travmatik vaziyatning halokatli ta’siridan himoyalangan bo‘lib, bu
Доказательный фрагмент
«В связи с увеличением количества чрезвычайных ситуаций и катаклизмов, а также серьезности последствий, одной из важнейших профессий является деятельность спасателя.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ связи с увеличением количества чрезвычайных ситуаций и катаклизмов, а также серьезности последствий, одной из важнейших профессий является деятельность спасателя. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tayanch tushunchalar: Harbiy xizmatchilarining psixologik tayyorgarligi. Hissiy-irodaviy barqarorlik. Shaxsiy tarkibda empatiya. Kasbiy sogʻlom raqobat. Surunkali stres. Stress reaksiyalarini sun’iy bostirish. Emotsional-quvvat resurslari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025