Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOTIN –QIZLAR IJTIMOIY FAOLLIGIINING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA KO‘RSATAYOTGAN TA’SIRI
TARAQQIYOTIGA KO‘RSATAYOTGAN TA’SIRI
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes the role of women in society and the necessity and importance of increasing their social activity. Women's participation in economic, political, cultural and social processes not only improves their personal life, but also contributes to the sustainable development of society. The article shows ways to ensure equality, justice and prosperity in society by increasing women's activity. Also, the tasks facing the state and society to ensure gender equality, protect women's rights and fully realize their potential have been highlighted. Key words: Women's rights, Social activism, Equality and inclusion, Gender equality, Economic independence, The role of women, Progress and development, Spiritual education, Education and training, Support for women Jamiyat taraqqiyoti har bir a’zosining, jumladan, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligiga bevosita bog‘liq. Xotin-qizlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol ishtirok etishi, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamonda jamiyat taraqqiyoti uchun tenglik, inklyuziya va hamkorlikka asoslangan siyosatni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish masalasi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi jamiyatda turli sohalardagi masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishiga ta’sir qiladi. Ayollar ijtimoiy hayotga faol jalb qilingan taqdirda, ularning turli sohalardagi yondashuvlari, fikrlari va yordami bilan jamiyatda samarali ishlab chiqarish jarayoni yaratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlar https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 2 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 shunga ishora qiladiki, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi faol ishtiroki jamiyatdagi tenglikni mustahkamlaydi, innovatsiyalarni qo‘llab- quvvatlaydi va qashshoqlikni kamaytiradi.Biroq, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga to‘sqinlik qiladigan omillar mavjud. Ularning asosiysi — gender stereotiplari va patriarxal tizimlar. Bu tizimlar xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini cheklaydi va ularni uy-ro‘zg‘or ishlari bilan cheklanishga majbur qiladi. Shu sababli, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun bu kabi to‘siqlarni bartaraf qilish zarur. Xotin-qizlar ijtimoiy faolligining jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri ko‘p jihatdan yaqqol ko‘zga tashlanadi .Ayollarning ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb qilinishi mehnat bozorida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Ayollarning iqtisodiy hayotda ishtirok etishi ularning shaxsiy daromadlarini oshiradi va shu bilan birga jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, agar ayollarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki bir necha foizga oshsa, davlat yalpi ichki mahsuloti sezilarli darajada o‘sadi. Siyosiy jarayonlarda xotin-qizlarning faol ishtirok etishi gender tenglikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki orqali qonunlarning barcha a’zolar manfaatiga muvofiq bo‘lishi ta’minlanadi. Xotin- qizlarning siyosiy jarayonlarda ko‘proq ishtirok etishi jamiyatda adolat va tenglikka asoslangan tuzilmalarni yaratishga ko‘maklashadi.Xotin-qizlar salomatlik va ta’lim sohalarida faol ishtirok etgan holda, kelajak avlodlar sog‘lom va bilimli bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ayollarning ta’lim sohasidagi faolligi kelajak avlodlarning yuqori malakali va bilimli bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, ayollar sog‘liqni saqlash sohasida faol bo‘lsa, bolalar o‘limini kamaytirish va oilalarda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi madaniy qadriyatlarni yangilash va ularni jahon madaniyati bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollar ijtimoiy va madaniy jarayonlarda faol bo‘lishsa, ular yangi g‘oyalarni ilgari surish, innovatsiyalarni https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 3 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda quyidagi strategiyalar muhim ahamiyat kasb etadi: Ta’limni kengaytirish va rivojlantirish: Ta’lim ayollar uchun ijtimoiy faollikning asosiy vositasi hisoblanadi. Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy malakasini oshirish va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash mumkin. Tenglikni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatlar: Ayollarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim qismidir. Tenglikni ta’minlashga qaratilgan qonun va siyosatlar jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. Mediada ayollarning faolligini yoritish: Media va ijtimoiy tarmoqlar orqali xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yoritish ularning ishonchini oshiradi va jamiyatdagi ijobiy imidjini shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, ko‘proq ayollarni ij
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of women in society and the necessity and importance of increasing their social activity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of women in society and the necessity and importance of increasing their social activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Women's rights, Social activism, Equality and inclusion, Gender, Key words: Women's rights, Экономическая независимость, Социальная активность, Ключевые слова. Права женщин, Поддержка женщин, The role of women, Support for women, Economic independence, Ijtimoiy faollik, Spiritual education, Образование и обучение, Прогресс и развитие, Духовное образование, Iqtisodiy mustaqillik, Gender tengligi, Kalit soʼzlar: Xotin-qizlar huquqlari, Progress and development, Tenglik va inklyuzivlik, Gender equality, Роль женщины, Education and training, O‘qish va ta’lim, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, Xotin-qizlarning roli, Ma’naviy tarbiya, Ravnaq va araqqiyot, Гендерное равенство, Равенство и инклюзивность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025