Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O’ZBEKISTONDA TA’LIM KLASTERI
Qodirov Barhayotjon Sobirjonovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 112-117 · 2025
Аннотация
The article philosophically analyzes the essence of the cluster approach and its implementation as an important factor in innovative development. Keywords: innovation, development, human capital, education, innovative development. SHuni aytish kerakki, yangi O’zbekiston bu mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo’lining yuqori bosqichidir. Ya’ni, yangi O’zbekiston - «o’zgarib, kuch-qudratga to’lib borayotgan, dunyo ahli e’tirof etayotgan yangilangan jamiyat, dunyoga yuz tutayotgan erkin bir o’lkadir». SH.Mirziyoev yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi. Xususan, unda amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar qilib quyidagilar belgilandi: https://scientific-jl.com/luch/ 5 9 Часть-41_ Том-3_ Март-2025 «– erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash; – adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash; – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish; – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; – ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish; – global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish; – tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish». SHuningdek, «taraqqiyot strategiyasida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g’oya va bosh mezon qilib olindi». Darhaqiqat, mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilab berar ekan, «yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat» ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi. E’tiborli jihatlaridan biri shundaki, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida birinchi o’ringa shaxs, inson qadri yuqori o’ringa qo’yilib, «inson – jamiyat – davlat» degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil etadi. Bir so’z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr- qimmati bosh maqsadga aylangan. Tan olib aytish joizki, o’tgan 5 yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu bilan birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to’sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar ham yo’q emas. Kelgusi 5 yilda bu borada ijtimoiy yo’nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega, albatta. O’tgan yillar mobaynida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlarga nazar soladigan bo’lsak, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslar bilan ishlashning «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» kabi yangicha https://scientific-jl.com/luch/ 6 0 Часть-41_ Том-3_ Март-2025 ishlash mexanizmi joriy etildi. Ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirildi. Xalqimiz salomatligini ta’minlash doimo ustuvor vazifa bo’lgan. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2017 yilda sog’liqni saqlash tizimiga byudjetdan ajratilgan jami mablag’lar 7,1 trln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yilga kelib bu ko’rsatkich 14,8 trln. so’mga yetdi. Prezident o’z nutqida «ushbu sohaga yo’naltiriladigan mablag’larni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish» mo’ljallanayotganini e’lon qilishi mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan zahmatkash shifokorlarning mehnatlariga davlat tarafidan bo’layotgan yuksak e’tibor namunasi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, keng ko’lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo’lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kamarbasta bo’lishiga umid qilamiz. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi hamda xalqimizni umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonchimiz komil. Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida ilm-fan asosida Uchinchi Renessans poydevorini qurish eng muhim vazifa qilib belgilandi. Ayniqsa, Oliy ta’limga qamrovni 50 foizga chiqarish vazifasi qo’yildi. Vaholanki, bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi «2016 yili 9 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilga kelib 28 foizni» tashkil qilmoqda. Har bir viloyatda yangi oliygohlarni qurish maqsad qilindi. Ayni paytda nafaqat xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham bu – Yangi O’zbekistonni qurish yo’lidagi eng to’g’ri strategiya ekanligini haqli ravishda e’tirof etmoqda. https://scientific-jl.com/luch/ 6 1 Часть-41_ Том-3_ Март-2025 Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, maktabgacha ta’limdagi qamrov daraj
Доказательный фрагмент
«The article philosophically analyzes the essence of the cluster approach and its implementation as an important factor in innovative development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article philosophically analyzes the essence of the cluster approach and its implementation as an important factor in innovative development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, development, human capital, education, innovative, inson kapitali, человеческий капитал, Ключевые слова: инновации, rivojlanish, innovative development., ta’lim, кластер, Keywords: innovation, образование, innovatsion rivojlanish., Kalit so’zlar: innovatsiya, инновационное развитие., развитие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025