Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHASINING O‘ZIGA HOS HUSUSIYATLARI
Djumaboev Jaloliddin Zayniddinovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article provides scientifically based information on the legality of most activities and actions in society, some aspects of the specific nature of the concept of legal behavior. Keywords: Law, social relations, legal behavior, society, subject, object, subjective side, objective side https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 4 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida kishilar xulq- atvoriga ta’sir etadi va shu tariqa ularning xatti-harakatini huquqiy xulq-atvorga aylantiradi. Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yuridik adabiyotda asosiy diqqat e’tibor kishilar xulq-atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib, huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Aslida jamiyatdagi aksariyat faoliyat va xatti-harakatlar huquqqa muvofiq, ya’ni huquqiydir. Huquqiy xatti-harakatlar — shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga muvofiq bo‘lishidir. Bu qonunga mos, yuridik shaklda ifodalangan ijtimoiy xatti- harakat bo‘lib, u tufayli huquq amalga oshadi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalaming dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy xatti-harakat yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning me’yoriy hayot faoliyati tartibga solinadi, fuqarolaming huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalda bo‘ladigan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy xatti-harakatlardir. Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonunga mos ijtimoiy — foydali harakati yoki harakatsizligi tushuniladi. Bunday xulqatvor jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadi. Huquqiy xulq-atvor jamoalar va yakka shaxslarning, umuman davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarining huquq normalari asosidagi faoliyati bo‘lib, bunda huquqiy taqiqlarga rioya etiladi, yuridik majburiyatlar bajariladi, subyektiv huquqlardan foydalaniladi, shuningdek, vakolatli subyektlar tomonidan huquq o‘matiladi va u amalga oshiriladi. Keng ma’noda fikr yuritiladigan bo‘lsa, huquqiy xulq-atvor doirasiga ham huquq ijodkorligi, ham huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan butun “huquqiy makon” kiradi. Individ (shaxs) faoliyatining irodaviy xususiyati va ijtimoiy belgilanganligini inobatga olgan holda, uning huquqiy xulq-atvoriga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Shaxsning huquqiy xulq-atvori deganda, inson faoliyatining irodaviy faol va normativ-huquqiy jihati tushunilib, bunda https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 5 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 subyektning huquqiy prinsiplar va normalarga ijobiy munosabati namoyon bo‘ladi va u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda kishilaming xulq-atvori turli shakllarda namoyon bo‘lib, ulaming ifodalanishi, samarasi, motivlari, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Huquqqa muvofiq xulq-atvor huquqiy norma bilan ushbu norma ta’minlashi kutilayotgan ijtimpiy samara (natija) o‘rtasi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur xulq-atvor turmushda qonuniylik rejimi talablarini amalga oshirish natijasidir, barcha huquqiy xulq-atvorlar yig‘indisi esa, mohiyat-e’tiboriga ko‘ra jamiyatda huquqiy tartibotning tantana qilishidir. Huquqiy xulq-atvoming о ‘ziga xos belgilari: Ijtimoiy foydaliligi — bunda huquqiy xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi; Ixtiyoriyligi va ongliligi - bunda jamiyat a’zolarining asosiy qismi huquqiy harakatlami jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki o‘z ixtiyorlari bilan huquqni hurmat qilish asosida amalga oshiradi; Huquq normalariga muvofiqligi — shaxslaming xatti-harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va o‘matilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari bilan ruxsat etilgan chegaralarda bo‘lishi talab qilinadi. Huquq qoidalariga amal qilish, yuridik majburiyatlami bajarish, berilgan huquqlardan foydalanish, maxsus subyektlar tomonidan huquqni qo‘llash bularing barchasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi. Huquq nazariyasida qaror topgan talqinga ko‘ra xulq-atvor — huquqqa muvofiq, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi xulq-atvor bo‘lishi mumkin. Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt elementning birligidan iborat: subyekt, obyekt, subyektiv tomon va obyektiv tomon. https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 6 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Subyektlar sifatida qonunda belgilangan tartibda tan olingan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Obyektlar bo‘lib moddiy dunyoning ne’matlari, ijodiy faoliyat natijasi va subyektlaming xulqi hisoblanadi. Obyektiv tomon huquqiy xulqning harakat yoki harakatsizlik shakllarida namoyon bo‘lishidir. Subyektiv tomon huquqiy xulq-atvoming ichki tomonlarini ifodalab, u huquq subyektlarining harakatlari motivlari, ruhiy holati, ichki kechinmalari hamda mas’uliyatlilik darajasi bilan tavsiflanadi. Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega, U o‘z xususiyatiga ko‘ra bir xil emas. Shaxsning huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasig
Доказательный фрагмент
«This article provides scientifically based information on the legality of most activities and actions in society, some aspects of the specific nature of the concept of legal behavior.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides scientifically based information on the legality of most activities and actions in society, some aspects of the specific nature of the concept of legal behavior. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Law, social relations, legal behavior, society, subject, object, общественные отношения, subyektiv tomon, общество, объект, jamiyat, obyektiv tomon., huquqiy xatti-harakat, Ключевые слова: Право, obyekt, subyekt, Keywords: Law, Kalit so’zlar: Huquq, субъективная сторона, ijtimoiy munosabatlar, objective side, subjective side, правовое поведение, объективная сторона, субъект
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026