К содержанию
РецензированоUZ2025

YO‘SINTOIFA O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI TASNIFI

Olimova Gulbadanbegim ADPI

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada yo‘sintoifa toifa(Bryophyta )o‘simliklar vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payishi haqida bayon qilingan. Kalit so'zlar: Flora, qabila, spora, funariya, kakku zig‘iri, marshansiya. O‘simliklar olamidan insonlar o‘zlarining ehtiyojlari uchun foydalanadi. Tabiatning muhim tarkibiy qismi hisoblangan flora dunyosi vakillari atmosferani kislorodga boyitish, organik moddalarni to‘plash va biologik moddalarni me'yoriy aylanishini ta'minlaydi. Fotosintez natijasida karbanat angidridni yutadi va kislorodni ajratadi, o‘zi ajratgan kislorodning bir qismidan o‘zlari ham foydalanadi. Dorivor turlaridan tibbiyotda ham foydalanadi.Tabiatda foydali o‘simliklardan tashqari zararli turlari ham bor. Yo‘sintoifa o‘simliklari flora dunyosida muhim ahamiyatga molik tur o‘simliklar hisoblanadi. Yo‘sintoifa-Bryophyta o‘simlikar bo‘limi yuksak o‘simliklar ichida eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklardir. Bo‘limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya‘ni tur soni jixatidan yuksak o‘simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o‘rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o‘t o‘simliklar bo‘lib suv o‘tlariga ancha yaqin turadi.Chunki vegetativ tanasi tallom shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlar ildiz vazifasini bajaradi. Rizoid poyaning tashqi qavat hujayralaridan hosil bo‘lgan ildiz vazifasini bajaruvchi o‘simtalar bo‘lib bir xildagi hujayralardan tuzilgan va o‘tkazuvchi https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 2 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 to‘qimalardan iborat bo‘lmasligi bilan ildizdan farq qiladi. Biroq ayrim yo‘sinlarning tanasida mexanik va o‘tkazuvchi to‘qima rivojlangan.Barglari oddiy o‘troq. Yo‘sinlar suvo‘tlarini quruqlikda yashashga moslashishi natijasida kelib chiqqan sporali yuksak o‘simliklardir. Ular xilma-xil ekologik muxitda tarqalgan, yer yuzining mo‘tadil iqlimli nam va salqin joylarida shuningdek tundra va tog‘ zonalarida tarqalgan. Ular lishayniklarga o‘xshab suvsizlikka chidamli bo‘lganligi uchun uzoq vaqt suvsizlikdan keyin qulay sharoit kelishi bilan ya‘na rivojlana boradi. Ular past bo‘yli ko‘pchiligi mikroskopik tuzilishga ega bo‘lib, tanasi qisqa o‘t poya va juda oddiy tuzilgan barglardan iborat. Moxlarning ichki tuzilishi ham oddiy. Tanasida assimilatsiyalovchi to‘qima hamda boshqa yuksak tuzilishli o‘simliklarga solishtirilganda uncha rivojlanmagan o‘tkazuvchi, mustahkamlik beruvchi g‘amlovchi va qoplovchi to‘qimalari mavjud. Ularni ko‘payishi jinsiy va jinssiz bo‘g‘inlarni gallanishi bilan amalga oshadi. Moxlarni rivojlanish jarayonida xosil bo‘lgan gametofitning fiziologik xususiyatlarini boshqa yuksak tuzilishli o‘simliklarga nisbatan kengroq namoyon bo‘ladi. Gametofit jinsiy ko‘payish bilangina qolmay, u fotosintez, suv almashinuvi, moddalar almashinuvi kabilarni amalga oshiradi. Sporofit spora xosil qiladi xolos. Bir hujayrali sporadan gametofit rivojlanib shoxlangan yashil ipsimon o‘simta protonema va uning ba‘zi qismlaridan kurtaklar paydo bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishda qatnashadigan arxegoniy anteridiylar ham ko‘p xosil bo‘ladi. Anteridiylar kalta bandda joylashgan 1 qavat qopcha bilan qoplanib undan 2 xivchinli spermatozoid xosil boladi. Arxegoniy kolbachasimon uni kengaygan pastki qismida tuxum xujayra joylashadi. Ular suv muhutida urug‘lanib gametaning keyingi rivojlanishi arxegoniya ichida amalga oshadi. Ma‘lum muddatdan so‘ng sporogon shakllanadi. Sporogon bitta sporofit va sporongiydan iborat. Sporofiti mustaqil rivojlanmaydi. Yo‘sinlarni hayot tarzi sernam yerda o‘tsada gametafitini rivojlanishi havo muhitida o‘tadi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 3 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Moxlar juda sekin yiliga 1-2mm dan bir necha sm gacha o‘sadi. Moxsimonlar sistematik jihatdan 3 guruhga sinfga: 1. Jigarsimon yo‘sinlar-Marchantiopsida 2. Antoserotasimon-Anthocerotopsida 3. Poya-bargli yo‘sinsimonlar-Bryopsida Jigarsimon yo‘sinlar(Marchantiopsida) Bu sinfga 300dan ortiq turkum va 6000dan ortiq tur kiradi. Ularni xarakterli belgisi gametofitini xilma-xil bo‘lishi va sporofitini deyarli o‘xshashligidir. Bu sinf vakillari vegetativ, jinsiy, jinsiz yo‘l bilan ko‘payadi. Bu sinf 2 ta sinfchaga bo‘linadi: 1. Marshansiyakabilar-Marchantiidae 2. Yuntermaniyakabilar-Jungermanniidae Marshansiyakabilar (Marchantiidae) Sinfchaga 3500dan ziyod tur kirib Shimoliy va Janubiy yarimsharda turli ekologik hududlarda uchraydi. Marshansiyanamolar (Marchanteales) qabilasi Marshansiyadoshlar(Marchantiaceae) oilasi vakillaridan biri Marshansiyadir- Marchantia polymorphadir. Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur zax yerlarda va o‘rmonlarda o‘sadi. Tallomini uzunligi 10smga yetadi. Dixatomik shoxlangan to‘q yashil rangli. Ko‘payishi vegetativ jinsiy jinsiz usulda amalga oshadi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 4 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Yungermaniyakabilar(Jungermanniidae) sinfchasi Bu sinfchaga 250 tutkum va 5 mingdan ziyod tur kirib tropik ,subtropik zonalarda tarqalgan. ANTOSEROTSIMONLAR(Anthocerotopsida) sinf Bu sinfga 300 ta tur kirib mo‘tadil iqlimli mintaqala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yo‘sintoifa toifa(Bryophyta )o‘simliklar vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payishi haqida bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yo‘sintoifa toifa(Bryophyta )o‘simliklar vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va ko‘payishi haqida bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Flora, qabila, spora, funariya, kakku zig‘iri, marshansiya, Kalit so'zlar: Flora, marshansiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники